SAYLOV KVOTASI – bitta deputatni saylash uchun zarur bo’lgan eng kam ovoz soni. Saylov
kvotasi har bir saylov okrugi uchun alohida hamda o’tkazilayotgan saylov turining o’ziga xos
xususiyatidan kelib chiqib mamlakat bo’yicha ham aniqlanishi mumkin.
SAYLOV KOMISSIYALARI – saylovlarni o’tkazishga mas’ul bo’lgan va ularni tashkiliy-
moddiy jihatdan ta’minlaydigan davlat hokimiyati vakolatiga ega maxsus kollegial organlar.
O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi va u o’z
faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |