1.So‘zning morfologik strukturasi.
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z turkumlari nazariyasi haqidagi ta`limdir. So‘zlarni so‘z turkumlariga ajratish nazariyasining printsiplari quyidagilar:
So‘z turkumlarining kategorial belgilari
So‘zlarini turkumlarga ajratish printsiplari
Turli tillarda so‘z turkumlari
Turkumlarga va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash orqali amalga oshiriladi.
Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holcha o‘rganib bo‘lmaydi. Tilshunoslik fanining rivojlanib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan.
Narsa, predmet va hodisalarni turkumlarga ajratish uchun ma`lum o‘lchovlar, shartlar, mezonlarga asoslanish kerak.
Bu muammoni echish tarixini hozirgi vaqtga kelib shartli ravishda uch asosiy etapga ajratish mumkin:
1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr
2. Strukturalizm davri
3. Strukturalizmdan keyingi, ya`ni hozirgi davr.
Birinchisi uch belgiga asoslanagan:
- so‘zlarning leksik ma`nosi
- so‘zlarning morfologik belgilari, ya`ni so‘zning grammatik shakli
- so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi.
Strukturalistlar esa so‘zlarni distributsiyasini asosga oldilar. So‘zning distributsiyasi deganda so‘zning chap va o‘ng tomondan aloqaga kirishi mumkin bo‘lgan hamma imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Amerika strukturalistlari ana shu qarashni-so‘zlar distributsiyasini tavsiya qildilar. Mas., CHarlz Frizning fikricha, ingliz tilida so‘zning ma`nosini bilmasdan, bu so‘zni gapda tutgan o‘rniga qarab, qaysi so‘z turkumiga kirishini aniq aytish mumkin. Bunda u ingliz tilidagi gaplarda so‘z tartibining qat`iy ekanligiga asoslanadi.
SHu tarzda u to‘rt mustaqil so‘z turkumini va o‘n beshta yordamchi so‘z turkumini aniqlaydi. Mana shu asosda CHarlz Friz ingliz tilida so‘z turkumi so‘zlarning gapda tutgan o‘rniga boғliq, degan xulosaga keladi.
Bu tavsiyaning ma`lum qiyinchiliklari mavjud:
1.U hamma tillar uchun universal bo‘la olmaydi.
2.Mazmun inkor etiladi. Binobarin forma va mazmun dialektikasi buziladi.
So‘z turkumlarining kategorial belgilari quyidagilar:
1.So‘z turkumlarining semantik belgisi.
2.So‘z turkumlarining morfologik belgisi.
3.So‘z turkumlarining sintaktik belgisi.
4.So‘z yasalish belgisi.
So‘z turkumlarining semantik belgisi deganda, so‘zlarning konkret ma`nolari emas, balki uning umumlashgan ma`nosi nazarda tutiladi. Mas., uy, mars, yalpiz, do‘stlik, quyosh. Ularning har biri garchi konkret ma`nolarni anglatsa-da, bu printsipda umumiy ma`no, ularning predmetlik ma`nosi nazarda tutiladi. CHekmoq, o‘qimoq, yozmoq, turmoq so‘zlarining konkret ma`nolari har xil. Hammasiga xos bo‘lgan umumiy ma`no ish-harakatdir.
So‘z turkumlarining morfologik belgisi yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, mazkur so‘zlarga xos forma yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi (forma yasovchi-so‘z formalarini hosil qiluvchilar -lar, fe`l-yap; so‘z o‘zgartiruvchi-forma yasovchilarning sintaktik munosabat ifodalaydigan turi tushiniladi: s., kelishik affikslari, shaxs-son affikslari. Mas., qizil, katta, ishlamoq, etmoq, uy, daraxt so‘zlarini olamiz va ularga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘ramiz:
- roq
- di, -i(b)
- gan
Hamma so‘z turkumlari gapda birday vazifa va miqdorda ishlatilmaydi. Otlar gapda barcha gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin. Sifatlarning sintaktik vazifasi chegaralangan.
So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati ham sintaktik belgi hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi.Mas., predmet, narsa-belgi-sifat--harakat-fe`l singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga ajratiladi.
Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor.
So‘z turkumlarining yuqorida qayd etilgan kategorial belgilari so‘z turkumlari nazariyasining birinchi printsiplarini tashkil qiladi. Misollar: rus tilida semantik belgi bilan bir qatorda morfologik belgi ham etakchidir. Xitoy tillari oilasiga kiruvchi tillarda, masalan, xitoy, vetnam tillarida affikslar yo‘q. O‘zbek tilida morfologik va semantik belgilardan keyin sintaktik belgilar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |