Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

«O'z  davrining  Ptolomeyi»  deb  nom  olgan.  Ali  Qushchi  ilmiy  ishda  Ulug’bekning 
eng  yaqin  yordamchilaridan  biri  edi.  Ulug’bek  maktabi  namoyandasi  sifatida 
Ulug’bek asarining sharhchisi astronom Chalabiy nomi ham diqqatga sazovordir. 
Madrasada  boshqa  mudarrislar  bilan  bir  qatorda,  Ulug’bekning  o’zi  ham 
astronomiya bo’yicha ma'ruzalar o’qir edi. Uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib 
kelgan  bir  gradus  yoyning  sinusini  aniqlash  –  Ulug’bek  va  uning  maktabi  erishgan 
ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo’ldi. 
Ulug’bek  atrofida  to’plangan  Samarqand  olimlari  katta  ahamiyat  bergan  eng 
muhim  ilmiy  yo’nalishlardan  biri  falakiyotshunoslik  fani  edi.  Shuni  ham  aytish 
kerakki,  musulmon  mamlakatlarida  va  umuman  islom  madaniyatida  aniq  fanlar, 
ayniqsa,  falakiyotshunoslik  va  riyoziyot  muhim  o’rin  tutadi.  Chunki  musulmon 
kishi qayerda bo’lishidan qafi nazar, erta tongdan oqshomgacha qadar uning uchun 
besh  vaqt  namoz  farzdir.  Namoz  yuzni  qiblaga  —  Makkadagi  Ka'ba  yo’nalishiga 
qarab  o’qiladi.  Namozning  vaqtlari  esa  har  bir  jo’g’rofik  kenglikda  ham 
quyoshning  erdan  balandligiga  qarab  belgilanadi.  Undan  tashqari,  islomda  qabul 
qilingan hijriy yil hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi 12 qamariy  oydan iborat bo’lib, 
yangi  oy  —  hilolni  masjid  minorasidan  yoki  rasadxona  tepasidan  ko’z  bilan  ko’rib 
aniqlangan.  Shuning  uchun  musulmon  kishining  hayoti  falakiyotshunoslii, 
riyoziyot,  jo’g’rofiya,  hunarmandchilik  va  me'morchilikka  aloqador  quyidagi 
masalalarni hal qilish bilan bog’liq bo’lgan: 
1) joyning jo’g’rofik yo’nalishlarini aniqlash; 
2)  mahalliy  meridian  bilan  qibla  yo’nalishini  ko’rsatuvchi  katta  doira  orasidagi 
burchakni aniqlash; 
3) jo’g’rofik yo’nalishlarni hisoblash uchun aniq riyoziy (trigonometrik) hisoblash 


 
94 
qoidalari va usullarini bilish; 
4) jo’g’rofik yo’nalish asosida quyosh balandligini aniqlash qoidalarini bilish; 
5)  quyosh,  oy,  sayyoralar  va  boshqa  yoritgichlarning  kecha-kunduzning  istalgan 
vaqtidagi holatlarini aniqlaydigan sferik astronomiyaning aniq qoidalarini bilish; 
6)  turli  shaharlar  orasidagi  masofalarni  aniqlash  uchun  geodezik  o’lchashlarni 
bajarish; 
7) turli vaqt o’lchash asboblarini yasash; 
8)  erning  ma'mur  qismi  haqida  aniq  tasavvurga  ega  bo’lish  uchun  xaritalar 
tuzish; 
9) xaritalar tuzish uchun riyoziyotga taalluqli ko’rinish holatlarini bilish; 
10)  falakiyotshunoslik,  jo’g’rofiya  va  geodeziyaga  taalluqli  hisoblarni  bajarish 
uchun yuksak aniqlikdagi riyoziy hisoblash usullarini bilish; 
11) 
yoritqichlarni  kuzatish  ob-havo  bilan  bog’liq  bo’lganligi  uchun 
meteorologiya va geofizikadan malumotga ega bo’lish; 
12)  masjid,  madrasa  va  rasadxonalar  barpo  etish  uchun  me'morlik  san'ati  va 
an'analaridan xabardor bolish. 
Yuqorida  ko’rsatilgan  va  bu  ro’yxatga  kirmagan  boshqa  ko’plab  masalalar 
shunchalik  chambarchas  bog’lanib  ketganki,  ularni  hal  qilish  uchun  olim  va 
hunarmandlarning  katta  jamoa  va  guruhlari  kerak  edi.  Ana  shuning  uchun 
Ulug’bek o’z atrofiga turli ilra va hunar namoyandalarini to’plagan. 
Keltirilgan  masalalar  ro’yxatidan  ko’rinib  turibdiki,  ularning  ko’pi 
falakiyotshunoslikka aloqador. Islomdagi eng avvalgi yulduzlar haqidagi asarlar «Zij» 
deb atalib, ular asosanjadvallardan iborat bo’lgan. 
 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish