Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

2. logann Genrix Pestalosi 
Pestalosining 
pedagogik 
faoliyati. 
Iogann 
Genrix 
Pestalosi 
Shveysariyaning  Syurix  shahrida  vrach  oilasida  tug’ildi.  Pestalosi  otadan  yosh  judo 
bo’lib,  onasi  hamda  oddiy  dehqon  ayol  —  ularning  sobiq  xizmatchisi  tarbiyasida 
o’sdi. 
Pestalosi  awal  boshlang’ich  maktabda,  so’ngra  lotin  maktabida  o’qib  ilm  oldi. 
Pestalosi  o’rta  maktabni  tamomlagach,  ko’proq  gumanitar  fanlar  o’qitiladigan  oliy 
o’quv yurtiga - kollegiumda, uning filologiya va falsafa bo’limlarida o’qidi. Pestalosi 
kollegiumni  tamomlamay  turib,  xalqning  ahvolini  yaxshilash  to’g’risida  o’zining 
azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi. 1769-yilda Pestalosi 
o’zining ijtimoiy tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo’rg’on va yer sotib 
oldi,  bu  yerga  «Neygof»  («yangi  qo’rg’on»)  deb  nom  berdi  va  tevarak-atrofdagi 
dehqonlarga o’z xo’jaliklarini unumdor xo’jalikka aylantirishni o’rgatish maqsadida, 
bu  yerda  namunali  ferma  tashkil  qilmoqchi  bo’ldi.  Tajribasiz  va  xo’jalik  ishlaridan 
bexabar bo’lgan Pestajosi oradan ko’p o’tmay sindi, va u xalq foydasini ko’zlab yana 
yangi yo’flar qidirishga majbur bo’ldi. 
U  1774-yili  «Neygof»da  «Kambag’allar  muassasasi»ni  ochib,  yetim  va  boqimsiz 


 
165 
bolalardan  50  ga  yaqin  kishini  shu  muassasaga  to’pladi.  Pestalosining  fikricha, 
bolalarning o’zlari ishlab topgan pullar shu  yetimxonaning  xarajatini  qoplashi 
kerak  yedi.  Yetimxonada  tarbiyalanayotgan  bolalar  dalada  ishlar,  shuningdek, 
to’quv  va  yigiruv  dasgohlarida  ip  yigirib,  mato  to’qir  yedilar.  Pestalosining  o’zi 
bolalarga  o’qish,  yozish  va  hisob  o’rgatar,  ularni  tarbiyalash  bilan  shug’ullanar 
yedi. Hunarmand ustalar yesa bolalarga ip yigirish va to’qishni o’rgatardilar. Shu tariqa, 
Pestalosi o’z muassasasida bolalarni o’qitishni ularni unumli mehnatga o’rgatish bilan 
qo’shib olib borishga urindi. 
Pestalosi boshlagan ish tezda barbod boldi, chunki siyosiy hokimi-yat va moddiy 
mablag’larning  yegalari  uni  qo’llab-quvvatlamadilar.  Bolalar  ming  mashaqqat  bilan 
mehnat  qilishi  tufayli  o’zlari  yashab-ishlab  turgan  yetimxona  xarajatlarini  ko’tara 
olar  yedilar,  lekin  gumanist  va  demokrat  Pestalosi  o’zi  tarbiyalayotgan  bolalarni 
bunday og’ir sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo’1 qo’ya olmasdi. U bolalar 
mehnatini,  awalo,  bolalarning  jismoniy  kuchlarini  aqliy  va  axloqiy  qobiliyatlarini 
o’stirish  vositasi,  deb  bildi.  Bolalarga  faqat  hunar  o’rgatibgina  qolmasdan,  balki 
ularni keng ravishda mehnatga o’rgatishga intildi. 
Pestalosi  Neygofda  o’tkazgan  tajribaningpedagogika  uchun  ahamiyati  katta  boidi. 
Tajribani  davom  yettirish  uchun  mablag’  bo’lmaganligi  sababli  oradan  ko’p  vaqt 
o’tmay  yetimxona  yopildi.  Lekin  bu  muvaffaqiyasizliklar  uni,  xalqqa  yordam  berish 
maqsadidan qaytara olmadi. 
Pestalosi  1798  -yil  Shveysariya  inqilobi  natijasida  yetim  qolgan  5  yoshdan  10 
yoshgacha bo’lgan 80 bolaga moljallangan yangi yetimxona ochdi. 
«Yertalabdan to kechgacha ularga yakka o’zim hamroh yedim! Mening  qoilarim 
ularning  qo’lida,  ko’zlarim  ularning  ko’zlarida  yedi.  Ular  yig’lasa,  men  hara  yig’lar, 
kulsa kular yedim! Ular nima yesa, men ham shuni yer, niraa ichsa, shuni ichardim. 
Mening o’shalardan boshqa uyim ham, do’stim ham, xizmatchim ham yo’q yedi!», 
deb yozgani keyinchalik bu haqda Pistalosi. 
Afsuski, urush harakati boshlangandan keyin yetimxona yopildi. 
Keyingi o’n sakkiz yil davomida Pestalosi o’sha davrning yeng muhim masalasini: 
dehqon  xo’jaliklarini  qanday  qilib  tiklash,  ularning  turmushini  yaxshilash, 
mehnatkashlarning  axloqiy  va  aqliy  holatini  qanday  qilib  o’zgartirish  masalasini 
hal qilishga jamoatchilik ye’tiborini tortishga intilib, adabiy faoliyat bilan shug’ullandi. 
U  «Iingard  va  Gertruda»  (1781—1787)  degan  ijtimoLy-pedagogik  roman  yozib,  bu 
romanda  xo’jalikni  oqilona  .  usulda  olib  borish  va  bolalarni  to’g’ri  tarbiyalash 
vositasi  bilan  dehqonlarning  turmushini  yaxshilash  to’g’risidagi  o’z  g’oyalarini 
olg’a surdi. 
XIX asrning boshlaridayoq Pestalosining «Gertruda o’z bolalarini  qanday qilib 
o’qitadi»,  «Onalar  kitobi  yoki  onalar  uchun  o’z  bolalariga  kuzatish  va  gapirishni 
qanday  o’rgatish  haqida  qo’llanma»,  «Kuzatish  alifbesi  yoki  o’lchash  haqida 
ko’rsatmali  qo’llanma»,  «Son  to’g’risida  ko’rsatmali  ta’lim»  degan  kitoblari 
bosilib chiqdi. Bu kitoblarida boshlang’ich talimning yangi usullari bayon qilingan 
yedi. 
1800-yili  Pestalosi  rahbarligida  institut  tashkil  yetildi.  Institut  tarkibiga, 
internat  shaklidagi  o’rta  maktab  hamda  o’qituvchilar  tayyorlash  seminariyasi 
kiritilgan.  Bu  institut  butun  dunyoga  mashhur  bo’ldi.  Pestalosi  1825-yili  Iverden 


 
166 
instituti  o’qituvchilari  orasida  chiqqan  nizolar  natijasida  o’z  qishlog’i  «Neygofoga 
qaytadi va 80 yoshli, qariya bolishiga qaramay, bu yerda o’zining oxirgi asari — «Oq 
qush qo’shig’i»(1826)ini yozadi. U l827-yilivafotetdi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish