I. O'ZBEKISTONDA SHAXSNING HUQUQIY HOLATI
TUSHUNCHASI.
Fanning asosiy muommolaridan biri shaxsning muayyan davlatdagi huquqiy
holati masalasidir. Insonning ijtimoiy mavjudot u,muayyan ijtimoiy muhitda
yashaydi, oilaning mehnat jamoasining a'zosi ma'lum ijtimoiy guruh, millatning
vakili hisoblanadi.erkinlik shaxsga xos xususiyatdir. Jamiyat qanchalik yuqori
darajada
rivojlangan
bulsa,
shaaxsning
erkinligi
shunchalik
to'liq,keng
bo'ladi.ma'lumki har bir shaxs doimo jamiyat va davlat bilan muayyan munosabatda
bo'ladi. U jamiyatga nisbatan shu jamiyatning a'zosi sifatida, davlatga nisbatan yesa
uning fuqarosi yoki chet davlatning fuqarosi sifatida munosabatda bo'ladi.Uning
jamiyatdagi va davlatdagi holati shu jamiyatda u bilan jamiyat yoki u bilan davlat
o'rtasidagi munosabatlarning holatidan kelib chiqib belgilanadi. Bu aloqalarning va
munosabatlarning mohiyati, Yangi kishilarning jamiyatdagi holati, shu jamiyatda
o'rnatilgan iqtisodiy negizlar, ishlab chiqarishi munosabatlarining nisbati bilan
belgilanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida kishining ijtimoiy
ahvoli shu jamiyatning iqtisodiy negizida, ishlab chiqarish munosabatlariga va
mulkchilikning turiga qarab belgilanadi.
Jamiyatnint davlatning shaxslar bilan bo'ladigan va huquqiy normalar bilan
belgilanadigan o'zaro munosabatlari shaxsning huquqiy holati deb ataladi.
Shaxsning jamiyatdagi holati uning jamiyatdagi huquq va burchlarini
belgilaydigan butun ijtimoiy normalar (urf- odat, odob, an'analar, jamoat normalari,
huquqiy normalar ) bilan belgilanadi.
Shaxs bilan davlat o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, qonunlar va
boshqa hug’ug’iy normalar bilan belgilanadi.
Shaxsning O'zbekiston Respublikasilagi huquqiy holati kishining O'zbekiston
Respublikasi huquq normalari bilan belgilangan holati, uning jamiyatdagi,
davlatdagi o'rnidir.
159
Fuqarolarning huquqlari deganda, asosan, har bir davlatning qonunlarida o'z
aksini topgan fuqarolar huquqlaritushuniladi. Bu huquqlar konstitutsiyada
mustahkamlangan bo'ladi. Inson huquqlari to'g’risidagi normalar, birinchi navbatda
halqaro huquq normalarida o'z aksini topadi.
Insonning asosiy huquqlariga ishonchini mustahkamlash maqsadida BMT 1948
yilda inson huquqlari umumjahon deklarasiyasini qabul qildi.
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasidan keyin Yana uch hujjat (1).
Iqtisodiy –ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g’risidagi halqaro Pakt (1996 yil 19
dekabr'): (2). Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g’risidagi halqaro Pakt (1996 y 18
dekabr') : (3).fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g’risidagi halqaro paktga fakul'tativ
protokol (1996 y 19 dekabr') qabul qilindi. Bu hujjatlar 1976 yildan amal qila
boshladi hamda halqaro huquqiy munosabatlarda inson huquqlari to'g’risidagi bill'
(qonun) deb atala boshoadi.
O'zbekiston Respublikasi 1991 y 30 sentyabirda inson huquqlari umumjahon
deklarasiyasini ratifikasiya qildi.
Shaxs huquqiy holatining tarkibiy qisimlari.
(1). Davlat bilan alohida shaxsning huquqiy aloqasi shaxsning shu davlatga
mansubligi bilan, ya'ni shu davlatning fuqarosi bo'lishi yoki shu davlat hududidagi
chet yel fuqarosi bo'lib yoxud fuqaro bo'lmagan holda yashashi bilan belgilanadi.
(2). Shaxsning umumiy huquqiy layoqatidir.
(3). Fuqarolarning konstitutsiya va qonunlar bilan belgilab qo'yilgan asosiy
huquqlari, erkinliklari va burchlaridir ..
(4). Fuqarolar huquqiy holatining prinsiplari .
(5). Shaxslarning konstitutsiyada ko'rsatilgan huquq va erkinliklarining amalga
oshirishi mexanizmini mavjudligi .
Kafolatlash bu davlatning fuqarolar huquq erkinliklarini amalga oshirish uchun
tegishli sharoitlar yaratishi va kerakli vositalar bilan ta'minlanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |