Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy -iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish yo



Download 139 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi139 Kb.
#19510
TuriReferat
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

IJTIMOIY -IQTISODIYOT FAKULTETI

IJTIMOIY ISH YO’NALISHI
UMUMIY SOTSIOLOGIYA FANIDAN
REFERAT
MAVZU: JAHON SIVILIZASIYaSI VA TARAQQIYoTNING «O’ZBEK MODELI»

Bajardi: Axtamova D.

Tekshirdi: Bo’riev N .


Samarqand – 2012
MAVZU: JAHON SIVILIZASIYaSI VA TARAQQIYoTNING «O’ZBEK MODELI»

Reja:

Kirish.

  1. Ijtimoiy jarayonlarga sivilizasiyaviy yondashuv.

  2. Ijtimoiy taraqqiyotda «O’zbek modeli».

  3. O’zbekistonning sivilizasiya va taraqqiyotini belgilashda «O’zbek modeli».

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Insoniyat sivilizasiyasi tarixiy taraqqiyoti jarayonida inson, uning erki, huquqi, farovonligi, unga munosib turmush sharoitini yaratish, barkamol insonni tarbiyalash va adolatli jamiyat barpo qilish masalasi doimo o’z dolzarbligini saqlab kelgan. Ijtimoiy hayotda sivilizasiya taraqqiyotining hozirgi bosqichida globallashuv, demokratik tamoyillar ustuvorligi, jamiyat hayotining insonparvarlashuvi, postindustrial, axborotlashgan jamiyatga o’tish jarayonida bu masala yanada muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shuning uchun bugungi kunda O’zbekiston xalqaro ham jamiyatning tarkibiy qismi sifatida insoniyat sivilizasiyasiga integrasiyalashib borar ekan, bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida sivilizasiyaning mazmun-mohiyati, uning tarixiy bosqichlari, sivilizasiyaviy taraqqiyot qonuniyatlarining amal qilish xuksusiyatlari, sivilizasiyaning me’yorlari, asoslari, tamoyillari, o’zbek modelllarini rivojlanish motivlari masalalariga e’tibor kuchaymoqda.

Insoniyat XX asr oxiri XXI asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda bir qator yutuqlarni qo’lga kiritib, ilmiy-texnikaviy inqilob hayotning barcha sohalarida tub o’zgarishlarga sabab bo’ldi va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi. Ilmiy-texnikaviy inqilob va uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarga ta’siri jahon ijtimoiy hayotga insonparvarlik, demokratlashtirish va globallashuv singari yangi tamoyillarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Biz jahon hamjamiyati bilan keng ko’lamda integrasiyalashgan zamonaviy demokratik davlatni qurishdan iborat strategik vazifani hal qilar ekanmiz, jahon hamjamiyatining bugungi kunda serqirra bo’lib borayotganligini juda yaxshi tushunamiz, deb ta’kidlaydi Prezident I.A.Karimov, - XX asr oxirida dunyoda jo’g’rofiy-siyosiy ahamiyati va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlar betakror.
Ijtimoiy jarayonlarga sivilizasiyaviy yondashuv

O’zbekistonning jahon xamjamiyatiga integrasiyalashuvi jarayoni mana shunday yangi tarixiy sharoitda amalga oshib, o’z oldiga bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyati barpo qilishni maqsad qilib qo’ygan respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida sodir bo’layotgan jarayonlarni sosiologik, ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish, jamiyat taraqqiyotiga yordam beruvchi obyektiv va subyektiv omillarning dinamikasi, aloqadorligi, tadrijiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Shu bilan birgalikda jamiyat hayoti, ijtimoiy jarayonlarga siklli yondashuvning lokal, regional va global miqyoslarini tahlil qilish, O’zbekistonning sivilizasiyaviy rivojlanish yo’li dinamikasini o’rganish bizga bugungi kunda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini to’g’ri tushunish, ijtimoiy jarayonlar qonuniyatlarini tahlil qilish va shu asosda jamiyatni, ijtimoiy jarayonlarni ilmiy bilish va ilmiy boshqarish imkoniyatini yanada kuchaytirdi.

Ijtimoiy jarayonlarga sivilizasiyaviy yondashuv ijtimoiy fanlar oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo’lib, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat hayotidagi o’zgarishlar jamiyatning ma’naviy hayotiga, kishilar ong, tafakkuriga ta’sir ko’rsatib, jamiyatda yangi me’yorlar, yangi qadriyatlar paydo bo’lib, shakllanib, uzluksiz taraqqiyot jarayoni vorislik asosida ilgarilib, ijtimoiy hayot sivilizasiyaning yangi taraqqiyot bosqichiga o’tib, yangilanib boraveradi. Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida, turli falsafiy adabiyotlarda ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezonlari turlicha-ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, texnik va texnologik yutuqlar, tabiiy-geografik omil kabilardan iborat deb hisoblanib kelingan bo’lsa, bugungi kunda insoniyat sivilizasiyasining hozirgi bosqichida shaxs ma’naviyati va uning erkinlik darajasi ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning mezoni sifatida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Uzbek modeli sivilizasiyaviy yondashuvda har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida munosabatda bo’linadi. Sivilizasiyaviy yondashuv har bir milliy madaniyatning o’ziga xosligini, noyob va betakrorligini saqlagan holda ijtimoiy rivojlanishning tadrijiy yo’ldan borishini e’tirof etadi va jahon sivilizasiyasi yutuqlariga tayanadi. Uzbek modelisivilizasiyaviy yondashuvning mohiyati, xususiyatlari va mazmuni Prezident I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida …» va boshqa asarlarida o’z ifodasini topgan bo’lib, - Biz mustaqil huquqiy davlatni barpo etishning asosiy maqsad va vazifalarini belgilar ekanmiz, - deb ta’kidlaydi Prezident I.A.Karimov,-O’zbekistonning sivilizasiya va taraqqiyotning yuksak, yorqin cho’qqilariga erishishida madaniy va tarixiy merosning, xalqning insonparvarlik an’analarining yuksak marralarini egallagan, umuminsoniy qadriyatlar va me’yorlarga sodiq bo’lgan ozod va har tomonlama uyg’un kamol topgan shaxs asosiy tayanch bo’lishini qayta-qayta ta’kidlaganmiz. …Biz tanlab olgan yo’l o’zbek xalqining asriy an’analariga, odatlariga, madaniyati va tiliga, shuningdek, jahon sivilizasiyasi yutuqlariga asoslangan holda mazkur tuzilmalarni yangi mafkuraviy negizga o’tkazish, moslashtirishdan iborat edi.

Ijtimoiy fanlarda sivilizasiyalarning muayyan bosqichlari ajratib ko’rsatilib, bular sivilizasiyagacha bo’lgan arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamiyat, agrar hunarmandchilik sivilizasiyasi, industrial, sanoat sivilizasiyasi, hozirgi zamon postindustrial yoki informasion sivilizasiyalardan iboratdir. Ijtimoiy-siyosiy hayot shakliga ko’ra sivilizasiyalar an’anaviy, liberal va o’zaro oraliq turlarga bo’linib, ijtimoiy hodisalar, jamiyat hayotini sivilizasiyaviy tarzda tushuntirish jarayonida har bir xalq va davlat taraqqiyotining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlariga e’tibor qaratilib, ijtimoiy jarayonlar tahlil qilinadi.

Sivilizasiyalar o’z shakliga ko’ra Sharq va G’arb sivilizasiyalari, musulmon va xristian sivilizasiyalari, hududiy va jahon sivilizasiyalari kabilardan iborat bo’lib, O’zbekiston ham taalluqli bo’lgan Sharq sivilizasiyasi quyidagi muhim o’ziga xos xususiyatlarga egadir:

- Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni, sabr-toqatlilikni targ’ib etgan;

- odamlar orasida bag’rikenglik, birdamlik va hamjihatlik ruhi kuchli bo’lgan;

- milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan;

- kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga alohida e’tibor berilgan.

O’zbekiston Sharq sivilizasiyasi bag’riga rivojlanib, Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o’zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag’alparvarlik kabilar Sharq sivilizasiyasiga xos belgilardir.

O’zbekiston jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at, madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlari bilan munosib hissa qo’shdi. Milliy mustaqillik yillarida o’ziga xos taraqqiyot yo’liga ega O’zbekiston o’z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va boy madaniyatiga tayanib, G’arb va Sharqning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o’zlashtirib, dunyoviy sivilizasiya yo’lidan bormoqda.

Ijtimoiy hodisalarni tahlil qilishda, jamiyat hayotini sivilizasiyaviy tarzda tushuntirish jarayonida jamiyatning muayyan modelidan bevosita foydalaniladi. Ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishda jamiyat hayoti element, struktura, sistema tarzida bir butun ijtimoiy jarayon sifatida o’rganiladi va kelajak ssenariysi, ijtimoiy bashorat ham jamiyat hayotini modellashtiirish asosida bayon qilinadi. Jamiyat hayoti bir butun tizim sifatida tahlil qilinar ekan, jamiyat hayoti asosiy sohalariga ko’ra taraqqiyot modellari ham iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohalarini bevosita qamrab oladi. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy tuzilmalari muayyan model tarzida tashkillashtirilgan bo’lib, mavjudligi, tuzilishi, amal qilishi, keltirib chiqaradigan natijalariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida bo’lgan siyosiy birliklar, Uzbek modeli modellari o’ziga ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillar hamda shart-sharoitlarning ta’siri natijasida o’z harakatini tezlashtirish yoki sekinlashtirish imkoniyatiga ega bo’lib, ijtimoiy subyekt, muayyan ijtimoiy guruh, qatlamga taalluqli bo’lgan kishilarning muayyan maqsadga qaratilgan ehtiyoji, manfaati hamda maqsadi ijtimoiy taraqqiyot modelining harakatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Shu nuqtai - nazardan olib qaraganda, bugungi kunda O’zbekistonda barpo etilayotgan, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyati boy tarixiy merosga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, milliy mentalitetga tayanishi bilan taraqqiyotning o’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlarini o’zida ifodalaydi.

Bugungi kunda O’zbekiston jahon hamjamiyatiga integrasiyalashib borayotgan ekan, zamonaviy sivilizasiya yutuqlaridan foydalanish, Uzbek modeli asoslarini shakllantirib mustahkamlash, siyosiy, huquqiy tizimni yanada takomillashtirishda rivojlangan davlatlar Uzbek modeli modelidagi ijobiy jihatlardan, yutuqlardan bevosita foydalanib kelmoqda. Uzbek modelining o’ziga xosligi eng avvalo, birinchidan - jamiyatda hukmron bo’lgan diniy va dunyoqarashlik me’yorlarining jamiyat siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’siri bilan, ikkinchidan-ularning texnika-iqtisodiy taraqqiyot darajasining yuksakligi bilan va uchinchidan – iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning jadal taraqqiy etib borishi bilan belgilanadi. Bugungi kunda jahonda bir qancha Uzbek modeli modellari mavjud bo’lib, har bir davlat ijtimoiy taraqqiyotining umumiy jihatlari bilan birgalikda o’ziga xos , boshqalardan farq qiluvchi individual jihatlari ham mavjuddir. Uzbek modeli modellarining Markaziy Osiyo, Mustaqil davlatlar hamdo’sligi, Yevropa mamlakatlari, Old Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Amerika mamlakatlaridagi shakllari taraqqiyotining o’ziga xos jihatlariga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning Yaponiya, Janubiy Koreya, Gongkong, Tayvan, Singapur modellari, Amerika qit’asida Amerika Qo’shma Shtatlari va Kanada modellari ham bugungi kunda iqtisodiy taraqqiyot, inson huquqlari va fuqarolarning turmush darajasi masalasida ko’pgina yutuqlarni qo’lga kiritmoqda. Jamiyat modellarini Sharq va G’arb mamlakatlarining o’ziga xos jihatlari bilan bog’liq holatda o’rgansa, Sharqqa xos umumiy xususiyat-intuitivizm, diniy an’anaviylik, urf-odat va an’analarning jamiyat hayotida kuchli ta’sirga ega ekanligi, jamoaviylikning individualizmga nisbatan ustuvorligi, jamoaviylik an’analarining kuchliligi, davlatchilikning o’ziga xos an’anaviy turi mavjudligi bilan belgilanadi. G’arbga xos umumiy xususiyat bu-rasionalizm, xristian diniy an’anaviyligi, ma’rifatparvarlik, demokratiyaga intilish, jamoaviylikka nisbatan individualizmning ustuvorligi, ilmiy-texnika taraqqiyotining jadal sodir bo’lishi bilan farqlanadi.

Bugungi kunda O’zbekistonda Uzbek modelini barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan, dunyoviy, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor bo’lgan demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatni barpo etishda xalqning milliy mentaliteti, urf-odat va an’analari, hayot tarzi va dunyoqarashi, milliy ruhiyati masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek, - Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o’z qobig’imizga o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o’z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz1.

Yuqorida bildirilgan fikrlar O’zbekistonning sivilizasiyaviy taraqqiyot yo’li, uzbek modeli rivojlanishining strategik yo’nalishi, asosiy tamoyillarini o’zida ifodalaydi.



Ijtimoiy fanlarda insoniyatning rivojlanish tarixi makonning ikki o’lchovida: birinchidan, «vertikal», ya’ni ibtidoiy jamoa davridan hozirgi kungacha bo’lgan ming-ming yillik tarixiy voqyealarni vaqt o’lchovlari ketma-ketligi asosida o’rganilsa, ikkinchidan «gorizontal», ya’ni shu ming-ming yillar davomida jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida tarixiy makonni to’ldirib turgan, bir-birlariga yondosh bo’lib kelgan ko’pgina mavjud qabilalar, elatlar, xalqlar, millatlar, davlatlarning borligi, ularning tarixiy rivojlanish darajalari, tarixiy taraqqiyotdagi o’ziga xos jihatlari hamda ularning rivojlanish qonuniyatlari sivilizasiyaviy yondashuv asosida o’rganiladi. Tarixiy voqyea-hodisalarga «gorizontal» tarzdagi yondashuv jahon tarixiy taraqqiyotidagi o’zgarishlar-globallashuv, axborot-texnologik taraqqiyot, xalqaro munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarining kuchayishi, inson erki va huquqining eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi bilan bog’liq ravishda ishlab chiqilgan bo’lib, tarixiy taraqqiyotda yagona iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hudud bo’lib kelgan Markaziy Osiyodagi davlatlarning bir-biridan farq qiluvchi taraqqiyot yo’llari va modellari asosida rivojlanib borishi sivilizasiya masalasiga e’tiborning yanada kuchayishiga sabab bo’lmoqda. O’zbekistonning sivilizasiyaviy taraqqiyot yo’li falsafiy adabiyotlardagi ayrimlik-umumiylik birligi asosida davlatimizni jahon sivilizasiyasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida ko’rib o’tadi. Sivilizasiya so’zi lotin tilida fuqarolikka oid degan ma’noni bildirib, falsafiy adabiyotlarda sivilizasiya, 1) madaniyat so’zining sinonimi, 2) moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanish darajasi bosqichi, 3) varvarlikdan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida e’tirof etilgan. XYIII asr o’rtalaridan, insoniyat kapitalistik taraqqiyot bosqichiga o’tganidan so’ng sivilizasiya tushunchasi «fuqarolik jamiyati» tushunchasining ekvivalenti sifatida ham ishlatila boshlandi. «Sivilizasiya» tushunchasi alohida olingan bir xalq, hudud, jamiyat, davlat va hatto jahonga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan qo’llaniluvchi tushuncha bo’lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarga sivilizasiyaviy yondashuvda har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida yondashiladi. Sivilizasiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida turgan xalq va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi sifatiy o’ziga xosligi bo’lib, ba’zilar sivilizasiyaning asosini madaniyat, xalq hudud bilan bog’lasalar, boshqalar dinni asos qilib oladilar. Shu nuqtai-nazardan olib qaraganda, O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sivilizasiyalashgan taraqqiyotida dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o’ziga xos o’rin tutib, turli madaniyatlar o’zaro bir-biri bilan uyg’un tarzda bog’lanadi. Ijtimoiy taraqqiyotda sivilizasiya madaniy va ma’naviy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga kelib, u milliy madaniyat ravnaqi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.

Hozirgi zamon sivilizasiyasining muhim o’ziga xos xususiyati, bu jahon ijtimoiy hayotida insonparvarlik, demokratlashtirish va globallashuv singari yangi tamoyillarning yuzaga kelishi hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida namoyon bo’lishida ko’zga tashlanadi. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi jarayoni vujudga kelgan yangi tarixiy sharoitda amalga oshib, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyati barpo qilish jarayonida jamiyat hayotida sodir bo’layotgan jarayonlarni ijtimoiy – falsafiy tahlil qilish, jamiyat taraqqiyotiga yordam beruvchi obyektiv va subyektiv omillarning dinamikasi, aloqadorligi, tadrijiy taraqqiy etib borishi qonuniyatlarini o’rganish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri sifatida o’rganilmoqda. Jahon hamjamiyati va O’zbekistonning sivilizasiyaviy taraqqiyot yo’li dinamikasini tahlil qilish bizga bugungi kunda O’zyuyekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini to’g’ri tushunish, ijtimoiy jarayonlar qonuniyatlarini tahlil qilish va shu asosda jamiyatni, ijtimoiy jarayonlarni ilmiy bilish va ilmiy boshqarish imkoniyatini beradi.

XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida jahonda sodir bo’lgan jarayonlar insoniyat jamiyatining birligi va o’ziga xosligi masalalariga e’tiborni kuchaytirdi. Ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat hayotidagi o’zgarishlar jamiyatning ma’naviy hayotiga, kishilar ong, tafakkuriga ta’sir ko’rsatib, jamiyatda yangi me’yorlar, yangi qadriyatlar paydo bo’lib, shakllanib, uzluksiz taraqqiyot jarayoni vorislik asosida ilgarilab, ijtimoiy hayot sivilizasiyaning yangi taraqqiyot bosqichiga o’tib, yangilanib bormoqda. Bugungi kunda, insoniyat sivilizasiyasining hozirgi bosqichida shaxs ma’naviyati va uning erkinlik darajasiga ijtimoiy taraqqiyot mezoni sifatida katta e’tibor qaratilmoqda. Shaxs erki, huquqi va ma’naviyati insonparvar, adolatli jamiyat barpo qilishning muhim omilidir. sivilizasiyaviy yondashuv har bir milliy madaniyatning o’ziga xosligini, noyob va betakrorligini saqlagan holda ijtimoiy rivojlanishning tadrijiy yo’ldan borishini e’tirof etadi va jahon sivilizasiyasi yutuqlariga tayanadi. Uzbek modelisivilizasiyaviy yondashuvning mohiyati, xususiyatlari va mazmuni Prezident I. A. Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida…» va boshqa asarlarida o’z ifodasini topgan. Biz mustaqil huquqiy davlatni barpo etishning asosiy maqsad va vazifalarini belgilar ekanmiz, - deb ta’kidlaydi Prezident I.A.Karimov,- O’zbekistonning sivilizasiya va taraqqiyotning yuksak, yorqin cho’qqilariga erishishida madaniy va tarixiy merosning, xalqning insonparvarlik an’analarining yuksak marralarini egallagan, umuminsoniy qadriyatlar va me’yorlarga sodiq bo’lgan ozod va har tomonlama uyg’un kamol topgan shaxs asosiy tayanch bo’lishini qayta-qayta ta’kidlaganmiz…Biz tanlab olgan yo’l o’zbek xalqining asriy an’analariga, odatlariga, madaniyati va tiliga, shuningdek, jahon sivilizasiyasi yutuqlariga asoslangan holda mazkur tuzilmalarni yangi mafkuraviy negizga o’tkazish, moslashtirishdan iborat edi.

Ijtimoiy fanlarda sivilizasiyalarning muayyan bosqichlari ajratilib ko’rsatilib, bular sivilizasiyagacha bo’lgan arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamiyat, agrar hunarmandchilik sivilizasiyasi, industrial, sanoat sivilizasiyasi, hozirgi zamon postindustrial yoki informasion sivilizasiyalardan iboratdir.

Sivilizasiyalar o’z shakliga ko’ra Sharq va G’arb sivilizasiyalari, musulmon va xristian sivilizasiyalari, hududiy va jahon sivilizasiyasi kabilardan iborat bo’lib, O’zbekiston ham taalluqli bo’lgan Sharq sivilizasiyasi quyidagi muhim o’ziga xos xususiyatlarga egadir: - Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishini, sabr-toqatlilikni targ’ib etgan; - odamlar orasida bag’rikenglik, birdamlik va hamjihatlik ruhi kuchli bo’lgan; - milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan; - kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga alohida e’tibor berilgan. O’zbekiston Sharq sivilizasiyasi bag’rida rivojlanib, Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o’zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag’alparvarlik kabilar Sharq sivilizasiyasiga xos belgilardir.

O’zbekiston jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at, madaniyat, sohasidagi ulkan yutuqlari bilan munosib hissa qo’shdi. Milliy mustaqillik yillarida o’ziga xos taraqqiyot yo’liga ega O’zbekiston o’z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va boy madaniyatiga tayanib, G’arb va

Sharqning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o’zlashtirib, dunyoviy sivilizasiya yo’lidan bormoqda.

Bugungi kunda O’zbekiston jahon hamjamiyatiga integrasiyalashib borayotgan ekan, zamonaviy sivilizasiya yutuqlaridan foydalanish, uzbek modeli asoslarini shakllantirib mustahkamlash, siyosiy, huquqiy tizimni yanada takomillashtirishda rivojlangan davlatlar Uzbek modeli modelidagi ijobiy jihatlardan, yutuqlardan bevosita foydalanib kelmoqda. Uzbek modeli modellarining o’ziga xosligi eng avvalo, birinchidan – jamiyatda hukmron bo’lgan diniy va dunyoqarashlik me’yorlarining jamiyat siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’siri bilan, ikkinchidan, ularning texnika – iqtisodiy taraqqiyot darajasining yuksakligi bilan va uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning jadal taraqqiy etib borishi bilan belgilanadi. Bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyotning bir qator modellari iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasida bir qator o’zgarishlarni amalga oshirib, jamiyat hayotini takomillashtirish va aholi turmush darajasini oshirishda bir qator yutuqlarni qo’lga kiritib kelmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Sinagpur modellari Sharq sivilizasiyasi asosida taraqqiy etib, yuksak natijalarga erishgan bo’lsa, Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Yevropa davlatlari, Rossiya Federasiyasi taraqqiyotning G’arb modeli asosida sivilizasiyaviy rivojlanish yo’lidan borib, iqtisodiy taraqqiyot, inson huquqlari va fuqarolarning turmush darajasi masalasida ko’pgina yutuqlarni qo’lga kiritmoqdalar. Shu bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni Sharq va G’arb sivilizasiyasi yoki taraqqiyot modellariga bo’lish nisbiy bo’lib, G’arb modeliga xos bo’lgan iqtisodiy taraqqiyot Sharq davlatlariga xos bo’lgan urf-odat, an’ana hamda ma’naviyat bilan uyg’un tarzda yuksak iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy - ma’rifiy yuksalishga olib kelmoqda. Hozirgi zamondagi globallashuv, integrasiyaviy jarayonlarning kuchayishi, jamiyatdagi milliy munosabatlarda polietnik jarayonlarning yanada chuqurlashuvi, turli madaniyatlarning o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatishini, jamiyatni yangi madaniy taraqqiyot va sivilizasiya bosqichiga ko’tarilishi uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Insoniyat sivilizasiyasi qulay tabiiy sharoitlar mavjud bo’lgan hududlarda lokal etnomadaniy birliklar hamda yutuqlar asosida tadrijiy taraqqiy etib borgan bo’lsa, yozuvning paydo bo’lishi, moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlarining o’zaro ayirboshlanishi hamda yuksalishi yagona insoniyat sivilizasiyasi tarixiy taraqqiyotining asosiy me’yorlari hamda tamoyillarini belgilab berdi. Hozirgi zamon sivilizasiyasiga xos bo’lgan asosiy belgilar bu - globallashuv, integrasiya jarayo nlarining kuchayishi, fan-texnika taraqqiyotining yuksak darajaga ko’tarilishi, insonparvarlikning ijtimoiy taraqqiyotning yetakchi tamoyiliga aylanishi, inson erki, huquqining eng oliy qadriyat sifatida, e’tirof etilishidan iboratdir. Sivilizasiyaning axborotlashgan bosqichida axborot olish va tarqatish imkoniyatlari nihoyatda tezlashadi, g’oyaviy va mafkuraviy targ’ib-tashviq qilish imkoniyatlari yanada kengayadi. Jahon geopolitik maqsadlarni ko’zlagan holatda muayyan mafkuraviy poligonlar ta’sir doirasiga ko’ra taqsimlanib, mafkuraviy tahdidlarning milliy ma’naviyatga ta’siri fuqarolar mafkuraviy immunitetini kuchaytirishni zaruriy tarzda kun tartibiga qo’yadi. Shuning uchun ham Prezident I.A.Karimov tomonidan ta’kidlab o’tilgan «G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat» tamoyilining bugungi kundagi ahamiyati yanada oshib bormoqda.

Hozirgi zamon sivilizasiyasi taraqqiyotining umumiy jihatlari bilan birgalikda o’ziga xos jihatlari ham mavjud bo’lib, Sharq sivilizasiyasiga xos umumiy xususiyat-intuitivizm, diniy an’anaviylik, urf-odat va an’analarning jamiyat hayotida kuchli ta’sirga ega ekanligi, jamoaviylikning individualizmga nisbatan ustuvorligi, jamoaviylik an’analarining kuchliligi, davlatchilikning o’ziga xos an’anaviy turi mavjudligi bilan belgilanadi. Jamiyat taraqqiyotidagi G’arb sivilizasiyasiga xos umumiy xususiyat bu – rasionalizm, xristian diniy an’anaviyligi, ma’rifatparvarlik, demokratiyaviy tamoyillar ustuvorligi, jamoaviylikka nisbatan individualizmning yuksak mavqyega ega ekanligi, shaxs erki, huquqining oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi hamda ilmiy - texnika taraqqiyotining jadal amalga oshishi bilan ajralib turadi.

Bugungi kunda O’zbekistonda Uzbek modelini barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi masalasiga, xalqning milliy mentaliteti, urf-odat va an’analari, hayot tarzi va dunyoqarashi, milliy ruhiyati masalalariga katta e’tibor qaratilib, dunyoviy, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor bo’lgan demokratik, huquqiy fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda.

Jahon taraqqiyoti va O’zbekiston tarixiy rivojlanishidagi jarayonlarga sivilizasiyaviy yondashuv insoniyat tarixini an’anaviy o’tmish, bugungi kun va kelajakka bo’lib o’rganuvchi aqidaviy dogmatik yondashuvlardan voz kechib, insoniyat tarixini davriy tarzda, o’z mavjudligi markazini doimiy o’zgartirib turuvchi, bir tekis to’lqinsimon rivojlanib, siklli ravishda o’z taraqqiyotini tezlashtirib boruvchi lokal sivilizasiyalar tarixidan iborat deb hisoblaydi. Lokal sivilizasiyalar o’rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, madaniy aloqalar regional va global sivilizasiyaviy jarayonlarning vujudga kelishiga sabab bo’lib, tarixiy jarayonlarni sivilizasiya doirasida sikllar dinamikasi asosida tahlil qilish tarixiy taraqqiyot jarayonini modellashtirishga va jamiyat hayotini turli uzunlikdagi supersikllar sifatida tahlil qilish imkoniyatini beradi.



O’zbekiston hududida qadimgi sivilizasiya vujudga kelishi va shakllanishi jarayoni eng avvalo uning qulay tabiiy shart-sharoitlari va imkoniyatlari natijasida serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolarning mavjudligi, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati, shaharlarning vujudga kelishi, hunarmandchilik va savdo - sotiqning rivojlanishi hamda Sharq sivilizasiyasining boshqa markazlari bilan Buyuk Ipak yo’li orqali iqtisodiy va madaniy aloqalarning o’rnatilishi bilan belgilanadi. Buyuk Ipak yo’li orqali Sharq va G’arbni o’zaro bog’lagan hozirgi O’zbekiston hududi bu yo’lning Sharqdan G’arbga, Shimoldan Janubga o’tgan tarmoqlari o’zaro kesishgan nuqtasida joylashganligi uchun bu yerda Sharqning an’anaviy qadriyatlari bilan birga G’arbning o’ziga xos madaniyati qadriyatlari o’zaro bir-biriga ta’sir etib, bir-birini boyitib, O’zbekistonning qadimgi davrdagi sivilizasiyaviy o’ziga xosligini belgilab bergan edi. Axmoniylar, yunon-makedonlar, salavkiylar, Yunon-Baqtriya davlatlari Sharq sivilizasiyasining qadimgi markazlari Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatlarini o’zaro bir-biriga bog’lanishiga sababchi bo’lgan bo’lsalar, ellin madaniyati bilan birgalikda bu hududga antik davr g’arb qadriyatlari kirib kelib mahalliy xalq an’analari, moddiy va ma’naviy madaniyati yutuqlari bilan o’zaro omuxtalashdi. Mahalliy xalq turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyati, davlatchiligi, xo’jalik yuritish an’ana va udumlarini o’zida ifodalagan Xorazm, Qang’, Dovon kabi davlatlarning mavjudligi, ularning xo’jaligi, davlatchiligi, siyosati, madaniyatidagi o’ziga xos jihatlar va umumiylik O’zbekistonning sivilizasiyaviy taraqqiyot yo’lining o’ziga xosligini o’zida ifodalaydi. Sivilizasiya taraqqiyotida siyosiy davlatchilik rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari er.av. 1 ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm davlatlarining tashkil topishiga, ma’naviy madaniyatda diniy tolerantlik an’analarining vujudga kelib mustahkamlanishiga olib keldi. Kushonlar davrida boshqa davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar kuchayib, Xorazm, Qang’, Dovon, Baqtriyada madaniyatning yuksalishi sivilizasiya taraqqiyotining o’ziga xosligini belgiladi. Arab xalifaligi insoniyat sivilizasiyasi qadimgi markazlari yutuqlarini o’zaro bir-biriga ta’sirini kuchaytirib, O’rta asrlar Markaziy Osiyo sivilizasiyasi taraqqiyoti yo’nalishini belgilab berdi. Insoniyat sivilizasiyasi qadimgi markazlaridagi moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlari o’zaro bir-birini boyitib, yangi taraqqiyot darajasida yuksalishi uchun imkoniyat yaratdi hamda Sharq uyg’onish davrining 1 va 2 bosqichlari Vatanimiz xalqlari madaniyatini insoniyat sivilizasiyasi taraxiy taraqqiyotining eng yuqori bosqichlaridan biri darajasiga olib chiqdi. Uyg’onish davrining 1 va 2 bosqichlari esa Vatanimiz va xalqimiz tarixidagi o’ziga xos uzoq davrli siklni tashkil etib, jamiyatning ko’pgina sohalari, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot, ilm-fan, madaniyat va boshqa ko’pgina sohalarda siklli taraqqiyotni ta’minlagan vorislik jarayonlari sodir bo’ldi.

Bugungi kunda Markaziy Osi yo madaniyati degan tushunchani ko’rib o’tadigan bo’lsak, tarixiylik nuqtai-nazari bo’yicha u bir-biridan farq qiladigan turli-tuman submadaniyatlar birligidan iborat bo’lib, bularga qadimgi Baqtriya, So’g’d, Xorazm, Farg’ona, Ustrushona, Qang’uy, Marg’iyona davlatlari madaniyatlari, dasht-ko’chmanchi sak-massaget madaniyatlari, Pomir va Tangritog’ qabilalari madaniyatlari kabi o’ziga xos madaniyatlar kiritilgan. Markaziy Osiyo va uning muhim tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekiston Sharq va G’arbni bir-biri bilan bog’lovchi ko’prik vazifasini bajarib, bu hudud orqali buddizm butun dunyoga yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko’rinishlari o’tdi. Sharqdan G’arbga va G’arbdan Sharqqa madaniy boyliklar, ilmiy bilimlar, diniy g’oyalar, kashfiyotlar, badiiy asarlar yetkazib berildi. Bu jarayonlar madaniy qadriyatlarning yangilanishi, o’zlashtirilishi bilan bog’liq holda sodir bo’ldi. Arab xalifaligi ta’sirida bo’lmagan O’g’uzlar va Qorluqlar davlati keyinchalik jahon va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa, xalifalikning parchalanishi natijasida toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar –anushteginiylar davlatlarining vujudga kelib taraqqiy etishi xalqimiz tarixiy taraqqiyotida muayyan siklli davriy takrorlanishlarni o’zida ifodalaydi. Xalqimiz, davlatchiligimiz, milliy madaniyatimiz tarixiy taraqqiyotida tarixiy vorislik qonuniyati amal qilib, oldingi davrda yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat, davlatchilik an’analari, milliy mentalitetning o’ziga xosligini ifodalovchi urf-odat va marosimlar, jamiyat mafkurasini o’zida ifodalovchi diniy e’tiqod va dunyoviy bilimlar tarixiy vorislik qonuniga asosan siklli davriy takrorlanishlar asosida yangi tarixiy taraqqiyot bosqichiga ko’tariladi. Siklli tarixiy taraqqiyotda jamiyatning oldinga qarab rivojlanishi bilan birgalikda tushkunlik holatlari ham sodir bo’lib, tariximizda ko’chmanchi chorvador qabilalar qoraxitoylar va mo’g’ullar istilosi davridagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi tushkunlik holatlari bunga misol bo’la oladi. Siklli davriy takrorlanishda tushkunlikdan so’ng taraqqiyot sodir bo’lib, buyuk Amir Temur davlatining vujudga kelishi, moddiy va ma’naviy madaniyat taraqqiyotining yuksak darajaga ko’tarilishi, milliy, diniy va madaniy tolerantlik an’analarining kuchayishi bu davrga xos xususiyatdir. Tarixiy vorislik qonuniyati amal qilishining muhim xususiyati shundan iboratki, jamiyat hayotidagi ijobiy va salbiy jarayonlar bu qonuniyatga ko’ra keyingi bosqichga o’tib, Uzbek modeliyoki ijobiy, yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Siklli davriy takrorlanishlar bilan birgalikda, shu asosda insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotining yo’nalishi doimiy tarzda ilgarilab boradi. Salbiy vorislik bir butun ijtimoiy tizim bo’lgan jamiyatning ichki hayotida turg’unlik, tanazzul holatlari vujudga kelishiga sababchi bo’lsa, ijobiy vorislik jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichi, madaniyatning yangi darajasi, sivilizasiyaning siklli davriy tarzda yuqori pog’onasiga ko’tarilishi jarayonini o’zida ifodalaydi. Davlatchiligimiz tarixiy taraqqiyotidagi Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Xonliklar, Oq imperiya va Qizil imperiya mustamlakachiligi siklli taraqqiyotda siyosiy jihatdan Uzbek modelining asta-sekin parchalanishiga olib kelgan bo’lsa, iqtisodiy jihatdan jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuv jarayonining aste-sekin kuchayishiga, jahon iqtisodiy munosabatlariga tortilishiga olib keldi.

Xulosa

Xalqimizning tarixiy taraqqiyoti, sulolalar almashuvi, siyosat, huquq, davlatchilik, urf-odat, an’ana, udumlar, moddiy va ma’naviy madaniyat sohasida muayyan siklli davriylik mavjud bo’lib, bugungi kunda, O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida biz boy tarixiy merosimiz, moddiy va ma’naviy madaniyatimiz, urf-odat, an’ana, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga tayangan holatda milliy davlatchiligimizni yangi tarixiy bosqichda va yangi sifat darajasida barpo etmoqdamiz. Tarixiy taraqqiyotimizning barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan moddiy va ma’naviy merosimizning ijobiy, ijtimoiy taraqqiyotimizga yordam beruvchi jihatlaridan yangi jamiyatni barpo etishda bevosita ijodiy tarzda foydalanishga harakat qilmoqdamiz.



O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng zamonaviy, insonparvar, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan, erkin demokratik, huquqiy fuqarolik jamiyati qurishning o’ziga xos yo’li, «o’zbek modeli» deb ataluvchi ijtimoiy rivojlanish yo’lini tanlab jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilishni amalga oshira boshladi. Taraqqiyotning o’zbek modeli nafaqat iqtisodiy rivojlanishni, balki Uzbek modeli asoslarini qayta tiklashni, milliy qadriyatlar, xalqning milliy g’urur va iftixorini yuksaltirib, jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarishni talab qiladi. O’zbekistonning sivilizasiyaviy taraqqiyot yo’li ijtimoiy taraqqiyotning «O’zbek modeli»ga, u esa o’z navbatida ijtimoiy jarayonlarga siklli yondashuvga bevosita tayanadi. O’zbekistonning milliy istiqlol mafkurasida ham eng avvalo xalqimizning boy tarixiy moddiy va ma’naviy merosini qayta tiklash, xalqning milliy o’zligini anglashni kuchaytirish, mamlakatimiz fuqarolarida milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Uzbek modeli an’analariga tayangan holatda dunyodagi rivojlangan davlatlar ilg’or yutuqlariga asoslanib, zamonaviy fuqarolik jamiyatini barpo etish asosiy maqsad qilib qo’yilgandir.

ADABIYoTLAR


  1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.- Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. 6 - jild.T., O’zbekiston, 1998 yil 158-159 betlar.

  2. Karimov I.A.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T. 1999 y.

  3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2011 y.

  4. Karimov I.A. O’bzekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent. 2011 y.

  5. Falsafa asoslari. T., O’zbekiston. 2005 yil 304 bet.

  6. Yakoves Yu.V. Istoriya sivilizasiy. M., «Gumanitarnыy izdatelskiy sentr VLADOS»1997 g. S. 4-7.



1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., Маънавият, 2008 йил. 114 –бет.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish