Bog'liq turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotda Turkistonda rus sharqshunoslari va
arxeologlari tomonidan o’rganilgan arxeologik materiallarni shu kungacha
o’rganilganligi darajasini tanqidiy tahlil qilinib, yangi tarixiy, madaniy va uslubiy
xulosalar chiqariladi. O’rta Osiyoning arxeologik jihatdan o’rganilish masalalari
batafsil tahlil qilinadi, olingan xulosalardan tarixiy va ilmiy xulosalar chiqariladi.
O’rta Osiyoda arxeologiya fanining rivojlanishiga bag’ishlangan bunday ilmiy
ishlar shu paytgacha deyarli yo’q edi.
Tadqiqotda Turkistonda rus sharqshunoslari va arxeologlari tomonidan O’rta
Osiyo hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar tarixiy, tanqidiy, metodologik
nuqtai nazardan maxsus tadqiq etiladi. Bu hududni o’rganilayotgan davridayoq
olimlar tomonidan amalga oshirilgan katta, so’zsiz fundamental ishlar bilan bir
7
qatorda yo’l qo’yilgan ayrim xato va kamchiliklar aniqlanib to’g’rilanadi. Shu
vaqtgacha arxeologik tadqiqotlar olib borishdagi yutuq va kamchiliklar yagona
tizim ostida, alohida monografik tadqiq qilinadi.