Davlatning tuzilish shakllari.
Davlatning
tuzilish
shakli
deganda
davlat
hokimyatining ma'muriy - hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar
o'rtasidagi, davlatning alohida qismlari o'rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o'rtasidagi
o'zaro munosabatlar harakterini tushunish kerak.U ikkiga ajraladi.
3. Unitar
4. Murakkab (a)Federativ (B)Konfederativ.
Siyosiy rejim-Davlat hokimyatini amalga oshirish usuli
Huquqning shakllari
4. Huquqiy odatlar - uzoq davr mobaynida amalda bo'lishi natijasida shakllangan va davlat
tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir.M:Xammuraniy
qonunlari, monu qonunlari , XII jadval qonunlari.
5. Huquqiy pretsedent. Lotincha pretsedens - „avvalgisi, oldingisi ma'noni anglatadi. Sud yoki
ma'muriy organlarning yozma yoki og’zaki qarori, kelgusida barcha shunga o'xshash ishlarni
ko'rib chiqish va hal qilish uchun asos bo'ladigan namuna, etalon norma sifatida qabul qilina, u
pretsedent bo'ladi. M: Angilya, Avstraliya, Kanada.
6. Normativ huquqiy aktlar davlat organlari tomonidan o'rnatiladigan yoki ma'qullanadigan
huquqiy aktdir.
(a)Qonunlar b)Prezident farmonlari (v)Vazirlar maxkamasi qarorlari
(g)Davlat va xo'jalik boshqaruv organlarining qaror,buyro'q va yo'riqnomalari
(d)Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari
4. Halqaro shartnomalar
Musulmon huquqida esa, diniy aqidalar huquqning manbai bo'lib hisoblanadi. Musulmon
huquqining quyidagi asosiy manbalari mavjud
5. Qur'on (arabcha- o'qimoq, qiroat qilmoq, , o'quv )da islom aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy
va axloqiy normalar o'z ifodasini topgan.
6. Sunna (arabcha- odat, an'ana) - Muhammad payg’ambarning so'zlari, ishlari va xatti-
harakatlari.Sunna haqidagi rivoyatlar hadislarda berilgan va ular to'plam qilingan.
7. Ijmo (arabcha- yakdillik bilan qabul qilingan qarorlar) .Qur'on va hadislarda aniq ko'rsatma
berilmagan huquqiy masalani hal etishda faqih va mujtahid (intiluvchilar) to'planib ,yagona fkirga
kelgan holda fatvo berishi (hukm chiqarishi).
8. Qiyos (arabcha- taqqoslash) Qur'on va Sunnada berilmagan biror huquqiy masala, ulardagi
shunga o'xshash masala bo'yicha berilgan ko'rsatmaga taqqoslash yo'li bilan sharh etiladi.
Mavzuni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun savollar:
5. Davlat deganda nimani tushunsiz?
6. Davlatning paydo bo'lishi haqida qanday qarashlar mavjud?
7. Huquqning shakllarini sanab o'ting?
8. Siyosiy rejimning qanday ko'rinishlari mavjud?
417
Do'stlaringiz bilan baham: |