13
1.1.
FANGA KIRISh, UNING DOLZARBLIGI, MAKSAD VA VAZIFALARI,
UNI UZLAShTIRIShGA KUYILADIGAN TALABLAR.
1.1.1. Kirish (Fanning o`rni va axamiyati, rivojlanish taraqqiyoti, nazariy va metodologik
asosi va o`rganiladigan muammolari bayon etiladi)
Ushbu dastur universitet mexanika–matematika fakulteti matematika ta’lim yo’nalishi
talabalari uchun mo’jallangan.
Matematika va informatika o’qitish uslubiyati keng tarmoqli fan bo’lib, u pedagogika,
psixologiya va didaktika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda muhim g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi.
Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika sohalarida mavjud bo’lgan va ta’lim jarayonida
o’quvchtilarni intellektual qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,ko’niukma va
malakalarni shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va o’qitishga
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini o’rganishga xizmat qiluvchi
qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va
«Ta’lim to’g’risidagi Qonun» talablaridan kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlashni har tomonlama takomillashtirishni talab etmoqda.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimini ikki bosqichli
tizimga,ya’ni to’qqiz yillik umumta’lim, hunar-kollejlari va akademik liseylarida o’qish tizimiga
o’tkazish amalga oshirilmoqda.
Hunar-kasb kollejlari yoshlarning ko’prok qismini kasb mehnatiga, ishlab chiqarish,
ta’limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini amalga oshirishi zarur. akademik
liseylar esa yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda
intellektual faoliyatga qiziqishga qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy o’quv yurtlariga kirish va
ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishni maqsad kilib qo’yganlarini tarbiyalab yetishtirishi lozim.
Bunday sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika bo’yicha o’quv-tarbiya
jarayonini tashkil eta oladigan matematika o’qituvchilariga katta ehtiyoj tug’ilmoqda, ular turli
o’quv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qita oladigan o’qituvchilar ham
bo’lishi zarur. Bunda asosiy o’ringa o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish»,
«Matematik iqtidorlik» kabi dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning
mexanika-matematik fakultetlarida yuqori malakali matematik o’qituvchilari tayyorlashga imkon
beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish zamon talabi
va juda ham zarur hisoblanadi.
Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika o’qitish
qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan o’quv jarayonida qo’llanish usullarini o’rgatish, ularda
kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan pedagogik faoliyatda foydalana olish ko’nikma
va malakalarni shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Matematika va informatika o’qitish uslubiyatini o’rganish jarayonida pedagogika,
psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar kabi
matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: