Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Afinada  esa  hayot,  tartib,  intizom,  maktab  tizimi  va  undagi  ta’lim-tarbiya 
spartanikidan  butunlay  farq  qilar,  qullar  xususiy  mulk  hisoblanar  edi.  Afinada 
eramizdan  ilgarigi  V-IV  asrlarda  madaniyat  gullab  yashnadi.  Fan,  me’morchilik 
va haykaltaroshlik rivoj topdi. 
Ham  jismoniy,  ham  ma’naviy  jihatdan  yetuk kishini,  Afinada  eng  ko’rkam va 
barkamol inson(ideal) hisoblangan. 
Bolalar  7  yoshga  yetguncha  uyda  tarbiyalanar,  o’g’il  bolalar  7  yoshdan  boshlab 
maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko’magida uy-ro’zg’or ishlariga o’rgatilar, chunki 
xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas edi. 
Afinada  bolalar  dastlab  7  yoshdan  13—14  yoshgacha  «grammatist»  (savod 
o’rgatish  ma’nosida)  yoki  «kifarist»  (grekcha  musiqa  o’qituvchisi  ma’nosida) 
maktablarda tahsil olganlar. Bu xususiy maktablarda o’qish pullik  bo’lgan.  Shuning 
uchun kamxarj fuqarolarning bolalari ushbu maktablarda ta’lim ololmagan. 
Maktablarda  «didaskol»  deb  atalgan  o’qituvchilar  mashg’ulot  olib  borar edilar. 
(Men  o’qitaman,  degan  ma’nodagi«didasko»  so’zidan  keyinroq  «didaktika»  —  ta’lim 
nazariyasi kelib chiqqan). 
O’g’il bolalarni maktabga qullar yetaklab borar edi, bunday qul pedagog deb atalgan 
(«pays» - bola, «agogeyn» - yetaklab borish degan so’zlardan olingan). Grammatist 
maktabida  o’qish,  yozish  va  hisoblash  o’rgatilar  edi,  o’qishda  harflarni  hijjalab 
o’qitish usuli, so’ng qo’shib o’qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o’rgatishda 
mum  surilgan  yaltiroq  taxtachalardan foydalangan va ingichka cho’p yordamida 
yozganlar.  Sonlar  barmoqlar,  sopol  toshlar,  sanoq  taxtasi  yordami  bilan  hisoblagan. 
Kifarist  maktabida  adabiy  bilim  va  estetik  tarbiya  berilar,  muzika,  ashula, 


 
151 
deklomasiyalar o’rgatilar yedi. 
O’g’il bolalar 13-14 yoshga etganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb 
atalgan o’quv yurtiga o’tar, bu yerda ikki-uch yil davomida  jismoniy  mashqlar  bilan 
shug’ullanardilar. Masalan: sakrash, yugurish,  kurashish, disk va nayza uloqtirish, 
suvda suzish kabilar. Palestrada  o’qish tekin bo’lgani uchun yoshlarning ko’pchiligi 
shu  yerda  o’qish  bilan  cheklanib  qolar  yedi.  Badavlatroq  oiladan  bo’lganlari  yesa 
palestrani tugatgach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, 
siyosat,  adabiyot  fanlari  o’rgatilar,  tahsilni  tugatganlar  davlat  boshqaruvida 
qatnashishlari mumkin edi. 
Nihoyat,  Spartada  bo’lgani  kabi,  Afinada  ham  18  dan  20  yoshgacha  bo’lgan 
yoshlar  Efeblar  qatoriga  o’tib,  harbiy  xizmatga  tayyorlanar  va  siyosiy  bilimlarini 
oshirishni davom ettirardilar. 
Aholining  ko’pchilik  qismi  bolalarni  maktablarda  o’qita  olmaganligi  sababli 
ularga kasb-hunar o’rgatish odat tusiga kirgan edi. Ayrim xat-savodi bor ota-onalar 
bolalariga  o’qishni  o’zlari  o’rgatar  edilar.  Bu  davlat  tomonidan  qonunlashtirilib 
qo’yilib  bechorahol  tabaqaga  mansub  ota-onalar  o’z  bolalariga  biror  kasbni 
o’rgatishga majbur edilar. Aks holda ularning bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-
onalari to’g’risida moddiy g’amxo’rlik qilishdan ozod etilgan. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish