SAYLOV MADANIYATI – saylovchilarning o’z siyosiy huquqlaridan oqilona foydalanib,
saylovlarda faol ishtirok etishi, shuningdek, ularning hamda saylov tashkilotchilarining
saylovlarni o’tkazish, unda qatnashish va ovoz berish chog’ida amaldagi qonunlarga, o’rnatilgan
tartiblarga amal qilishi, saylov qatnashchilarining bir-birlarini hurmat qilishi tushuniladi.
SAYLOV TIZIMI – demokratik jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi bo’lib, fuqarolarning
saylash va saylanishdan iborat huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy
munosabatlar yig’indisini anglatadi. Ushbu tushuncha davlatning saylab qo’yiladigan organlarini
shakllantirish tartib-tamoyillarini ham o’z ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |