O'zbekiston Respublikasida shaxs huquqiy holatining prinsiplari.
(1) Insonparvarlik O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va
fuqarolarning asosiy huquqlari ,erkinliklari va burchlari to'g’risidagi bobning
mustahkamlanganligi va bajarilishi kafolatlanganligi O'zbekistonda insonparvarlik
prirnsipi amalga oshirilayotganligini ko'rsatadi. Respublika Prezidenti I.Karimov
ta'biri bilan aytganda, biz qurayotgan davlat: „Bu – insonparvarlik qoidalariga
asoslangan , millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy ye'tiqodlaridan qat'iy nazar,
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir.(Karimov
I.A. O'zbekiston: milliy istiqlol,iqtisod, siyosat,mafkura .-T: 1993.-43- b).
(2) Jamiyat manfaati bilan shaxs manfaatlarining moslgidan iborat bo'lib ,ular
o'zida huquq va majburiyatlarning birligini mujassamlashtiradi.
Fuqarolarning qonuniy manfaati – bu uning moddiy va ma'naviy talabi bo'lib,
u shaxsning qobilyatini va uning butun jamiyatdagi faoliyatini rivojlantirish bilan
belgilanadi. Jamiyat manfati yesa- jamiyatning maqsadi va vazifasi bo'lib, uning
rivojlanishi uchun xizmat kiladi.
Respublika Prezdenti I.A.Karimov 1995. 23 fevralda Oliy majlisning
sessiyasida qilgan ma'ruzasida inson va davlat qrtasidagi munosabatlarda inson
manfaatlarining ustun bo'lishi kerakligi to'g’risida gapirib:davlat va davlat
hokimiyatining barcha tarmoqlari o'z faoliyatini inson huquqlarini himoya qilish
va qo'riqlash ishga safarbar qilgandagina o'z vazifalarini to'g’ri ado yetgan
hisoblanadi. Bu qoyidani hamma tan olishi, bu qoyidaga hamma itoat qilishi shart”-
161
degan yedi.(Karimov I.A.O'zbekistonning siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari –T: 1995. -23- b).
(3) Huquq va burchning umumiyligi. Bu prinsip shuni bildiradiki, har bir fuqaro
qonunda ko'rsatilgan yoshga kirishi bilan barcha huquqlardan, erkinliklardan
foydalanishi imkoniyati va qonunga ko'rsatilgan burchlarni bajarishi majburiyatiga
yega bo'ladi .
(4) Huquq va burchning tengligi . har bir jamiyat a'zosiga davlat boshqa jamiyat
a'zolari bilan bir xilda teng yuridik imkoniyatlar yaratadi. Konstitutsiyaning 18-
moddasida bu to'g’risida shunday deyiladi: . „O'zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir hil huquq va erkinliklarga yega bo'lib, jinsi, irqi, millati,dini, ijtimoiy
kelib chiqishi, ye'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqiyidan qat'iy nazar, qonun oldida
tengdirlar”, Teng huquqlilik faqat huquqlarga nisbatan yemas, balki burchlarga
nisbatan ham tadbiq yetiladi.Ana shundagina u haqiyqiy teng huquqlikni
anglatadi.(Kurs gosudarstvennogo prava / Pod. Red. V. O. shetininya 1971. 89-90-
b).
Do'stlaringiz bilan baham: |