27
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan yagona qatlamdir. Shuning uchun deyarli hamma
tillarda neologizmlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Sohaviy
neologizmlarni tayyorlash yoki ularni me’yorlashtirish uchun tilshunoslar va
o‘sha sohadagi mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruhlar, qo‘mitalar
tashkil qilinadi.
Barcha fanlar va texnikaga doir terminologik ishlarning maqsadi o‘sha
sohalar mutaxassislarininggina emas, balki umuman
terminlar vositasida ish
ko‘radigan har bir shaxsning bir-biri bilan axborot almashish jarayonini amalga
oshirishdan iboratdir. Bu jarayon esa lug‘atlar vositasida yanada jadal tus oladi.
Shunisi borki, lug‘atda o‘z “tasdig‘i”ni olgan har bir termin bevosita yozma
nutqqa-darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-tadqiqot ishlar, matbuot
sahifalariga, qolaversa badiiy adabiyotga ham ko‘chadi.
Shunday ekan, har
qanday termin u yoki bu tushunchani aniq, to‘g‘ri ifodalashni taqozo etadiki,
ular o‘zbek tilining qonun-qoidalariga binoan yaratilishi lozim bo‘ladi.
Iqtisodiyot fani bo‘yicha nashr etilgan darslik va qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop
asarlar, lug‘atlarda o‘z ifodasini topgan aksar terminlar o‘zbek tilining ichki
qonunlari asosida tushunchalarni
aniq ifodalayotgani, bu esa o‘qish-o‘qitish
jarayonining hozirgi talablar darajasida bo‘lishiga yordam berayotganini ko‘rish
mumkin.
Hozirgi kunda atama so‘zi bilan bir qatorda termin, istiloh ayni ma’noda
qo‘llanmoqda. Termin so‘ziga ta`rif beradigan bo‘lsak, bu so‘z lotin tilidan
olingan bo‘lib, (terminus – chegara,had) bilim yoki faoliyatning maxsus
sohasiga doir tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi tushuniladi.
Termin umumxalq tiliga muayyan terminalogik tizm orqali o‘tadi, binobarin
termin va umumiste`moldagi so‘zlar bir-birini to‘ldiradigan leksik birliklardir
15
.
Sistema xarakteriga egalik o‘z terminalogik maydonda bir ma’nolikka
moyillik, his-tuyg‘uni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik
kabilar terminlarga xos
15
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 1992.
28
xususiyatlardir. So‘z bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli
darajada ochib berilgan emas. Kundalik turmushda keng iste’moda bo‘lgan
so‘zlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir.
Demak, o‘zlashma neologizm ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga doir
turli qatlamlarga mansub bo‘lgan
tushunchalarni ifodalovchi, muayyan guruh
kishilari orasida bir ma’nolarda ishlatiladigan lisoniy birliklardir.
Neologizm tushunchasi va tarjimasini bilish uchun uning morfologik
tuzilishini, umumiste`mol so‘zlardan farq qiluvchi leksek xususiyatlari,
atama
so‘zlarning asosiy turlari va ularni qo‘llash usullarini bilish darkor. Bu esa, o‘z
navbatida atama tomonidan ifodalanayotgan tushunchani to‘liq tushunishga,
lug‘at tarkibidagi yangi so‘z ma’nosini topishda ishni osonlashtiradi.
Yangi so‘z aniq va qisqa bo‘lishi kerak. Yangi so‘zning aniqlik
tushunchasida uning ma’noviy komponentlarining umumiy ma’nolari
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: