Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
327 
Amerika, Rossiya, Turkiya va boshqa ko’plab rivojlangan davlatlar matnlarni hissiy jihatdan uch 
turga bo’lib o’rganadilar. Bunda fikrlar ijobiy, salbiy yoki betaraf (neytral) deb baholanadi. Masalan: 
Salbiy baho: “Shirin-shakar“ firmasi chiqargan mahsulotlar bolalarda kassalliklar rivojlanishiga sabab 
bo'lmoqda. Ijobiy baho:
Hozircha mahsulot bo’yicha o‘tkazayotgan tajribam juda yaxshi natijalarni 
ko’rsatmoqda. Betaraf baho: Menda mahsulot bilan bogliq birorta yomon voqea roy bermadi 
Ba’zi yomon narsalar yuz berdi, xafa bo‘ldim, ammo bugun o‘zimni yaxshi his qilyapman – 
gapini tahlil qilsak, yomon, xafa, va yaxshi so’zlari qo’llanilgan bo‘lib, salbiy ma’no ifodalovchi ikkita va 
ijobiy ma’no ifodalovchi bitta so‘z bor.Birinchi qismida salbiy, ikkinchi qismida ijobiy ma’no 
ifodalangan. Tarkibida 
ammo

lekin

biroq
kabi bog‘lovchilar qatnashgan gaplarda ushbu 
bog‘lovchilardan oldin kelgan qism tahlilda tashlab ketiladi. Demak bu gap ijobiy ma’noda deb qabul 
qilinadi. 
Ishsizlik, yomon, urush, xavf, muammo
(salbiy ma'no) yoki 
inson huquqlari, noyob, o’sish

yordam
(ijobiy ma'no) kabi ob'ektiv so'zlar to'g'ridan-to'g'ri hissiyotlarni ifoda etmaydi, balki matnda 
berilgan munosabatlarga hamroh bo'lishi yoki qarama-qarshi ma’no ifodalayotgan bo'lishi mumkin: U 
yomon odam (salbiy ma’noda) – Qo‘pol so’zlarni aytish yomon (ijobiy ma’noda). 
Fasebook, Instagram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda sharhlarni tahlil qilishda yana bir jihat 
borki, bu emojilarning ko’p qollanilishi. Fikrini tezda va oson ifodalashning bir ko‘rinishi bo‘lgan 
emojilar har bir foydaluvchi kayfiyatiga mos bo‘lgan ko‘rinishlarni taqdim etadi: mamnun bo‘lish, 
xafagarchilik, norozilik kabi. 
Fikr bildirishning eng ixcham shakli ham bo‘lib, bu yulduzchalardir. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p 
uchratadiganimiz bu yulduzchalar mahsulot yoki xizmatlarni baholashning tez va oson turi. Masalan: 
aloqa sifatini baholang deb bechta yulduzcha shakli ko‘rsatiladi. Ikkigacha yulduzcha salbiy baho, to‘rt 
yoki beshta yulduzcha ijobiy baho, uchta yulduzcha esa betaraf yoki o‘rtacha baho berilganligini 
ifodalaydi. 
Matn tahlilidagi asosiy qiyinchilik inson tillarining noaniqligidadir. O‘zbek tilidagi matnlar uchun 
sentiment tahlili dasturini ishlab chiqishda mazkur tilning xususiyati hisobga olinishi zarur. O‘zbek tili 
O‘zbekistonda rasmiy til hisoblanadi. O‘zbek tili turkiy tillar oilasining Oltoy guruhiga mansub bolib, 
viloyatdan- viloyatga o‘zgaruvchi sheva va dialektlardan iborat ko‘p tilli hissiy so‘zlar to‘plamini o‘z 
ichiga oladi. Turkiy oilaga kiruvchi boshqa tillar, jumladan, turk va qozoq tillari bu sohada ancha ilgarilab 
ketishdi. Hissiy jihatdan qutblanish manbalari yaratilmagan tillar uchun eng oddiy yechim ingliz tilidagi 
manbalarni tarjima qilish bo‘lishi mumkin [3]. Ammo agglyutinativ (so‘z o‘zak yoki asosini 
o‘zgartirmasdan qo’shimcha qo‘shish orqali so’z yasaladi) harakterga ega bo’lgan o‘zbek tili uchun bu 
to‘g‘ri yechim emas. O‘zbek tilida ibora, kinoya piching va kesatiqlardan keng foydalaniladi. Bu esa 
mashinaga tahlil qilish jarayonida qiyinchilik tug’diradi.Masalan: Qirq marta o‘lchab, bir marta kesadi – 
ehtiyotkor ma’nosida qo‘llaniluvchi ushbu iborani kompyuter alohida-alohida so‘zlar sifatida qabul 
qiladi. Kinoyaviy qollanilgan soz og’zaki nutqda oziga xos, farqli intonatsiya bilan aytilsa, yozuvda 
kopincha qoshtirnoq bilan ijratiladi: Bugun jug’rofiya oqituvchisi darsga kelmadi. So’ridan yiqilib, 
oyog’ini sindiribdi. Bu “xushxabar”dan keyin butun sinf boshadi-qoldi. “Shumxabar” tarzidagi bu 
kinoyani mashina tushunadigan dastur ishlab chiqishni talab qiladi.
Tasniflashdagi yana bir jihat so‘zlarning mintaqalar va madaniyatlardagi farqlanishi ya’ni so‘z 
ma’lum hududda ijobiy, boshqa hududda esa betaraf baholanishi mumkin: Ilonni yog’ini yalagan – bizda 
salbiy ma’noda tushunilsa, Koreys xalqida ayollarni ilon kabi deb ta’riflash ijobiy ma’noda qabul 
qilinadi.
O’zbek tilidagi sentiment tahlili ilk marotaba O‘zbekiston Milliy universitetida Sanatbek 
Matlatipovning magistrlik dissertatsiya ishida Google Play Store ilovalarining 100 ta sharhlaridan birinchi 
kutblilik tasnifi amalga oshirildi. Ushbu ishda hissiyotlar salbiy va ijobiy jihatdan tasnif qilinadi, betaraf 
sinf ko‘rib chiqilmagan [4]. Samarqand Davlat Universitetida Ilyos Rabbimov boshchiligidagi bir guruh 
izlanuvchilar o’zbek filmlariga qoldirilgan sharhlar emojilar asosida o’rganildi [5]. 
Mavjud adabiyotlarda fikrlarni avtomatik tasniflashning tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashina 
o’rganish algoritmlariga asoslangan klassifikasiya (ML), logistik regressiya (LG), qo’llab-quvvatlash 
vektor mashinalari (SVM), Bayes klassifikasiyasi, neyron tarmoqlari kabi ko’plab metodikalari tavsiya 
etiladi.
O‘zbek tilida berilgan matnli ma’lumotlardan inson fikrini ifodalashni avtomatik keltirib 
chiqarishni shakllantiradigan modellar qurish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun ingliz tilida 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish