II-BOB bo’yicha xulosalar:
Biz o’z tadqiqotlarimizni olib borish jarayonida, shuningdek cholg’u
asbobi-fortepiano cholg’usi bo’yicha olib boriladigan mashg’ulotlat jarayonida
shu narsaga amin bo’ldikki, musiqa olamiga katta havas, muxabbat bilan kelgan
bolalarni ana shu havas va intilishlarini to’g’iri yo’lga solish, qo’llab-
quvvatlash, cholg’u asbobida biror bir asarni o’rganish natijasida vujudga
keladigan quvonchini barqaror iziqish, ko’nikma va malakalarga aylanishiga
asosiy e’tibor qaratgan holda ish tutishni taqazo etishini doimiy e’tiborda tutish
pedagog-o’qituvchi, rahbar faoliyatining bosh va asosiy maqsadi, vazifasi
bo’lishi lozim. Aks holda o’quvchini musiqa san’atiga, cholg’u asbobini
chalishga o’rgatish bo’yicha barcha o’quv-tarbiyaviy ishlar behuda ketishi,
faoliyat “o’tkinchi” mazmun kasb etishi, o’quvchilarni bu faoliyatini samarali
kechishiga xizmat qiluvchi eng asosiy omillar- musiqiy qobilyatlar ham zarur
darajada shakillanmay qolib ketishi mumkin.
Cholg’u ijrochiligi faoliyatida o’quvchilarni umummusiqiy vaijrochilik
qobilyatlarini shakillantira borish juda katta va turli ish usul, shakl, vositalarini
qamrab olgan uzluksiz va aniq maqsadni ko’zlagan o’quv faoliyatini talab
qiladiki, biz ishimizning ikkinchi bobida ular haqida baholi qudrat to’xtalib
o’tdik. Ularning mantiqiy tahlili shundan dalolat beradiki bu o’rinda
qo’yiladigan omillar yetakchi o’rin tutadi:
-
Musiqa asbobida chalishda eng avvalo undan ko’zlangan maqsadni
o’quvchi tomonidan yaxshi tushunib olishiga erishish;
-
Musiqa chalishga ongli munosabat, zarur ko’nikmani hosil qilish;
-
Muayyan tartib, qoida, intizomli bo’lishga musiqiy faoliyatga qiziqish
va ta’lim jarayonida asarlar o’rganish ustidagi “mehnat” shunchaki,
o’tkinchi hoyu-havas emas, barqaror qiziqish va faoliyat sifatida
mazmun kasb etishi;
-
O’quvchida “avtomatik” ravishda qo’yilgan talab va vazifalarni
bajarishni emas, ijodiy sifatlarni, mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish
musiqiy tafakkurni rivojlantirishga e’tibor qaratish;
-
Fortepiano chalish “texnikasi”ni egallashga yordam beradigan
vositalar, usullardan keng foydalanish;
-
Nota matnini o’qish, tushunib olish, ilk tahlil qilish malakalari ustida
ishlash, ichki eshitish, g’oyaviy-badiiy mazmunni badiiy idrok etib,
his etib chalishga o’rgatish;
-
Eshitis tasavvurlari va o’z-o’zini nazorat qilish, tovush hosil qilish
usullari ustida muntazam ish olib borish;
-
Ifodali ijro ustida ishlash, ijroda badiiy obraz mohiyatini ifoda etishga
erishish;
-
O’quvchida ritm hissiyotini tarbiyalash;
-
Fortepiano texnikasining murakkab komponentlaridan bo’lmish
pedaldan foydalanish mahorati ustida ishlash;
-
Ta’lim jarayonini “oddiydan murakkabga” ta’moyili asosida qurish,
mashg’ulotlarning ketama-ketligi bosqichlarida oddiy p’yesalar,
mashqlardan yirik shakldagi asarlarni o’zlashtirishga o’tish, polifonik
asarlar o’rganish;
-
O’z o’rnida ta’lim sifati, mazmuni, samaradorligini ta’minlashga
xizmat qiluvchi texnik va ko’rgazmali vositalardan unumli
foydalanish;
-
O’quvchida nota o’qish, varaqdan o’qish malakalarini muttasil
rivojlantirib borish;
-
O’quvchilarni uy vazifalarini, ijodiy topshiriqlarini bajarishlarini
muntazam nazorat qilib borish, hato va kamchiliklarni birgalikda hal
qilishga odatlantirish lozim;
-
Eng muhimi o’quvchida mustaqil ishlashga rag’bat uyg’otish,
mustaqil ishlash ko’nikmalarini tarbiyalash zarur.
Bularning barchasi oqibat natijada ta’lim jarayonida kutilgan maqsadga
erishish imkonini beradi, o’quvchilarning ijrochilik qobilyatlari
rivojlanishi va takomillashib borishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |