Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o


Havaskorlik sport gimnastika harakati



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

Havaskorlik sport gimnastika harakati.   Maktablar hamda o’quv yurtlaridagi 

jismoniy tarbiya va sport bilan bir qatorda havaskorlik sport-gimnastika harakati ham 

birmuncha taraqqiy eta boshladi. Ularning bir necha rivojlanishi yo’nalishlari bo’yicha 

davom etdi. Ko’pgina mamlakatlarda milliy jihatdan tashkil qilinadigan sport harakati 

yo’q hisobi. Shu sababdan sport tashkilotlari yo’nalish va mavjud faoliyatlarga qarab 

turlarga ajratilgan. 

Ishchilar sporti.  Bir qator   mamlakatlar urush davrigacha mavjud bo’lgan  sport 

tashkilotlariga egadir. Bunga Fransuz sport-gimnastika ishchilar federasiyasi (FSJT), Fin 

ishchilari sport uyushmasi (TUL), Italiya xalq sporti uyushmasi (UISP), Avstriya 

jismoniy tarbiya va sport ishchilar uyushmasi (ASKB) misol bo’lishi mumkin. 

1946 yilda Xalqaro ishchilar sport qo’mitasi (KSIT) tashkil topib, u Lyusern sport 

internasionalining davomchisi sifatida faoliyat ko’satdi. Ishchilar sport harakatini 

birlashtirish va unga rahnamolik qilish ko’zda tutildi. Bu tashkilot davlat va jamoat 

tashkilotlaridan moddiy yordam ololmaganligi uchun qiyin sharoitlarni boshidan 

kechirishga to’g’ri keldi. Ishchilar sport uyushmalari asosan kasaba uyushma tashkilotlari 

va sport klublari bilan  yaqin aloqa hamda hamkorlikda ish tutdi. 

Urushdan keyingi yillarda Olimpiya  o’yinlari yana davom  ettirildi. 1948,1952 

yillarda Olimpiya o’yinlarida AQSh g’olib chiqdi va keyingi o’yinlarda esa ikkinchi 




 

34 


o’ringa tushib ketdi, ya’ni Melburn (1956), Rim (1960), Myunxen (1972), Barselona 

(1992) Olimpiadalarida ikkinchi o’rinni egallaganlar. Uchinchi o’rinlarni esa 1976 yilgi 

qishki (Insburg) va yozgi (Monreal), 1988 yilda Seulda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida 

oldilar. Amerika sportchilari ko’proq yengil atletika, suzish, o’q otish, basketbol, boks, 

figurali uchish kabi turlarda doimo ustun bo’lib kelmoqda. 

AQShda futbol, boks, basketbol, xokkey, ketch, beysbol kabi turlar bo’yicha 

professionallik keng rivoj topgan. 

AQShda ma’lum doiradagi mutaxassislar orasida sportchilarda qo’llaniladigan 

doping va boshqa man etilgan vositalardan foydalanishga qarshi harakatlar ham kuchayib 

bormoqda. 2001 yil 11-sentyabrda terrorchilar tomonidan Nyu-Yorkdagi Xalqaro savdo 

markazi va uning atrofidagi ko’p qavatli binolar samolyot bilan urib xonavayron 

qilingach, xalqaro tahdid soluvchi yovuz kuchlarga, ularning giyohvandlik faoliyatlariga 

qarshi AQShda jiddiy tadbirlar olib borilmoqda. Bu, o’z navbatida, faqat Amerika 

mintaqasidagina emas, balki butun jahondagi xalqlarning tinch-osoyishta yashashlari 

hamda sportchilarning musobaqalarini betashvish o’tkazishlariga kafolat sifatida xizmat 

qilmoqda. 

Olimpiya sporti urushdan keyingi G’arb mamlakatlarida keng miqyosda rivojlanib 

ketdi. Bunga, asosan, bu mamlakatlarda  ikki yozgi va qishki Olimpiya o’yinlarining 

o’tkazilishi sabab bo’ldi. Shu asosda gimnastika, dzyu-do hamda qishki sport turlari 

Yaponiyada; konkida uchish va chang’i  sport turlari, xokkey Kanada, Skandinaviya 

mamlakatlari va Finlyandiyada; konkida figurali uchish, tog’ chang’i sporti Fransiya, 

GFR va Avstraliyada; futbol-Braziliya, Angliya, GFR, Gollandiya, Italiya, Argentina va 

boshqa mamlakatlarda rivoj topdi. 

Umuman olganda, jahonda jismoniy tarbiya va sport rivoji bir xilda bo’lmadi. 

G’arbda sport bilan  shug’ullanuvchilarning ijtimoiy guruhlari ko’p qirralidir. 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish