ISHONCHLI VAKILLAR – saylov jarayonida siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan
nomzodlar nomidan harakat qiluvchi shaxslar. Ishonchli vakil istagan vaqtda o’z vakolatlarini
zimmasidan soqit qilishga haqli. Ishonchli vakil saylov komissiyasiga a’zo bo’lishi mumkin emas.
KASABA UYUSHMALARI – kasaba uyushmasi ko’ngilli jamoat tashkiloti bo’lib, ham ishlab
chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o’z a’zolarining mehnat va
ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar
bilan bog’langan mehnatkashlarni birlashtiradi.
KONFEDERASIYA – bu siyosiy, harbiy va boshqa sohalarda muayyan maqsadlarga erishishi
uchun tashkil qilinadigan davlatlarning muvaqqat ittifoqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |