Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
227 
borasida korpusning ahamiyati beqiyos [Mengliyev, 2020: 55]. Bu borada, ayniqsa, ta’lim tizimining 
muhim komponenti bo‘lgan baholash jarayonida ham til korpuslaridan foydalaniladi. Keyingi yillarda 
jahonning rivojlangan davlatlarida birinchi(L1) va ikkinchi til(L2)ni bilish darajasini aniqlash uchun 
tashkil etiladigan sinovlar tizimida ham faol qo‘llanib kelinmoqda. Xususan, IELTS va TOEFL til 
sinovlarida ham foydalaniladi. Birinchilardan bo‘lib, ingliz olimi Alderson bu haqida o‘z qarashlarini 
bayon qiladi. U topshiriqlar ishlab chiqish, test tuzish, test natijalarini baholash bilan bog‘liq jarayonlarda 
korpuslardan foydalanish samarali ekanligini ta’kidlagan. Bu qarashlar keyinchalik rivojlantirilib, 
baholash jarayonida samarali ishlatib kelinmoqda. Ona tilini bilish darajasini aniqlash sinovlarida ham 
milliy til korpuslaridan foydalanish mumkin. O‘quvchilarning yozma va og‘zaki sinovlardagi javoblarini 
baholashda, o‘qib tushunish va eshitib tushunish malakalarini tekshirish uchun foydalaniladigan autentik 
matnlar topishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Til sinovlarida yozma ishlarni baholash jarayonida 
maxsus dasturiy ta’minot yaratiladi va milliy korpus bazalari bilan bog‘lanadi. Natijada kompyuterga 
o‘rnatilgan bu dastur o‘quvchilarning yozma ishlarini avtomatik tarzda tekshiradi va belgilangan 
mezonlar asosida baholaydi. Ya’ni yozma ishning imloviy, punktuatsion, leksik va grammatik xatolarini 
erkin aniqlay oladi, shuningdek, ularning ko‘chirilganlik darajasini ham baholaydi. Bu esa sinovlar 
jarayonida o‘quvchilar bilimini xolis va tez baholashga imkon beradi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, 
baholashda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar sifatli tayyorlangan bo‘lishi ham muhim, agarda 
belgilangan darajada bo‘lmasa teskari natija ham berishi mumkin. O‘quvchilarning og‘zaki so‘rovlarga 
bergan javoblarini ham baholash imkonini yaratish mumkin. Buning uchun korpusga og‘zaki matnlarning 
minglab namunalari kiritilishi lozim bo‘ladi. Shunda og‘zaki so‘rovga berilgan javob og‘zaki adabiy 
me’yorlarga mosligini baholash imkoniyati tug‘ilishi mumkin. Shu o‘rinda shuni ham ta’kidlashimiz 
kerak bo‘ladi, o‘qib tushunish va eshitib tushunish jarayonini baholashda topshiriqlar tuzish uchun kerakli 
yozma va audio matnlarni izlab topish ham murakkab jarayon hisoblanadi. Agarda milliy korpus ishlab 
chiqilsa, bu jarayonlar ham qulaylashadi va osonlashadi.
Milliy korpus o‘zbek tilini xorijiy til sifatida baholash jarayonini tashkil etishda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Negaki ikkinchi til sifatida baholashda til o‘zlashtirishning qaysi darajasida 
ekanligini aniqlash korpusdagi matnlar va unda keltirilgan so‘zlarning grammatik shakllari va leksik 
ma’nolariga bog‘liq bo‘ladi. Umuman, til bilishning A1, A2, B1, B2, C1, C2 darajani belgilash, unda 
o‘qib tushunish, eshitib tushunish malakalarini baholashda foydalaniladigan test topshiriqlarini tuzishda 
ishlatiladigan matnlar va so‘zlarning darajasini aniqlash uchun milliy korpusga ehtiyoj bor. Bundan 
tashqari yozma va og‘zaki sinov natijalarini avtomatik baholashda ham milliy korpus bazalariga tayanish 
samarali hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilining milliy korpusini yaratilishi nazariy va amaliy filologiyaga 
oid tadqiqotlarning ishonchliligini, samaradorligini ta’minlaydi, shu bilan birga, ta’lim tizimining ham bir 
pog‘ona ildamlashishiga, o‘qitish jarayoni, baholash tizimi bilan bog‘liq to‘planib qolgan muammaolarga 
yechim sifatida xizmat qiladi. Bu muammolarga yechim topilishi iqtisodiyotni o‘sishiga, o‘zbek tilini, 
madaniyatini dunyoga yoshishga sabab bo‘ladi. 

Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish