Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
322
LEKSIK BAZANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
LEXIC BASE FORMATION METHODOLOGY
Xaydarova Shahnoza Musirmon qizi
*
110
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek tilini o‘rganuvchi xorijliklar uchun yaratilayotgan o‘zbek tili
darajalari, uning omillari hamda leksik bazani shakllantirish metodikasi haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
CEFRL, adabiy til, darajalash, leksik baza, morfologik baza, sintaktik baza,
boshlang‘ich foydalanuvchi, mustaqil foydalanuvchi, malakali foydalanuvchi, tanlash manbayi, tanlash
mezonlari, aktiv lug‘at, passiv lug‘at, metodik tasnif.
Annotation
:
This article informs on the levels of the Uzbek language, its factors and methods of
forming the lexical base for foreigners studying the Uzbek language.
Keywords:
CEFRL, literary language, ranking, lexical base, morphological base, syntactic base,
beginner user, independent user, skilled user, selection source, selection criteria, active dictionary,
passive dictionary, methodical classification.
Insoniyatga in’om etilgan ne'matlarning eng ulug‘i bu – uning ona tilisidir. Bejizga ajdodlarimiz
o‘z tilini asrashga, rivojlantirishga harakat qilishmagan. Hatto bu yo‘lda jonini ham fido qilganlar. Jadid
ma’rifatparvari A.Avloniy ta’kidlaganidek, “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinayi
hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir”. Qariyb bir asr ilgari aytilgan bu fikr bugun ham o‘zining
ahamiyatini yo‘qotmagan. Zero, globallashuv jarayonida mavjud bo‘lgan tillarning soni keskin kamayib
borayotgan bir paytda, o‘zbek tilidan foydalanuvchilar soni yer yuzida ellik million kishidan ortiqdir.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2019-yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi”da tilshunoslar oldiga qator
vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, “Yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lug‘atlar, ish yuritish va
so‘zlashuv qo‘llanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish, bu
tizimga to‘liq o‘tish bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirish” hamda “O‘zbek tilining kompyuter
dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlar yaratish” kabi bandlari amaliy tilshunoslik sohasi oldiga
qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalardandir. O‘zbek tili xorijiy davlatlarning oltmishga yaqin universitetlarida
va yuzdan ziyod maktablarida o‘rgatilmoqda. Hozirda amaliy tilshunoslik oldida turgan katta vazifalardan
biri – o‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun ommabop bo‘lgan qo‘llanmalar yaratish hamda kompyuter
lingvistikasi uchun kerakli so‘zlar jamlanmasini yig‘ishdir. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun yaratilgan
CEFRL (Common European of Reference for Language) dasturi 1989-1996-yillarda Yevropa Kengashi
(Europen Council) tomonidan “Language Learning for European Citizenship” loyihasi asosida tuzilgan
bo‘lib, 2001-yil noyabr oyidan boshlab Yevropa tillarini bilish darajasini baholashda asosiy mezon
sifatida butun dunyo mamlakatlarida foydalanilmoqda. Uning asosiy maqsadi umumiy Yevropa tillari
uchun qabul qilingan baholash va o‘qitish usulini taqdim etish bo‘lib, hozirda maxsus sinov sertifikati
shaklida AQSh, Kanada, Avstraliya, Yevropa, Osiyo oliy o‘quv yurtlarida amal qilmoqda. CEFRL til
faoliyatining to‘rt turini ajratadi: qabul qilish (tinglash va o‘qish), ishlab chiqarish (og‘zaki va yozma),
o‘zaro ta'sir (og‘zaki va yozma), vositachilik (tarjima) kabi.
Bugungi kunda o‘zbek tilini o‘rganuvchilarining tilni bilish darajasini aniqlovchi maxsus qo‘llanma
yaratish uchun avval adabiy tilning o‘zini darajalash ehtiyoji tug‘iladi. Unga to‘rtta ko‘nikma – o‘qib
tushunish, eshitish, yozish va gapirish asos qilib olinadi. Ana shu ko‘nikmalar I, II, III darajalarda
farqlanadi:
I – boshlang‘ich foydalanuvchi;
II – mustaqil foydalanuvchi;
III – malakali foydalanuvchidir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilini darajalashda ham avvalo, uning qoidalarini o‘rganuvchilar uchun qulay
tarzda ishlab chiqish hamda tilning leksik, morfologik hamda sintaktik bazasini to‘plash lozim.
110
*
Do'stlaringiz bilan baham: |