Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov


Ta`m bilish, hid bilish va teri analizatorlari



Download 288,5 Kb.
bet28/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Ta`m bilish, hid bilish va teri analizatorlari

Og‘iz bo‘shlig‘i shillik, qavatining epiteliysida yumaloq yoki oval shakldagi ta`m bilish piyozchalari joylashgan. Har bir piyozchada 2-6 ta ta`m bilish hujayralari bo‘ladi. Katta odamda piyozchalarning umumiy soni 9 mingtagacha etadi. Ular tilning shilliq qavatidagi so‘rg‘ichlarda joylashgan. Tilning uchida 150- 200 ta zamburug‘simon ta`m bilish piyozchilari, asosida esa bargsimon piyozchilar bor. Bundan tashqari, ta`m bilish piyozchilari yumshoq tanglay yuzasida, yutqining orqa devorida va hiqildoq ustida juda siyrak joylashgan. Har bir ta’m bilish piyozchilaridagi 2-3 ta nerv tolalaridan markazga intiluvchi impul’slar o‘tadi.


Tilda shirin, achchiq, nordon va sho‘rni sezuvchi ta`m bilish retseptorlari joylashgan.
YAngi tug‘ilgan bola haetining birinchi soati va birinchi kundagi nordon, achchik, sho‘r va shirin ta`siriga javob reaktsiyasi ta`sirlovchining tabiatiga mos kelmaydi. 3-10 kundan boshlab shirinlikka adekvat reaktsiya paydo bo‘la boshlaydi.
Bir yoshdan to 6 yoshgacha ta`m bilish retseptorlarining sezuvchanligi ortib boradi. Maktab yoshidagi bolalarning ta`m bilishi katta odamlarning ta`m bilishidan uncha farq qilmaydi. Keksalarda ta`m bilish sezgisi kamayadi.
Odam turli moddalarning hidini burni yuqori chig‘anoqlarining o‘rta qismi va burun to‘sig‘ining shilliq pardasidan maxsus retseptorlar orqali sezadi. Hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardaning yuzasi 5 sm2 keladi. Hid bilish hujayralarining o‘siqlari xidlash nervini hosil qiladi. Moddaning zarrachalari hidlash sohasining shilliq pardasiga tushib, xid bilish ho‘jayralariga ta`sir etishi natijasida hid sezgisi vujudga qeladi.
Hid bilish tufayli odam va hayvonlar turli gazlarni va ovqatning hidini sezadi. Hid sezgisi nihoyatda o‘tkir va nozik. Modda havoda juda oz tarkalgan bo‘lsa ham odam uning hidini sezadi. I litr 1:1000000g nisbatda efir bo‘lganda ham odam uning hidini biladi. Hidlash organi ayniqsa vodorod sul’fid gazi hidiga nihoyatda sezgir bo‘ladi. Ba`zi bir qayvonlarda hid bilish sezgisi juda ham nozik bo‘ladi. Ba`zi itlar nihoyatda kuchsiz xidni ham sezadi.
YAngi tug‘ilgan bola binafsha, valeriana, anis va boshqa nohush hidlarga nisbatan yuz mimikasini o‘zgartirish, nafas olish va pul’s o‘zgarishi bilan javob beradi. Kuchli hid ta`sir ettirilganda u chuqur va tez-tez nafas oladi hamda tomir urishi o‘zgaradi. Bola 4 oylik bo‘lganidan boshlab turli hidlarni to‘likrok ajratadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda hidlash retseptori rivojlanishda davom etadi.
Teri analizatorlarning periferik uchlari bir-biridan farq qiladigan retseptorlarning ko‘p sonli guruhidan iborat bo‘lib, ularni taktil, og‘rik sezish, temperatura retseptorlariga birlashtirish mumkin, 1 sm2 teriga o‘rta hisobda 100-200 og‘riq retseptori, 10-15 sovuqni sezish retseptori va taxminan 25 ta taktil retseptorlari to‘g‘ri keladi. Ular ta`sirni qabul qilishim ta’minlaydi za tana tashqi qoplamlarining bekamu ko‘stligi, tashki ta`sirning xarakteri to‘g‘risida xabar beradi.
Taktil retsertorlar odatda ko‘l tekkizish va teri qoplamlariga shikast etkazmaydigan bosimga bo‘linadigan terining turli xil mexanik ta`sirlarini sezadi. Ular tufayli buyumning shakli, kattaligi haqida, yuzasining silliq, g‘adir-budur, yumshoq yoki qattiqligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Teri analizatorining miyadagi uchi shikastlanganda terining mexanik ta`sirga sezo‘vchanligi buzilishi kuzatiladi va hatto qisman tiklanish bo‘lganda ham ta`sirni tipi va joyini farqlash batamom yo‘qoladi. Teriga kuchli yoki shikastlovchi temperatura, mexanik, ximiyaviy ta`sir bo‘lganda og‘riq seziladi. Og‘riq retseptorlari retseptorlarning eng tarqalgan tipi bo‘lib, terida erqin nerv uchlari ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Terida og‘riq retseptorlari mutlaqo bo‘lmagan qismning o‘zi yo‘q birok, ular bir tekis tarqalmagan.
Temperatura retseptori issiq va sovuqni sezuvchi turlarga bo‘linadi. Terida ular notekis taqsimlangan va sovuqni sezuvchi retseptorlar soni issiqni sezuvchi retseptorlardan ustunlik qiladi. 360S va bundan past temmeraturaga javob reaktsiyasi sodir bo‘ladigan termoretseptorlar sovuqni sezuvchi retseptorlar qatoriga kiradi. Issiqni sezuvchm retseptorlar 400S va undan yuqori temperaturada aktivlashadi. Sovuq termoregulyatorlar terida va ichki organlarda, issiqlari esa asosan terining ustqi qatlamlarida joylashgan.



Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish