1. O'zbekistonda sud hokimiyatini tashkil etish va vazifalari
Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida bir mustaqil organi
hisoblanadi.U mamlakatda odil sudlovni amalga oshiradi. Odil sudlov davlat
faolyatining bir turi bo'lib, jamiyatda sodir bo'ladigan va huquqiy normalar buzilishi
natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy kelishmovchiliklarni ko'rib chiqish va hal
etishga qaratilgandir. Odil sudlov o'zining maxsus belgilari bilan ajralib turadi. U
davlat tomonidan qonunda belgilangan protsessual shaklda hamda fuqaroviy, jinoiy
va boshqa ishlarni sud majlislarida ko'rib chiqish orqali amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107 - moddasi va „Sudlar
to'g’risida”gi qonuning 1 - moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining sud
tizimi 5 yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,
Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat
232
ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari bo'yicha
tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlari,
harbiy sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo'jalik sudi, viloyat va Toshkent
shahar xo'jalik sudlaridan iborat.
Konstitutsiya va qonunda ko'rsatilgan sudlardlardan tashqari, boshqa biron
bir davlat organlari yoki tashkilotlarning sudlov ishini amalga oshirishga yoki
favqulotda sudlar tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va
oliy xo'jalik sudi sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga
binoan
O'zbekiston
Respublikasi
Oliy
majlisi
tomonidan
saylanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudyalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo'g’ori
Kengesi Raisining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo'g’ori Kengesi tomonidan
saylanadi yoki tayinlanadi. Viloyat sudlari,Toshkent shahar sudlari, tumanlararo
Tuman (shahar) sudlari sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
sudyalarni tanlash va lavozmiga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasining
taqdimnomasiga binoan, ho'jalik sudlari sudyalari esa O'zbekiston Respublikasi
oliy xo'jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlar sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka
komissiyasining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tayinlanadi. Sudyalar 5 yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi.
Sudyalikka nomzodlarga qo'yiladigan talablar sudyalar qonunga muvofiq odil
sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxsdir. 25 yoshdan kichik bo'lmagan
oliy yuridik ma'lumotga, yuridik ixtisos bo'yicha kamida 3 yillik mehnat stajiga ega
bo'lgan hamda malaka imtihonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi
tumanlar(aro, tuman ,shahar) sudi xo'jalik sudi sudyasi bo'lishi mumkin.Oliy
yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo'yicha kamida 5 yillik shu jumladan
qoyida tariqasida sudya bo'lib kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo'lgan va malaka
imtixonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog’iston
233
Respublikasi Oliy sudi viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O'zbekiston Respublikasi
harbiy sudi sudyasi bo'lishi mumkin.
Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo'yicha kamida 7-yillik, shu
jumladan, qoida tariqasida sudya bo'lib kamida 5 yillik mehnat stajiga yega bo'lgan
va malaka imtixonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi oliy sudi, oliy
xo'jalik sudi sudyasi bo'lishi mumkin.
Sudlar to'g’risidagi qonuning 67-moddasida sudyalarning mustahkamligini
ta'minlash kafolatlari ko'rsatilgan.Ular qo'yidagilardan iborat: ularni qonunda
belgilangan tartibda sudyalikka saylash tayinlash va sudyalikdan ozod qilish:
sudyalarni daxilsizligi: odil sudyani qat'iy tartibda amalga oshirilishi: qaror
chiqarishi chog’ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab
e'tilishining taqiqlanishi: sudga hurmatizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga
aralashishi: sudyalar daxilsizligini buzganlik uchun javobgarlik: sudyaga davlat
hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta'minot berishi.
Konstitutsiya va sudlar to'g’risidagi qonuning 70-moddasi, sudyalarning
mustaqilligini
ta'minlash
maqsadida
sudyaning
shaxsiy
daxilsizligini
mustaxkamladi. Daxlsizlik-sudyaga g’ayriqonuniy ta'sir etishdan saqlaydi, odil
sudlovni amalga oshirayotganida uning huquqlarini cheklashga imkon bermaydi
sudyalarning daxilsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan
trasporti va aloqa vositalariga xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va xujatlarga
taalluqlidir.
Sudyalarning shaxsiy xavsizligini ta'minlash maqsadida ularga tegishincha
O'zbekiston Respublikasi oliy sudi raisi, oliy hujalik sudi raisi adliya vazirligi
tomonidan belgilanadigan ro'yxat bo'yicha o'qotar qurol beriladi. Zarur hollarda
tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi
uchun qurolli soqchilar ajratiladi. Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O'zbekiston
Respublikasi bosh prokrori tomonidan qo'zg’atiladi.
Sudya oliy sud Plenumining yoki oliy xo'jalik sudi Plenumining roziligisiz
jinoiy javobgarlikka tortilishi, xibisga olinishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi sud hokimiyatini amalga oshirishni
ta'minlaydigan bir neche prinsiplarni mustahkamlagan.
234
1. Sud ishlarini yuritishning oshkoroligi
2. Sud ishlari yuritiladigan til
3. Ayibsizlik prezumpsiyasi
4. Sud himoyasida bo'lishi huquqi
2. Sud hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy maqomi
Umumiy
yurisdiksiya
sudlari
O'zbekiston
Respublikasi
Oliy
sudi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shaxar sudi;
Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shaxar) sudi. Jinoyat ishlari bo'yicha
tuman (shaxar) sudi; Xarbiy sudlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |