Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sotsiolingvistika



Download 0,6 Mb.
bet30/38
Sana30.11.2022
Hajmi0,6 Mb.
#875429
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sotsioling

O`zbek bobo
… A-a, uning otasi ham kambag`alparvar rais edi. Rahmatli, -dedi Amirqul polvon va yigitning gapini bo`lgandek unga uzrli termuldi. –Gapir, darding ko`pga o`xshaydi… Ey, kechirasan meni, bolam. Bu yerda tik turib lo`liga o`xshab gaplashib yotishimiz bo`lmas ekan. Jur, Anavu ayvonga borayik.
--Yuring, yuring, bobojon, -Qismatillo qo`li bilan yo`lkani ko`rsatdi.
--E, tortabermaysanma, -deya yigitning yelkasidan itardi chol. –U yaq- bu yaqqa qara. Bog` qalay bo`pdi? He, jonivor daraxtlar… Ajab bir mo`jiza bo`lar ekan-da bular… Ha gaping ovzingda qoldi!
Yo`lkaga tushib ikki odim otgan Qismatillo endi oshkor yig`lamsirab cholga burildi.
--Men, men… Qornimga emas, qadrimga yig`layman, bobojon. Shu Mustaqillikni bir umr orzu qilib, maktab bolalariga tashviqot qilib, vigovorlar olib, ma`naviyatdan saboq bergan ahmoq ham men bo`laman. Men!-deya ko`ksiga bir musht urdi. –Endi bo`lsa uning huzurini boshqalar ko`ryapti. Qandaydir dorning ostidan qochganlar…. kimsan tijoratchi bo`lib ketdi. O`zi-olib sotar… Hayronman! –Endi bog`dan hayron qolgandek atroflarga qaradi. –Qayoqqa qarashadi tepadagilar? Qiziq. Bilganingni qil, deb qo`yibdi. Ular bo`lsa zanjirini uzgan quturma itdek hamma yoqqa tashlanib… --Shunda birdan qo`l siltadi. –Ay-y, o`lib ketmaysanlarmi! Qolaversa, o`zim kimmanu, gapim qayerga yetadi? Siyosatiniyam tushunmay qoldim. –Keyin birdan kulib, negadir qariyaning qo`ltig`idan olmoqchi bo`ldi. Qo`li yetgan joyiga yetdi-da cholning beqasam to`ni tirsagidan ushlab: –Xayriyat, menga Ma`naviyat va madaniyat qo`mitasini tavsiya qildi. Ana shu urug`doshingiz tashkil qilarkan. Bilmadim, siylaganimi bu oxiri sharmanda bo`lsin deganimi. Ishqilib hiyla jiddiylashib kipriklari pirpiradi,- ishli bo`ldik. –Endi ishni boshlash qoldi, xolos. Bu sohada tajribayam yo`q…
--Jur-jur, tajribayam asta-sekin bo`ladi.
--Bo`ladi, deb g`ishtlar ustidan keta boshladi Qismatillo. –Ammo ungacha odamni qaritib tashlaydi-da… bu hayot! Uf, ishqilib, siz ham…
--Bog`ni so`rama paqat… U gaplarni qo`y, dedi chol. –Egasiga nasib etsin joyi.
-Albatta, albatta, -deya to`ng`illagancha ho`kiz kallasidek keladigan tosh- zinani bosib, ayvonga ko`tarildi Qismat. –Nasib etsin iloyi… ha, to`xtab qoldingiz? Chiqing!
--E, chiqqim kemayapti. Ichiyam bir ahvolda jotqandir. Mayli, sen kirib ko`r. Eshigi ochiq, qulfi jo`q, -dedi Amirqul polvon va keskin burilib, yana boqqa yuzlandi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish