OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI - qatnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga
aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyati.
OSHKORALIK – demokratiyaning zarur sharti bo’lib, jamoatchilikning muassasalar,
tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma’lumot va xabarlarni bilish huquqi
hamda tegishli axborotlarni muhokama va nazorat etish uchun ro’y-rost e’lon qilishdir.
PALATALARNING QO’SHMA MAJLISI – ikki palatali tuzilmaga ega bo’lgan parlamentlar
ish shakllaridan biri. Qator mamlakatlarda parlamentning qo’shma majlisi parlament vakolatiga
kiradigan eng muhim masalalarni: urush holati yoki safarbarlikni e’lon qilish, davlat byudjetini
tasdiqlash, respublika Prezidentini saylash va shu kabilarni hal qilish maqsadida, boshqalarida esa
faqat davlat boshlig’i maktubini tinglash va boshqa tantanali holatlar o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |