KREDIT UYUSHMALARI - kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko’rsatish
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida
tuziladigan kredit tashkilotidir.
KUZATUVCHI – O’zbekiston Respublikasida saylov jarayonida deputatlikka nomzodlar
ko’rsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ommaviy axborot
vositalari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlar tomonidan tayinlanadigan hamda
qonunda belgilangan tartibda kuzatuvchi sifatida ro’yxatga olinadigan shaxs. Kuzatuvchilar
mahalliy va xalqaro kuzatuvchilarga bo’linadi. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan
tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |