Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda “Kim, qayerda xato qildi?” metodini qo’llash
Umumiy o’rta ta’lim maktabida fizika ta’limining ahamiyati uning fan- texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalarida, kundalik turmushda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Umumiy o’rta ta’lim fizikani o’qitish o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o’z- o’zini anglash salohiyati shakllantirilishi va o’stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar beriladi.
Fizika fani eksperimental fan bo’lganligi bois har bir nazariy dars amaliyot bilan mustahkamlanadi. Jumladan, fizik qonuniyatlar, ularning ifodalari - formulalarini keltirib chiqarish albatta masalalar yechish orqali va labaratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish bilan o’quvchi ongiga singdiriladi.
Masalalar yechish darsini to’g’ri tashkil etish va o’quvchilar bilimini baholash fizika fani o’qituvchisidan kata pedagogik mahoratni talab etadi.
Masala yechish darsida ba’zi tortinchoq o’quvchilar masalani to’g’ri ishlab bo’lsalar-da, o’zlariga ishonmay o’qituvchiga murojaat etmaydilar.Yoki shunday salbiy holatlar ham bo’ladiki, darsda faol qatnashuvchi o’quvchilar masalani ishlab bo’ganlarida o’qituvchi bu masalaning to’g’ri ekanligini tasdiqlagach ayrim “ko’chirmachi” o’quvchilar masalani ko’chirib oladilar va o’qituvchiga ko’rsatadilar.
Bunday vaziyatlarda o’qituvchi darsni an’anaviy usulda emas, balki yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etsa, ushbu salbiy holatlar bartaraf etiladi.
Quyida “Kim, qayerda xato qildi?” metodini umumiy o’rta ta’lim maktablarining VII sinfida o’tiladigan “Notekis harakatda tezlik” mavzusini o’tishda qo’llashni ko’rib chiqsak.O’qituvchi yangi mavzuni doskaga yozib qo’yadi.
Notekis harakat, uning turlari va notekis harakatda tezlikni topish formulalari to’g’risida batafsil tushuntiriladi.
Darsda quyidagi masala sharti o’qildi deylik.
Masala. Agar piyoda harakatlanish vaqtining yarmini 110 sm/sek, ikkinchi yarmida 1m/s tezlik bilan harakatlangan bo’lsa, piyodaning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping.
Masala sharti e’lon qilingach, o’quvchilarga masalani yechish uchun ma’lum vaqt beriladi va o’qituvchi o’quvchilarni nazorat qiladi. Belgilangan vaqt tugaguncha o’qituvchi javoblarning qaysi to’g’ri ekanligini aytmaydi. Guruh o’quvchilarining ro’ yxati kiritilgan jadval tayyorlanadi va qaysi o’quvchi masalani ishlab bo’lgan bo’lsa, o’z familiyasi to’g’risiga masala javobini yozib qo’yadi.(1- jadval)
Ba’zi o’quvchilar formulani to’g’ri qo’llasalarda, tezlikni bir xil birlikka o’tkazish kerakligiga e’tibor qilmaydilar. Natijada masalaning javobi xato chiqadi.Masalan, o’quvchi quyidagi xatoga yo’l qo’yishi mumkin:
Berilgan: Yechish:
V1=110sm/s
V2=1m/s
Do'stlaringiz bilan baham: |