So‘zning tovush va ma`no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi. So‘zni tashkil etuvchi tovushlar predmetning qiyofasi bo‘lmay, uning ishorasidir. Narsa ishorasi bo‘lmish so‘zning tovushlar yiғindisi - shartli va ixtiyoriy emas. Unga odamlar tashqaridan o‘z hohish irodalariga qarab ta`sir o‘tkaza olmaydilar.
B.A.Golovinning ushbu gapi diqqatga sazovordir: «Kishilarnig ongida ham so‘zning, ham narsaning fizik va moddiy tuzilishi aks etadi. Demak, narsa bilan so‘zning qiyofasi bizning ongimizda birlashib bir butunlikni tashkil etadi».
So‘zning fizik qiyofasi bilan u anglatgan narsaning fizik qiyofasi o‘rtasidagi boғlanish birligini ma`no deb ataymiz.
Demak, ma`no borliqdagi predmetni aks ettiradi, so‘zning moddiy tomoni esa predmetning ishorasi bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon tilshunosligida so‘zning ma`nosini signifikat atamasi bilan so‘z anglatayotgan hodisani esa denotat atamasi orqali ifodalanadi.
SHunday qilib, so‘zlar bir-biri bilan boғlangan uch jihat: shakl, narsa (hodisa) va mazmundan tashkil topadi.
So‘z va u atagan narsa o‘rtasida bevosita boғlanish yo‘q. Hozirgi zamon fanining xulosasi shu. Qadimgi YUnonistondagi oqimlar - anologistlar bor degan, anomalistlar - yo‘q degan.
So‘z va tushuncha. So‘zning leksik -semantik xususiyatlari uning leksik, grammatik va semantik jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
YUqorida ta`kidlanganidek, qadimiy tilshunoslikda so‘z va nom o‘rtasida moslik bor deb qarash ham mavjud edi.
So‘zning aytilishi bilan predmet yoki hodisa o‘rtasidagi boғlanish uning ma`nosini yuzaga chiqaradi.
So‘zlar aslida turli struktural ko‘rinishlarga egadir. SHu tufayli so‘zning predmet va tushuncha bilan boғlanishini shartli ravishda qaramoq zarur. CHunki barcha so‘zlar ham predmet, hodisa yoki belgining nomini atamaydi, ya`ni hamma so‘zlar nominativ funktsiyaga ega emas. (So‘z turkumlari bo‘yicha qaraganda ma`lum bo‘ladi).
So‘z ma`lum nutq vaziyatida yoki matnda o‘zining konkret shakliga ega bo‘ladi.
So‘z biror tushuncha, predmet, hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so‘z tushuncha va predmetning aynan o‘ziga hech to‘ғri kelmaydi.
Ayrim olingan so‘zga tegishli bo‘lib, boshqa so‘zlardan farqlay oluvchi ma`no shu so‘zning leksik ma`nosi deyiladi. O‘z leksik ma`nosidan tashqari predmetlik va harakat ma`nolarini ifoda qilinishi grammatik ma`nosidir. Grammatik ma`no so‘zning leksik ma`nosiga orttirilgan qo‘shimcha ma`nodir.
Barcha so‘zlar o‘z aytilishi, ya`ni tovushlar birikmasi yoki bir tovushdan iborat bo‘lgan material tomoniga ega. So‘zning material tomoni u ifoda etgan predmetning belgisi deb qaraladi. Til esa ana shunday belgilarning alohida tizimidir.
Tilning mazmun planida so‘zning asosiy ma`nosi semema termini bilan ataladi, ifoda planida esa leksema deb yuritiladi. Masalan, bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq so‘zlari turli leksemalar bo‘lib, «harakat qilmoq»ni ko‘rsatuvchi bir sememaga birlashadi. Ammo bu so‘zlarning har biri alohida semasiga ega. Semalar bir so‘zning ma`nosini boshqa so‘zlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Semalar predmet va hodisalarga tegishli bo‘lgan ichki va tashqi belgilar yordamida aniqlanadi va ular nutq jarayonida oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |