2. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning fuqarolik-huquqiy usullari
Fuqarolik huquqini moxiyatdan ochib berish uchun, uning predmetini o'rganish bilan birga
usullariga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki fanning predmeti “Nimani tartibga soladi?” degan
savolga javob bersa, metodi “Qanday tartibga soladi?” degan savolga javob beradi. Demak,
tartibga solishning huquqiy metodi-o'ziga xos usullar, vositalar, uslublar tizimi bo'lib, bunda
huquq regulator sifatida ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etadi, unda qatnashuvchilarning hulq-
atvorini belgilaydi, ularga ma'lum huquq va majburiyatlar yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |