PARLAMENT MUXOLIFATI – hukumatni tashkil qilishda ishtirok etmaydigan, qator
prinsipial masalalarda hukumat siyosatiga qarshi chiqadigan birorta partiyaning parlamentdagi
deputatlari guruhi yoki parlament fraksiyasi. Qator mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniyada)
parlament reglamentlari yoki odatiy huquq normalari Parlament muholifati maqomi va
huquqlarini mustahkamlaydi, jumladan, parlament muxolifati a’zolarining parlament (yoki uning
palatasi) organlaridagi vakillik kvotasini belgilaydi, uning yetakchisiga maxsus maosh tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |