Biologik ifloslanish. Kimyoviy ifloslanish
Changlarning organizmga ta‘sirining ko‘p xil ko‘rinishda bo‘lishini ularning
kimyoviy tarkibini belgilaydi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas
organlarining zararlanishi bronxit, pnevmonikoz, yoki umumiy zararlanish
(allergiya) rivojlanishi vujudga keltirishi mumkin. Ba‘zi bir changlar qo‘shimcha
kasalliklar to‘g‘dirish xususiyatiga ega. Changning bu ta‘siri yuqori nafas yo‘llari,
ko‘zning shillik qavati, teri qoplami kasalliklarida ko‘zga tashlanadi. Changning
o‘pka yo‘liga kirishi pnevmaniya, sil, o‘pka rakining kelib chiqishiga sharoit
yaratishi mumkin.
Kremniy (II) oksidi, silikat I (kremniy kislotasi tuzlari), ko‘mir, ba‘zi bir
metall (alyuminiy va boshqalar) changlari hamda har xil changlar aralashmasi,
mineral-metallar changlarining aralashmasi pnevmonikoz rivojlanishida kimyoviy
tarkibiga ko‘ra havfli bo‘ladi. Bu changlar amalda erimaydigan bo‘lib, nafas
olganda nafas tizimining chuqur bo‘limlarida to‘tilib qoladi va kasallikni yuzaga
keltiradi, o‘pkada biriktiruvchi to‘qimalarning rivojlanishiga olib keladi. Shu nuqtai
78
nazardan erkin kristall kremniy (II) oksidi, ya‘ni kvars changi va uning boshqa
turlari eng havfli chang hisoblanadi. Qo‘shimcha kasallik tug‘diruvchi changlarning
xavfliligi ularning eruvchanligi bilan to‘g‘ri proporsional bo‘la olmaydi. M:
kvarsga qaraganda amorf kremniyning eruvchanligi yuqori, lekin kvarsning
qo‘shimcha kasallik to‘g‘diruvchi havfi katta.
Eriydigan changlar nafas yo‘llarida to‘tilib so‘riladi va ancha o‘tadi,
organizmga ko‘rsatadigan keyingi ta‘siri ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. M:
qand changi zararsiz, qo‘rg‘oshin, mis va boshqa metallarning changi zaharlovchi
ta‘sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida kuchli ta‘sir qiluvchi zaharli moddalar
bo‘lgan 89 ob‘ekt bor bo‘lib 6 ta kimyoviy havfli shaharlar Samarqand, Chirchiq,
Farg‘ona, Navoiy, Angren, Olmoliqlarda mavjud.
Bu shaharlarda quyidagicha miqdorda zaharli moddalar: Chirchiqda-1050
tonna ammiak, Olmaliqda-2500 tonna ammiak va yana shuncha xlor, Angrenda-14
tonna xlor, Fargonada-700 tonna ammiak, Samarqandda-1000 tonna ammiak va
Navoiyda-137 tonna xlor, 2000 tonna natriy kislotasi, 96 tonna fosgen va bulardan
tashqari ammiak va sinil kislotalar bor. Ammiak-o‘tkir hidli rangsiz gaz
hisoblanadi. 33-35
0
S haroratda rangsiz suyuqlikka aylanadi. Suvda yaxshi eriydi.
Suyultirilgan holatda suvda kamroq eriydi. Ammiakning havo bilan aralashmasi
portlash xususiyatiga ega. Saqlanayotgan idishlar qizdirilganda ham portlaydi.
Odam uchun xavfli hisoblanadi. Havo tarkibida yo‘l quyiladigan zichlik miqdori
0,02 mg/l 30 min. davomida odam organizmida 7 mg/l miqdori yig‘ilsa, bu
halokatning miqdori hisoblanadi.
Xlor - ko‘kish-sarg‘ish rangga, keskin bug‘uvchi hidga ega bo‘lgan va
havodan 2,5 marta og‘ir gaz hisoblanadi. 6-7 atmosfera bosimida suyuladi. 1 kg
suyuq xlor bo‘g‘lanib 316 litr gazga aylanadi. Suvda yaxshi eriydi. Zaharlash ta‘siri
ammiaknikiga o‘xshash. Havoda xlorning yo‘l qo‘yiladigan zichlik miqdori 0,001
mg/l. Odam organizmida 0,1-0,2 mg/l yig‘ilishi o‘limga olib keladi.
Nitrat kislotasi - rangsiz, yoqimsiz xidli gaz. Suvda eriydi. Bug‘lari havodan
og‘ir bo‘lganligi uchun pastkam joylarda tuplanadi. Yengil alangalanuvchi gaz
hisoblanadi. Odam uchun havfli. Bug‘lari odam nafas olish organlari shilimshiq
qatlamini va terini shikastlaydi. Uning bug‘lari nafas olish yo‘li bilan inson
organizmiga kirsa fojiali holatlar bo‘lishi mumkin. Tekkan joyini kuydiradi.
Yonganda yanada zaharli gazlar ajraladi.
Fosgen - rangsiz uchuvchi aerozollar bo‘lib sasigan olma va sasigan pichan
hidiga ega. Organizmga bug‘ holatida ta‘sir ko‘rsatadi. Havo tarkibidagi zichlik
miqdori 0,5 mg/l bo‘lgan gazdan 10 min. davomida nafas olish o‘limga olib keladi.
Bug‘ kuchli ta‘sir qiluvchi zaharli moddalarning saqlanishi ularni saqlashda
ko‘zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rib qo‘yilganligi uchun katta havf
manbasi bo‘lmasada, lekin biror bir avariya sodir bo‘lsa yoki tabiiy ofatlar, m: yer
qimirlashi yoki toshqinlar bo‘lishi natijasida bu zaharli moddalar saqlanayotgan
idishlarga zarar yetkazilishi natijasida bu idishlar zich yopishlik xususiyatini
yo‘qotib qo‘ysa, unda bu zaharli moddalar oqib ketishi ro‘y berishi va suv
xavzalariga borib qo‘yilib katta maydonlarni sababchi bo‘lishi mumkin.
79
Ko‘rib o‘tilgan favqulotda hodisalar, avariya va har xil tabiiy ofatlar inson
hayot faoliyati uchun nihoyatda xavfliligini nazarga olib Respublikamizda
favqulotda holatlar vazirligi tashkil qilingan. Bu vazirlikning asosiy vazifasi
Respublika hududidagi har qanday falokatlar, tabiiy ofatlar va avariyalar vaqtida
aholini iloji boricha kam talofat bilan qutqazish chora-tadbirlarini amalga oshirish
va bunday hodisalarni oldindan ko‘ra bilish va aholini xavfsiz hududlarga
ko‘chirish va boshqa moddiy va ma‘naviy yordam ko‘rsatish vazifalarini
bajarishdan iboratdir.
Biologik ifloslanishga, mikroblar, viruslar va hokazolarning atrof-muhit va
bioorganizmlarga ta‘sirini misol qilib olishimiz mumkin.
Atmosferaning quyi qatlami-troposferaning qalinligi 10-12 km dan iborat
bõlib, unda havoning 80% massasi mavjud. Maskur qatlamda barcha iqlim
hodisalari, suv va boshqa kimyoviy elementlarning aylanma harakati sodir bõladi.
Atmosfera havosining yer ustidagi õrtacha harorati Quyosh radiatsiyasining
intensivligi bilan, ya‘ni quyoshdan shu joygacha bõlgan masofa, al‘bedo (Yer
sathidan koinotga qaytgan radiatsiya miqdori) bilan aniqlanadi. Bu borada boshqa
omillar qatori troposferada mavjud bõlgan turli moddalarning oz yoki kõpligi
―issiqxona‖ samarasini belgilaydi. Masalan, troposferada suv buğlari, uglerod ikki
oksidi, metan, xlor, ftor, uglerod, azot oksidi, ozon va boshqalarning mavjudligi
tufayli qaytgan radiatsiya turli miqdorda yana yerga qaytadi.
Ma‘lumotlarga kõra, aynan bu moddalarning troposferada mavjudligi sababli
hozirda yerning quyi qismidagi havoning õrtacha harorati 15
0
ni tashkil qiladi, aks
holda harorat-30
0
bõlishi mumkin edi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida Yerdan
qaytgan radiatsiya hisobiga havo ma‘lum darajagacha isiydi, binobarin, sayyora
sathi qõshimcha issiqlik oladi. Bu hodisa ―issiqxona samarasi‖ deb ataladi.
Dunyo bõyicha 50-yillardan boshlab mineral yoqilğilardan energiya olish
maqsadlarida keng foydalanishga õtilishi atmosferaga katta miqdorda turli
chiqindilarni chiqarishga olib keldi. 80-yillarning boshlarida elektroenergiya ishlab
chiqarish, põlat quyish va avtomobillarning harakati natijasida atmosferaga 5 mlrd
t. uglerod, taxminan 100 mln t. oltingugurt va azot oksidi chiqarilgan. Uglerodning
chiqarilishi asosan kõmirning kõplab yoqilishi bilan boğliq, neft va tabiiy gazdan
uglerod nisbatan kam ajralib chiqadi. Endilikda uglerodning atmosferaga
chiqarilayotgan jami miqdori 6 mlrd tonnaga yetdi. Tabiiy õrmonzorlarning yõq
qilinishi ham is gazining hajmi kõpayishiga sabab bõlmoqda.
-Atmosferaga kõp miqdorda turli chiqindilarning chiqarilishi Yerda havoning
õrtacha haroratini 1890- yillardagi 14,5
0
dan 1980 yilda 15,2 darajaga oshishiga
sabab bõldi. Aslida ushbu õzgarish unchalik katta kõrsatkichni tashkil qilmasa ham,
lekin u ortib borish xususiyatiga ega. Chunki atmosferaga is gazi, metan va boshqa
moddalarning chiqarilishi yil sayin (yiliga 100 mln t.) kõpayib bormoqda.
4-10 oktabr Global atrof-muhit imkoniyatlari Kichik Grantlar Dasturining
tahliliy missiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi. Missiyaning asosiy maqsadi
O`zbekistonda Kichik Grantlar Dasturining yo`lga qo`yilishidagi imkoniyatlar va
muammolarni o`rganish edi.
Janob Terens Hay-Edie, dastur koordinatori Stanislav Kim, Qozog`istondagi
Grantlar dasturlari milly koordinatoridan tashkil topgan missiya O`zbekistondagi
80
aholi to`qnash keladigan ekologik muammolar to`g`risida muhim bilimga ega
bo`ldilar va mazkur grant dasturlarini amalga oshirishga qulay bo`lgan shart-
sharoitlarni o`rgandilar. Kichik Grantlar Dasturi jamoasi bir qator davlat idoralari,
jumladan Tabiatni Muhofaza Qilish Davlat Qo`mitasi, Qishloq va Suv Xo`jaligi
Vazirligi, Gidrometerologiya xizmati Markazi, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar,
Investitsiya va Savdo Vazirligi va Iqtisodiyot Vazirligi vakillari bilan uchrashdilar.
Shuningdek, jamoa vakillari nodavlat va notijorat tashkilotlariga Kichik Grantlar
Dasturi bo`yicha batafsil ma`lumotlar taqdim etdilar va ularning vakillari bilan
munozaralar o`tkazdilar.
Munozaralar davomida ham hukumat vakillari, ham nodavlat va notijorat
tashkilotlari a`zolari O`zbekistonda uzoq ko`zlangan dasturni amalga oshirishda o`z
hissalarini qo`shishlarini bildirishdi va boshqalarga ham bunga chaqirishdi.
Tarixan kelib chiqishi: 2005 yili Tabiatni Muhofaza Qilish Davlat Qo`mitasi
O`zbekiston Hukumatining muvofiqligida va BMT Rivojlanish Dasturining
Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Global Atrof – Muhit Yordamiga
O`zbekistonda Kichik Grantlar Dasturini tadbiq etish uchun murojaat qilgan edilar.
Global Atrof – Muhit Yordami Kichik Grantlari Dasturi butun dunyo bo`ylab 101
davlatda uchta Global Atrof – Muhit Yordamini amalga oshiruvchi agentliklar
nomidan BMT Rivojlanish Dasturi, Jahon Banki, UNEP va BMT Loyihalari
Xizmati Tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan. Kichik Grantlar Dasturi
rivojlanayotgan davlatlardagi nodavlat va notijorat tashkilotlarining bio xilma-
xillikni saqlash, xalqaro chuchuk suvlarni himoya qilish, organik ifloslantiruvchi
moddalar ta`sirini kamaytirish tuproq ko`chishining oldini olishga bo`lgan
faoliyatini qo`llab-quvvatlamoqda. Mazkur dastur ajratadigan har bir alohida loyiha
uchun pul mablag`i maksimum 50 000 AQSh doll. ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |