–
unutilmas. Agar hamma
narsani unutib, Uni unutmasang, qo’rqmasang ham bo’ladi
...
Shuning uchun bu
dunyoga inson bir ish uchun kelgan: g’oya Udir. Agar uni qilmasa hech bir ish
qilmagan hisoblanadi”
22
.
Bashariyatning barcha ilohiy hikmatlari va falsafasida umuminsoniy
g’oyalarning mushtarakligi ko’rinadi. Jumladan, insoniy baxt va fojia sharqu
g’arbning mutafakkirlari tomonidan bir xil talqin etiladi.
Xususan, F.Nitshe: “Men shunday odamni sevamanki, u o’z yaxshiligini
sevadi. Zotan, yaxshilik halokatning irodasi va o’zga sohillar istagining o’qidir...
Seni qadrdon do’st deb bilganim uchun, ranju iztirob va qayg’uda yashashingni
orzu qilaman. Sening qalb qiynog’ini, achchiq taqdir zahrini chekishingni istayman.
Senga rahm qilmayman: hayot qiynoqlari ichida shoyad ruhingni paydo
etgungdir”
23
,
−
deydi.
Demak, barcha jamiyatlarda ezgulik va yaxshilik insoniy baxtning, aksincha,
jaholat va yomonlik insoniy fojianing asosidir. Bu ikki zid tushunchalar hayotda
doimo yonma-yon yashaydi, bir-biri bilan ko’rinmas nuqtada tutashib ketadi va ular
nur va zulmat, tun va kun kabi bir-birini taqozo etadi. Chunonchi, adabiyot va
san’atda bu ikki tushunchalarning birgalikda, uyg’unlikda tasvirlanishi ham hayot
22
Мирзо Абдулқодир Бедил. Бу шодликлар
–
бари ғамдин яралган.// Шарқ
юлдузи. 1994. № 1
-2.
23
Нитше Ф. Зардўшт таваллоси. (И. Ғафуров таржимаси) // Тафаккур. 1995, № 1.
29
haqiqatining badiiy haqiqatga aylanishidir. Fojiaviy yoki kulguli holat insonning u
yoki bu xatti-harakati natijasida paydo bo’ladi. Bu harakat turli-tuman hayotiy
kuchlar to’qnashuvi jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shu tariqa ular voqelik
va inson orzulari o’rtasidagi mutanosiblikni yoki tafovut va nizolarni ochib beradi.
Fojiaviylik va kulgulilikni, boshqa estetik tushunchalardan qanchalik farq qilmasin,
go’zallik va xunuklik kabi ijtimoiy estetik orzular bilan bog’liq holda, ularning
tarixiy va nisbiy tabiatini inobatga olgan holda mushohada qilish zarur.
Adabiyotshunos M.Qo’shjonov “Adabiyotda estetik kategoriyalar” nomli
maqolasida shunday deydi: “Fojia masalasi yuzasidan yuritilgan fikrlar shunga olib
kelyaptiki, fojia qay darajada ijobiy qahramonga yo’ldoshlik vazifasini ado etsa,
estetikaning boshqa bir kategoriyasi
−
hayotni komik va satirik o’zlashtirish shu
darajada fojiaga yo’ldoshdir”
24
.
Tragediya insonning ma’naviy – subyektiv dunyoqarashi bilan sharoit va
muhitning
−
obyektning o’zaro zidligidan, ko’pincha shaxsning zamondan o’z
olijanob fazilatlari bilan ilgarilab ketishi natijasi bilan izohlansa, komiklik buning
aksicha natijada paydo bo’ladi. Ammo komiklik va kulgulikning tabiatiga ilmiy
yondashilsa, u nihoyatda murakkab ekanligi ko’rinadi. Bu boradagi mutafakkirlar
tomonidan bildirilgan ta’riflar ham, estetik nazariyalar ham turlicha ekanligini
ta’kidlash kerak.
Gegel ta’kidlaganiday, kishilar hayotida asosiy o’rinni egallagan, ijtimoiy
ehtiyoj sifatida vujudga kelgan komiklik va fojiaviylik adabiyot va san’atda estetik
munosabatning faol ko’rinishi hisoblanadi. Inson tuyg’ularining yorqin ifodasi
bo’lgan lirikada ham, voqealar tasviri asosiy bo’lgan eposda ham, insonning o’zi
hukmron bo’lgan dramada ham ularning o’zaro aloqadorlikda, uyg’unlikda
ifodalanishi ijtimoiy-estetik hodisadir.
G’arb estetikasida komiklik, fojiaviylik ilmiy jihatdan o’rganilib, o’z barqaror
tasnifiga ega bo’lgunicha sharqda, xususan tasavvuf falsafasida va turli
24
Қўшжонов М. Сайланма. 2
-
жилд.
–
Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1983.
–
б. 158.
30
tushunchalar tarkibida, o’zgacha nomlar bilan, jumladan, baxt va baxtsizlik
mohiyatida, estetik kategoriya darajasida bo’lmasa-da, mavjud bo’lgan deya olamiz.
Biz o’z tadqiqotimizda komiklik va fojiaviylikni, ularning o’zaro
munosabatini o’rganar ekanmiz, bu estetik hodisalar asar pafosi bilan bog’liqligini
ko’ramiz. Akademik I.Sulton yozuvchi ijodining pafosiga to’xtalib, uni o’zbek
adabiyoti va adabiyotshunosligi tarixida “dard” so’zi bilan ifodalanganligini ham
eslatadi. Shuningdek, I.Sultonov yozuvchi ijodining pafosini tushunmaslik
oqibatida adabiyot tarixida turli chalkashliklar sodir bo’lganligini, masalan,
Gogolning “O’lik jonlar” asari o’z davrida nohaq tanqidlarga uchraganida bu
noo’rin tanqidlardan V.G.Belinskiy o’z vaqtida asosli va oqilona himoya
qilganligini ta’kidlaydi:
“Gogol ijodining pafosi “Hayotni ko’zga tashlanib turuvchi kulgu va ko’zga
chalinmaydigan ko’z yoshlari orqali mushohada etishdan iboratdir. Boshqacha qilib
aytganda, Gogol o’z asarlari (mas. “O’lik jonlar”)da Rossiyaning holiga
achinganidan va uni baxtiyor ko’rishni orzu qilganidan vatanining hayotidagi
nuqsonlarni fosh qiladi. Gogol ijodining bu xususiyatini Belinskiy “insonparvar
subyektivlik” deb ataydi va subyektivlikning o’zini “oliy lirik pafos” ma’nosida
talqin etadi”
25
.
Xulosa qilib aytish mumkinki, badiiy ijodda estetik kategoriyalarning yonma-
yon yoki uyg’un holida uchrashi quyidagi omillarga bog’liq: 1) hayotiy voqelikning
badiiy qadriyatga aylanishi bilan; 2) umumlashtirish orqali badiiy haqiqatning
namoyon bo’lishi bilan; 3) o’quvchi yoki tomoshabinga o’xshatish va bilim orqali
estetik zavq berilishi bilan.
Qolaversa, badiiy ijoddagi umumlashtiruv hayot haqiqatiga ijtimoiy mazmun
bag’ishlaydi.
Bu
ijtimoiy
mazmun
tufayli
tragizmdagi
hayotbaxsh
pafos(quvonch)ning, komiklikdagi tragik pafosning mohiyati yaqqol namoyon
bo’ladi. Boshqacha aytganda, adabiyot va san’atda estetik kategoriyalarning uyg’un
holida ifodalanishi hayot haqiqatining badiiy haqiqatga, ya’ni oliy ko’rinishga
25
Олимов М. Пафос турларининг икки таснифи хақида. // Ўзбек тили ва адабиёти.
2005. 6-
сон.
31
aylanishini ham anglatadi. Badiiy g’oyani eltuvchi ehtiros – pafos gohida komik,
gohida tragik, gohida lirik, gohi romantik yoki boshqacha estetik ta’sirga o’tib,
o’zgarib turadi. Bu esa hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish darajasini ham
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |