mamlakatlarida ham jismoniy tarbiya va sport jamiyat taraqqiyoti xizmatida bo’ldi. Bu
mamlakatdagi maktablarda jismoniy tarbiya tizimi davlat tomonidan, ya’ni sport
vazirligi, maorif va harbiy vazirliklar rahbarligida boshqarilgan. Boshlang’ich va o’rta
maktablarda jismoniy tarbiya majburiy dars sifatida o’qitildi. Darslar haftada 2 soatdan 4
soatgacha o’tkazilar edi. Bunda asosan sport-o’yini usullari qo’llanilardi. Shvesiya va
Norvegiya maktablarida gimnastika mashg’ulotlariga umumiy darslarning 50% ajratildi.
Ba’zi bir mamlakatlarda haftaning bir kuni o’yin va sayohatlar uchun ajratib berilgan.
(biror sport turi) keng qo’llanilgan. Shvesiyada sport uyushmalari hamkorligida havaskor
guruhlar tashkil etilgan. Ular darsdan tashqari paytlarda o’quvchilar bilan chang’i,
konkida uchish sporti, suzish, yengil atletika, futbol, eshkak eshish va boshqa sport turlar
bo’yicha turli tadbirlar olib borilgan. Maktab sporti uyushmalari (Skone) Skandinaviya
mamlakatlari va Finlyandiya maktablarining o’quvchi-sportchilarini o’ziga birlashtirardi.
Bu o’quvchi-sportchilar yoshi, jinsi va musobaqa talablari asosida turli darajalarga
(toifa) ajratilagn. Mazkur mamlakatlarda ba’zi bir sport turlari bo’yicha nishonlar
33
(znachok) keng tarqalib, ular yoshlarning qiziqishi va e’tiborini jalb etgan.
Bu esa sport
mahoratlari yanada ko’tarilishi uchun turtki bo’lib hisoblandi. Barcha sport turlari
bo’yicha talab me’yorlarini bajarishga qiziquvchi o’quvchilar soni doimiy ravishda o’sib
bordi.
Yaponiyadagi maktab va o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya o’ziga xos
xususiyatlarga ega edi. Xalqaro sport turlari bilan bir qatorda an’anaviy milliy jismoniy
mashqlar ham keng miqyosda qo’llanildi. Saqlab kelinayotgan milliy sport turlari
an’anaviy tadbirlar sifatida yoshlarni samuraylar ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Bunday
turlar katta qilich (yoki uzun tayoq) bilan qilichbozlik, sumo kurashi, dzyu-do, karate,
kamondan o’q otish va suzish kabilardan iborat edi. Murakkab malakalarni tarbiyalashda
qo’lda qurol bilan suvda suzish, og’ir narsalarni ko’tarish, sayoz va suvli joylarga
balanddan sakrash, suv to’siqlarini egallash va boshqalardan foydalanildi. Institut va
universitetlarda jismoniy tarbiya kafedralari, sport klublari faoliyat ko’rsatdi. Bu
mamlakatda ham sport bilan shug’ullanuvchi talabalar uncha ko’p emas edi. «Akademik
sport» faqat sport yulduzlari, yaxshi ta’minlangan oilalarning bolalarigagina xizmat
qilardi.
Avstraliyadagi maktablarning jismoniy tarbiya tizimi qiziqarli hisoblanadi. Bu
mamlakatda jismoniy tarbiya maktabgacha tarbiya muassasalarida boshlanib, keyin
boshlang’ich va o’rta maktablarda davom ettirilgan. Hukumat tomonidan bu sohaga
yordam juda kam berilgan. Amerikadagi kabi bu yerda ham xususiy o’quv yurtlarida
jismoniy tarbiyaga e’tibor kuchli edi. Ko’pgina xususiy maktablar diniy tashkilotlarga
mansub bo’lgan. Xususiy maktab-inetrnatlar yuqori saviyada o’quv, sport va
sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilish bilan ajralib turardi. Ularda qat’iy tartib
o’rnatilgan, ya’ni har kuni cho’milish yoki dush, kunduzi bir yarim soatlik sport o’yinlari
va suzish shart. O’qish uchun mablag’lar bahosi yuqori darajada bo’lgan. Davlat va
xususiy o’quv yurtlaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayonlar bir xil bo’lmaganligi tufayli
o’quvchilar har xil bilimlarga va jismoniy tayyorgarlikka ega bo’ladi.
Ta’kidlash lozimki, o’quv jarayonidagi bunday shakllarning mavjudligi davlat va
jamoat o’rtasiga turli munosabatlarni yuzaga keltirib, demokratik tamoyillardan
uzoqlashib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: