5.Frazeologizmlarda yoki turg„un birikma shaklida qo„llanishi:
Alloh asradi.
Xudo asrasin.
6.Boshqa tillarda qo„llanishi.
O‗zbek tilida
tezaurus
lug‗at yaratilishi tilshunoslikda globallashuv
jarayoniga mos ravishda erishilgan yutuqlardan hisoblanadi.
O‗zbek tilshunosligida ham kompyuter leksikografiyasi yuzasidan
tadqiqotlar olib borilmoqda. O‗zbek tilidagi har bir so‗zning tezaurus
ko‗rinishini ochib berish qiyin vazifa bo‗lganligi sababli o‗zbek
tilshunosligida fikrning mohiyatini ifodalaydigan, gapning markazini
tashkil etuvchi fe‘l so‗z turkumi yuzasidan so‗zlar jamlanib tadqiq etilgan.
2
―Bir qator davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan WordNet tipidagi
tezaruruslar tabiiy tillarni qayta ishlashda muvaffaqiyatli ravishda
foydalanib kelmoqda. Leksik informatsiyalarning tezaurus tipida qurilishi
va tashkil qilinishi V.N.Lukashevich tadqiqotida batafsil bayon etilgan‖
3
.
Tezauruslarning tuzilishi, ishlash tamoyillari, kompyuter bazasi sifatidagi
imkoniyatlari, WordNet tezaurus bazasi haqidagi ma'lumotlar ham ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega.
4
Kompyuter lingvistikasi yo‗nalishida
tezaurus
lug‗atlar nafaqat filologlar, balki axborot texnologiyalari sohasi xodimlari
uchun ham zarur manba hisoblanadi.
Kompyuter lingvistikasi yo‗nalishida
tezaurus
lug‗atlar nafaqat
filologlar, balki axborot texnologiyalari sohasi xodimlari uchun ham zarur
manba hisoblanadi.
Tezaurus lug
‗
atlar tarkibi
Tezaurus bir necha darajalarga bo‗linadi. Tezauruslarda darajalash
muammosi esa yangilik emas va bir necha yillar davomida mamlakatimiz
va xorijning qator lingvistlari (V. V. Morkovkin, L. P. Stupin, K.Marello
va b.) e‘tiborini tortgan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar natijasida
1
Rahmatullayev Sh.
O‗zbek tilining etimologik lug‗ati. –T.,2000.
2
Kurbonova F
. Kompyuetr lug‗atlari: tezaurus. –T.,2014;
Кurbonova F.
Holat fe‘llari tezaurusi.
MD. –T., 2014. Tezaurus lug‗at haqidagi ma‘lumotlar shu manbadan olindi.
3
Лукашевич В.Н.
Тезаурусы в задачах информационного поиска. –М.:Изд-во Моск. ун.-
та,2011.61-97.
4
Thye Global WordNet Assoiation htpp://global wordnet.org/ wordnets-in-thye –world.
114
ko‗rsatilgan leksikografik asarlarning alternativ darajalari yaratildi. Ammo
mualliflar tezaurus turlarini tanlashda, ayrim vaqtlarda darajalanishning
umumiy prinsiplarini nazarga olmagan holda har doim ham bir xil
usullarni qo‗llamaydilar va natijada mantiqiy yondashuv buziladi. Bundan
tashqari, keltirilgan darajalanishlar yetarli ravishda tizimli bo‗lmaydi va
lug‗at-tezauruslarning barcha turlarini aks ettirmaydi.
Darajalanish, asosan, ingliz tilining zamonaviy tezauruslar materiallari
asosida, bosma va elektron variantda ifodalangan qayta paydo bo‗lgan
leksikografik hosilalarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Ushbu
darajalashda quyidagi mezon asos qilib olingan:
1.
So‗zlik birliklari o‗rtasidagi ma‘noviy bog‗lanishlar turi;
2.
So‗zlik hajmi;
3.
So‗zlikning yaxlitligi;
4.
Leksemalar qiymatini ishlab chiqish;
5.
Leksemalarning grammatik-stilistik xususiyati;
6.
Leksemalar faoliyatining namoyishi;
7.
Berilgan tillar soni;
8.
Leksemlarni sistemaga solish uchun ishlatiladigan semiotik
vositalar turi.
Darajalashda O.M.Karpova va I.Burxanovlar tomonidan avvalroq
yaratilgan mezonlarga, shuningdek, inglizlar tomonidan tadqiq qilingan 30
dan ortiq lug‗at-tezauruslar ko‗rinishlaridan olingan natijalarga
asoslanilgan.
Darajalashda
foydalaniladigan
terminologiya
V.V.Morkovkin, Y. N.Karaulov, I.Burxanov, K.Marellolar tomonidan
leksikografik apparatga kiritilgan. Mavjud lug‗at-tezauruslar turlarini
yanada to‗liqroq namoyon qilish uchun ko‗p bosqichli darajalanishni
yaratish taklif qilingan.
So‗zlik birliklari o‗rtasidagi mazmuniy bog‗lanishlar turi, so‗z
ma‘nolari o‗rtasidagi aloqalar, so‗zlarni birlashtirish tizimiga asosan
tezauruslar uch guruhga bo‗linadi:
1.
Ideografik (ideologik) tezaurus.
2.
Analogik (qiyoslash) tezaurusi (V.V.Morkovkin termini).
3.
Assotsiativ (muvofiqlashgan) tezaurus (Y.N.Karaulov termini).
Ideografik tezaurus quyidagi ko‗rinishlarda bo‗ladi:
1.
Shaxsiy ideografik tezaurus;
2.
Tematik lug‗at tezaurus;
3.
Sistematik lug‗at tezaurus;
4.
Tematik-sistematik lug‗at (I.Burxanov termini).
115
Do'stlaringiz bilan baham: |