KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.
Har qanday jamiyatning istiqbolli sivilizatsiyasi
uning ta’lim jarayoni qay darajada yo’lga qo’yilganligi,
uning milliy va
umuminsoniy qadryatlar, jahon ilm-fani bilan uyg’unlik jihatlariga bog’liq
bo’ladi. Zotan, ta’limning xalqchilligi jamiyat kelajak istiqboli uchun
mas’uliyatli avlodni tarbiyalashga yo’naltirilganligi davlat va millatning
kelajagini ta’minlaydigan, jahonda nufuzini belgilaydigan eng muhim omil
hisoblanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan o’zining
tarqqiyot yo’lini ilm-fan, ta’lim va tarbiyani milliy negizda,
dunyo ilm-faniga
tayangan holda yangittan shakillantirishga kirishildi. Jamiyat hayotining barcha
sohalaridagi mavjud holat avvalo, milliy g’oya va mafkuraning asosiy
andozalariga tayangan holda amalga oshirila boshlangan tub yangilanishlarni
samarasi, milliy qadryatlar va ma’rifatning tiklanishi, xalq pedagogikasiga
oidan’analarning zamonaviy ko’rinishlarda yangicha mazmun va mohiyat kasb
rtgan holda zamon talablari bilan uyg’unlashgan
rivojlanishning bosh
maqsadiga aylandi.
Respublikamizda hozirda amaldagi ta’lim- tarbiyaning konstitutsiyaviy
va huquqiy asoslari ( O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi
qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”) Prezidentimiz Islom
Karimovning teran siyosiy- ma’rifiy asarlari, nutqlari, ta’limni milliy asoslarda
isloh qilishga qaratilgan farmoyishlari, qarorlari negizida zamon talablariga
to’liq javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh
yetuk mutaxassis
kadrlarni tayyorlashga ustuvor e’tibor qaratildi.
Jamiyat taraqqiyotini jahon andozalari darajasiga olib chiqish, uni milliy
asoslarda takomillashtirish ishlari bosqichma-bosqich hal etilayotgan bugungi
kunda hali o’zining to’liq yechimini kutayotgan muammolar ham yo’q emas.
Keyingi yillarda umumta’lim va musiqa maktablarida, maktabdan
tashqari muassasalar ( bolalar ijodiyot markazlari, san’at
studiyalari, maktab-
internatlar) musiqiy-estetik tarbiyani zamonaviy talablar asosida yo’lga qo’yish
borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Musiqa, tasviriy san’at, amaliy san’at
bo’yicha darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar chiqarildi, o’quv binolari
qurildi, moddiy ta’minoti yaxshilandi, ta’lim-
tarbiya jarayonini sifat-
samaradorligi bo’yicha tajribalar ommalashtirildi. Maktab va maktabdan
tashqari muassasalarda bolalar ijodiyotini rivojlantirish bo’yicha badiiy
to’garaklarning faoliyatiga e’tibor kuchaydi.
So’ngi yillarda bolalar musiqa va san’at maktablariga berilayotgan e’tibor
natijasida, umumta’lim maktablari, bolalar ijodiyoti markazlari, musiqa
asboblarini chalishni yakka tartibda o’rgatish studiyalari, to’garaklar, fortepiano
sinflari keng rivojlanmoqda. Yakka tartibdagi mashg’ulotlar
bolalarni
musiqaga, xususan musiqa cholg’u asboblarini mustaqil o’rganishlariga keng
imkoniyatlar yaratmoqda.
Musiqa asboblarida chalish ijodiy faoliyatga, uning murakkab va o’ziga
xos ta’limiy va tarbiyaviy ishlarini aniq reja, dastur asosida tizimli tashkil etish
bilan bog’liqligi sababli ham bu faoliyatni yakka tartibda bo’lishi uning
muvoffaqiyatini ta’minlovchi ustuvor omil hisoblanadi. Ta’kidlab o’tgan
ishlarni e’tirof etgan holda shu narsani alohida aytish joizki, yuqorida qayd
etilgan ta’lim muassasalarida milliy cholg’ular bilan birga jahon xalqlari musiqa
madaniyatiga chuqur kirib borgan, keng imkoniyatga ega bo’lgan fortepiano
cholg’usini o’rganishga yoshlarni qiziqishlari
tobora ortib borayotganligi
fortepiano cholg’usi bo’yicha yakka tartibdagi mashg’ulotlarni tashkiliy-
uslubiy asoslarini, ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni aniq maqsadga yo’naltirilgan
yo’nalishlari bo’yicha pedagogik faoliyat va ushbu faoliyatda o’quvchilarni
musiqiy- ijrochilik qobilyatlarini shakillantirishning pedagogik-psixologik
omillarini tadqiq etish zaruratini vujudga keltirdi. Ushbu muammoning
pedagogika nazaryasi va tarixi yo’nalishida ilmiy tadqiq qilinmaganligi biz
tomonimizdan tanlangan dissertatsiya mavzusini “ O’quvchilarning
musiqiy-
ijrochilik qobilyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari” deb
nomlanishiga sabab bo’ldi. Muammoning pedagogika fanida maxsus tadqiq
etilmaganligi tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilovchi bosh omil
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: