Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana28.07.2021
Hajmi0,76 Mb.
#131187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida buyuk allamolarning orni

Samarqand – 2015 


I BOB BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA 

MATEMATIKA TARIXINI O`RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI  

 

1.1.Boshlang`ich sinf matematika darslarida matematika  tarixini o`rgatishning 



xususiyatlari 

1.2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida matematika  tarixini o`rganishnig 

ahamiyati 

1.3. Allomalarning matematikaga doir asarlarining mazmuni  

 

 

II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASIDA ALLOMALAR 



ASARLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI 

 

2.1 Boshlang`ich sinf matematika darslarining uzviyligini ta`minlashda 



allomalarning asarlaridan foydalanish metodikasi 

2.2 Boshlang‘ich  sinf matematika darslarida tarixiy materiallar asosidagi dars 

ishlanmasi 

 

XULOSA 


 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 




KIRISH 

Respublikamiz  Prezidenti  I.A.  Karimov  o‗zining  «Barkamol  avlod-

O‗zbekiston  taraqqiyotining  poydevori»  deb  nomlangan  asarida  ta‘kidlaganidek  

"Bugungi kunda oldimizga qo‗yilgan buyuk maksadlarimizga, ezgu  niyatlarimizga 

erishishimiz,  jamiyatimizning  yangilanishi,  hayotimizning  taraqqiyoti  va  istiqboli 

amalga  oshirilayotgan  islohotlarimiz,  rejalarimizning  samarasi  taqdiri  –  bularning 

barchasi,  avvalambor,  zamon  talablariga  javob  beradigan  yuqori  malakasi,  ongli 

mutaxassis    kadrlar  tayyorlash  muammosi  bilan  chamabarchas  bog‗likligini 

barchamiz  anglab  yetmoqdamiz.  Shu  bilan  birga,  hammamiz  yana  bir  haqiqatni 

anglab  yetmoqdamiz.  Faqatgina  chinakam  ma‘rifatli  odam,  inson  qadrini,  millat  

qadriyatlarini, bir so‗z bilan aytganda, o‗zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda 

yashash,  mustaqil  davlatimizning  jahon  hamjamiyatida  o‗ziga    mos  obro‗li  o‗rin 

egallashi uchun fidoyilik bilan qo‗shishi mumkin". 

 

Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‗yicha «Kadrlar tayyorlash 



milliy  dasturi»  va  shu  asosda  «Ta‘lim  to‗g‗risida»  gi    qonun  qabul  qilindi.  Bu 

hujjatlarda  ta‘lim  va  tarbiyaning  hozirgi  ahvolini  yaxshilash,  uni  zamon  talablari 

darajasiga  ko‗tarish  asosiy  vazifa  qilib  qo‗yildi.  Shu  vazifalardan  kelib  chiqqan 

holda,  biz  o‗qituvchilar  ham  o‗z  ishlarimizni  qayta  ko‗rib  chiqishimiz 

o‗rgatayotgan  fan  asoslarini  ko‗proq  hayot  bilan  bog‗lab,    uning  tarbiyaviy 

ahamiyatiga e‘tibor berishimiz kerak.   

 

Jamiyatda  o‗qituvchi,  birinchidan,  o‗sib  kelayotgan  avlodni  tarbiyalash, 



ularga  har  tomonlama  bilim  berishdan  iborat  bo‗lgan  faxrli  hamda  ma‘sul 

vazifalarni  bajaradi.  Yurtboshimiz  ham  ta`lim-tarbiyani  dolzarb  masala  sifatida 

ko`tarmoqda.  Ya`ni,  ‖...  mustaqil  dunyoqarashga  ega,  ajdodlarimizning  bebaho 

merosi  va  zamonaviy  taffakurga  tayanib  yashaydigan  barkamol  shaxs  –  komil 

insonni tarbiyalashdan iborat‖

1

  



Mustaqil  O‘zbekiston  respublikasi  maktabi  oldida  yangi  kishini 

tarbiyalash komil insonni shakllantirish uchun juda ko‘p vazifalar turadi. Bu 

vazifalarni  bajarish  o‘quv  tarbiya  jarayonini  yanada  takomillashtirishga, 

                                                 

1

 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз Т., «Ўзбекистон», 2000, 25-



бет 


yangi  metod,  yangi  usul  va  tadbiriy  choralar  ko‘rishga  bog‘liq.  Bundan 

chora  tadbirlar  ko‘p  bo‘lib,  bulardan  biri  boshlang‘ich  sinf  matematika 

kursini  o‘rganishda  o‘zbek  matematiklarining  asarlarini  o‘rganish, 

o‘rganilgan  bilimlarni  amalga  tadbiq  etish  hisoblanadi.  Ayniqsa, 

O‘zbekiston  Respublikasi  boshlang‘ich  maktablarida,  O‘rta  Osiyo 

matematika  tarixiga  doir  ma`lumotlardan,  O‘rta  Osiyo  matematiklarining 

qilgan ishlaridan foydalanish juda katta ahamiyatga egadir.   

Matematika  fani  tarixi  ham  barcha  fanlar  tarixi  kabi  chinakam  fuqorolik 

xulq  atvori  va  olimlarning  yuksak  vatanparvarlik  harakatlariga  doir  misollarga 

nihoyatda boy.  Bolalarni  o‘zligini  anglash  va vatanparvarlik  ruhida tarbiyalashda 

matematika tarixiga doir ilmiy-nazariy ma‘lumotlar  katta ahamiyatga ega. 

O‘qituvchining  matematika  o‘qitishdagi  yutuqlari  ayni  damlarda 

o‘qitilayotgan  materialga  extiyoj  qachon,  qanday  sabablar  tufayli  va  qanday 

vaziyatlarda  tug‘ilganligi,  uning  yordamida  qanday  masalalar  yechilganligi  va 

hozir  ham  yechilayotganligi,  u  matematikaning  yana  qanday  qismlari  bilan 

aloqadorligi  haqidagi  savollarga  tarixiy  manbalardan  olinadigan  javoblarga 

bog‘liq.  Bunday  savollarga  javob  berolmaslik,  javob  berishdan  bosh  tortish 

fikrlashni taqiqlab qo‘yish bilan barovardir. 

Ta‘lim  –  tarbiyali  shaxslarni  tarbiyalashda  boshlang‗ich  sinf  rahbari  ham 

tarbiyachi  sifatida  eng  oldingi  pillopoyalardan  joy  oladi.  Komil  insonlarni 

tarbiyalash  har  tomonlama  etukligiga  e‘tibor  berish  demakdir.  Bu  haqda 

yurtboshimiz  ―Komil  inson  deganda,  biz  avvalo,  ongi  yuksak,  mustaqil  fikrlay 

oladigan,  hulq  –  atvori  bilan  o‗zgalarga  ibrat  bo‗ladigan  bilimli,  ma‘rifatli 

kishilarni tushunamiz‖ 

2

 

Metodist pedagoglar turli davrlarda matematika o‘qitishni uning tarix bilan 



bog‘lash va uni o‘qitishni u yoki bu davlatning ijtimoiy tuzumi va maktablarning 

umumiy vazifalariga qarab belgilaganlar. 

Ularning ilmiy yo‘nalishlarida: 

-  o‘quvchilarning  matematika  fanini  o‘rganishga  Qiziqishini  oshirish  va 

                                                 

2

 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т., ―Шарқ‖ нашриѐти 1998., 6-бет 




o‘qitilayotgan materialni ularning tushunib olishlari chuqurlashtirgan: 

-  O‘quvchilarning aqliy faoliyati va dunyoqarashini boyitish va ularning umumiy 

madaniyatini  yuksaltirishga  e‘tibor berilgan:  -  matematika tarixi  haqidagi birgina 

ma‘lumot bilan yuqorida aytilgandek, hamisha ham maqsadga erishib bo‘lmaydi. 

        O‘quvchilarning  matematika  tarixi  bilan  tanishuvi  darslarda  fan  tarixidagi 

dalillardan  puxta  o‘ylangan  xolda  foydalanish  va  ularning  dasturdagi  barcha 

materiallar  bilan  izchil  bog‘lanib  ketishini  anglatadi.  Faqat  shunday  uzviylikkina 

ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam bera oladi. 

-  O‘quvchilarning  matematika  tarixi  bilan  tanishuvi  faqat  uni  yaxshi  tushunib 

olishlariga  yordam  berib  qolmasdan,  balki  ularning  dunyoqarashiga  ham  katta 

ta‘sir ko‘rsatadi, ularni o‘zlikni anglash, o‘z boy merosini qadrlashga o‘rgatadi. 

Matematika fani yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‗stiruvchi vosita 

sifatida  maktablarda  qadimgi  Yunonistonda  o‗qita  boshlangan.  Yangi  era 

boshlarida Xitoyda sonlar nazariyasi, Hindistonda o‗nli sanoq sistemasi, O‗rta Yer 

dengiz  sohillarida  trigonometriya  yaratila  boshlagan.  VII-VIII  asrlardan  boshlab 

ilm-fan  taraqqiyotining  markazi  O‗rta  Osiyoga  ko‗chdi.  O‗z    ilmiy  ishlari  bilan 

butun  dunyoga  tanilgan  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy,  Ahmad  Farg‗oniy,  Abu 

Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Nasr    Forobiy,  Ismoil  Buxoriy,  Umar 

Hayyom, Ulug‗bek va boshqalar shu O‗rta Osiyoda yashab ijod qilganlar. 

Shu  kungacha  boshlang‘ich  sinf  matematika  fanini  o‘qitishning 

samaradorligini  oshirishda  tarixiy  materiallardan  foydalanish,  undagi  uzviylik, 

fanlararo  aloqani  amalga  oshirishga  oid  mukammal  darslik  yoki  qo‘llanmalar 

unchalik  ko`p  emas.  Vaholanki,  milliy  o‘zlikni  anglash  jarayonida  boshlang‘ich 

sinflarda tarixiy materiallarni o‘rganish hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega. 




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish