III.Tajribaviy qism
3.1 Ishning maqsadi va vazifalari
Malakaviy – bitiruv ishining maqsadi qilib farmasevtik preparatlar tarkibini
tekshirishning fotometrik analiz usullarini qo’llash imkoniyatlarini tekshirish va bu
maqsadda tajribaviy natijalar olish masalalari qo’yilgan.
Malakaviy – bitiruv ish uchun qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun
quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:
- adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida fotometrik analizga tegishli
metodikalar tanlash;
- dori moddalar analizini bajarish uchun asbob tanlab, uni ishlash
prinsiplari bilan tanishish;
- tanlangan asbobda ba’zi dori moddalar tarkibini, undagi qo’shimchalarni
fotometrik usulda aniqlash;
- tekshiriladigan va standart namunalar uchun olingan natijalarni o’zaro
taqqoslab identifikatsiyalash;
- bajarilgan ilmiy – tadqiqot ishlar natijalari asosida tegishli xulosalar
chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |