Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
277 
leksemasining milliy-madaniy semasi qayd etilmagan. Bu sema assotsiativ maydonda quyidagi birliklar 
orqali ochib berilgan:
 milliy taom, milliy ovqat, milliylik, milliylik ifodasi, o‘zbek milliy taomi. 
Shuningdek, lug‘atda o‘zbek tili egalari xotirasidan mustahkam o‘rin olgan pretsedent birliklar, 
konnotativ ifodalar, til egalarining baho munosabatini aks ettiruvchi o‘ziga xos qo‘llanishlar o‘rin olgan. 
Bog‘li assotsiativ tajriba turining muhim tomoni shundaki, unda sinaluvchilarga javob 
reaksiyalarini yozishda chegara qo‘yilmasligi bois bir stimul so‘z bo‘yicha nafaqat jamoaviy xususiyatga 
ega, balki o‘ziga xos individual assotsiativ qatorlarning ham bayon etlishini ta’minlaydi. Tajriba natijalari 
shuni ko‘rsatdiki, sinaluvchilar 3 daqiqada 10 ga yaqin javob reaksiyasini yozishga ulgurishar ekan.
Ayrim tilshunoslar bog‘li assotsiativ tajribada olingan oxirgi javob reaksiyalarining stimul so‘z 
bilan assotsiativ aloqasi kuchsiz bo‘lishi, hatto stimul so‘z bilan bog‘lanmasligi haqida fikr yuritishadi. 
Bizningcha, bu o‘rinda javob reaksiyalarining stimul so‘z bilan faqat semantik aloqasi nazarda tutiladi. 
Ammo javob reaksiyalari har doim ham so‘zlar orasidagi semantik aloqa asosida hosil bo‘lavermaydi. 
Javob reaksiyalarining hosil bo‘lishida nafaqat lingvistik omillar, balki ekstralingvisik omillar ham 
muhim o‘rin tutishini inobatga olish lozim. Albatta, bunday vaziyatda stimul so‘z va javob reaksiyasining 
semantik aloqasi haqida gapirish o‘rinli bo‘lmas, ammo ularning bir-biri bilan mantiqiy jihatdan 
assotsiativ bog‘lanishini inkor etib bo‘lmaydi. Masalan, 
belbog‘
stimul so‘ziga sinaluvchi 
Sh.Mamadaliyev (filolog, 43 yosh) tomonidan berilgan 
bobom
javob reaksiyasi ekstralingvistik omil 
orqali hosil bo‘lgan. Ya’ni sinaluvchi 
belbog‘
stimul so‘zini eshitganda bobosining belbog‘ bog‘lab 
yurish holati tasavvurida jonlangan. Bu holat
belbog‘
stimul so‘zi orqali 
bobom
javob reaksiyasining 
yuzaga kelishiga olib kelgan. Demak, bunday holatlarda ham javob reaksiyalari stimul so‘zdan mantiqan 
uzilib qolmaydi. 
Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayniqsa, milliy-madaniy birliklarga berilgan javob reaksiyalari 
qatori bir-biri bilan zich bog‘lanishi bois assotsiativ aloqada kuchli uzilish kuzatilmaydi. Masalan, 
sinaluvchi M.Rahmatov (filolog, 53 yosh) tomonidan 
atala 
stimul so‘ziga berilgan javob reaksiyalari
quyidagicha: 
sut va undan tayyorlanadigan taom, taom turi, tuqqan ayol, quyuq bo‘tqa, atala tayyorlash 
jarayoni, onam, atala tayyorlayotgan ayol, atala soladigan idish (sirli bedon), yo‘l, avtobus, tug‘ruqxona.
E’tibor berilsa, sinaluvchi 3 daqiqa ichida 
atala 
stimul so‘ziga 11 ta javob reaksiyasini yozgan. Bu 
o‘rinda 
atala 
stimul so‘zi bilan semantik jihatdan bog‘lanmagan javob reaksiyalari sifatida 
yo‘l, avtobus 
birliklarini ko‘rsatish mumkin bo‘lar. Ammo bu javob reaksiyalarining ham sinaluvchi uchun bevosita 
atala 
stimul so‘zi bilan bog‘liq holda shakllanganligi sezilarli. Sinaluvchi tasavvurida farzand ko‘rgan 
ayolga onasining atala pishirishi, uni idishga solib, avtobusda tug‘ruqxonaga yo‘l olinganligi tasviri 
gavdalangan. Bu holat stimul so‘zga nisbatan javob reaksiyalarining yuzaga kelishida ekstralingvistik 
omillarning muhim rol o‘ynaganini ko‘rsatadi. Demak, javob reaksiyalarining hosil bo‘lishida, sinaluvchi 
omili, uning stimul so‘zni qay tarzda, qanday idrok etishi, stimul so‘z bilan bog‘liq holda tasavvurida 
tiklangan individual obraz kabilar nihoyatda ahamiyatlidir.
“O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati (milliy-madaniy birliklar)”ni tuzishda til egalarining milliy-madaniy 
birliklar bo‘yicha tasavvurlari, qarashlarini chuqurroq o‘rganish maqsadida noan’anaviy tarzda erkin 
assotsiativ tajribaning alohida ko‘rinishi hisoblangan bog‘li assotsiativ tajribadan foydalanilgan.
Assotsiativ tajriba jamoaviy tartibda yozma va og‘zaki so‘rovnoma asosida tashkil etilgan.
Dunyo tilshunosligida assotsiativ me’yorlarning aynan shu tajriba metodi asosida yaratilganligi 
ham kuzatiladi. Xususan, golland tilining “Word associations: Norms for 1424 Dutch words in a 
continuous task” assotsiativ me’yori shu tajriba usulida yaratilgan. Unda Belgiya Leven universitetining 
10292 ta talabasi ustida o‘tkazilgan assotsiativ tajriba natijalari qayd etilgan. Lug‘atda 1424 ta stimul so‘z 
(1266 ta ot turkumiga mansub birlik, 77 ta fe’l, 80 ta sifat va 1 ta son turkumiga oid birliklar) bo‘yicha 3 
ta birinchi javob reaksiyasini yozish so‘ralgan. Tajriba natijasida jami 30311 ta stimul so‘z va javob 
reaksiyasi hosil qilingan. [De Deyne & Storms., 2008: 6] 
“O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati (milliy-madaniy birliklar)”ni tuzishda ham assotsiativ tajribaning 
shu turidan foydalanilgan. Sinaluvchilarga faqat 3 ta javob reaksiyasini emas, balki 1 daqiqa ichida 
xotirasiga kelgan birinchi va yoki istalgan miqdordagi birliklarni bayon etish topshirig‘i berilgan. 
Lug‘at yaratish ishi bir necha bosqichda amalga oshirilgan. Birinchi bosqichda lug‘at mualiflari 
tomonidan milliy-madaniy belgiga ega xarakterli stimul so‘zlar ajratib olingan. Ma’lumki, assotsiativ 
lug‘atlar tuzishda stimul so‘z sifatida ko‘pincha yuqori chastotali leksemalar tanlanadi. “O‘zbek tili 
assotsiativ lug‘ati”ni yaratishda 100 ta turli mavzudagi milliy-madaniy birlik tanlangan. 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish