74
Mavzu 9
Atrof–muhitning ifloslanishi va muhofazasi. Atrof–muhitning ifloslanish
turlari. Fizikaviy ifloslanish. Radioaktiv nurlanishlar.
Reja
1.
Atrof-muhitning ifloslanish turlari.
2.
Fizikaviy ifloslanish.
3.
Radioaktiv nurlanishlar.
4.
Biologik va kimyoviy ifloslanish.
Tayanch so‘zlar: Angliya, Belgiya, avtomobil, chang, elektromagnit maydon,
qon, hujayra, SN-848-70, UYUCH diapazoni, 30
300000 MGs, nurlanish oqimi
kuchlanishi, radioaktiv nurlanishlar, alfa nurlari, beta nurlari, gamma nurlari,
roentgen nurlari, nurlanishlarning yutilgan dozasi, ekspozitsion doza, biologic
ekvivalent, kremniy oksidi, silikat, ko‘mir, xlor, nitrat kislotasi, Fosgen, mikroblar,
viruslar.
Tashqi muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunning muammosi
emas. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bu muammolar har turli qirralari
bilan ko‘rinish berib kelgan. M: o‘rta asr boshlarida jahonning katta shaharlarida
isitish uchun va boshqa maqsadlar uchun tosh ko‘mirdan foydalana boshlangan
kezlarda bu shaharlarda tutunning ko‘payib ketishi natijasida odamlarning tutunga
qarshi kurash e‘lon qilingani haqida ma‘lumotlar bor.
O‘tgan asrning 30-yillarida jahon miqyosida po‘lat ishlab chiqarishga ehtiyoj
ortganligi munosabati bilan bunday korxonalar zich joylashgan Yevropa
hududidagi Angliya va Belgiya davlatlaridagi ba‘zi bir shaharlarda tutunning
ko‘payib ketishi aholi o‘rtasida kasallanish ko‘payganligi kuzatilgan. Bunday
noxush voqealarni metallurgiya sanoati rivojlangan Rossiya Federatsiyasining
Magnitogorsk va Chelyabinsk shaharlarida hozirgi kunda ham kuzatish mumkin.
50-chi yillaridan boshlab avtomobilsozlikning rivojlanishi tufayli avtomobil
dvigatellarida yonishdan hosil bo‘lgan gaz dunyo miqyosida eng xavfli ekologik
muvozanatning buzilishiga olib keladigan omilga aylanadi. Dunyo axborot
agentliklarining ma‘lumotlariga qaraganda planetamiz hududidagi katta
shaharlarning deyarli hammasida avtomobillar chiqargan gazlar muammosi
kundalang turibdi. Shuni aytib o‘tish lozimki, avtomobillarga qarshi kurash
ochishning imkoniyati yo‘q. Chunki insoniyat taraqqiyotini avtomobillarsiz
tasavvur qilish qiyin.
Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, atmosfera havosining bo‘lg‘anishiga qarshi
kurash murakkab muammo bo‘lib, siyosiy, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy
muammolarini o‘z ichiga oladi.
Har qanday davlatning rivojlanish darajasini unda ishlab chiqarilayotgan
elektr energiyasi va sanoat koorxonalarida ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning
sifati va dunyo bozoridagi raqobatbardorligini belgilaydi. Demak, har
qanday davlat
energetikani rivojlantirishi turgan gap. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
atmosfera havosida turli xil gazlar, ya‘ni changlar miqdori oshib ketadi. Changlar
77
Radioaktiv nurlanishlarning ma‘lum muhitdagi ta‘sirini aniq belgilash
maqsadida «Nurlanishlarning yutilgan doza»si tushunchasi kiritiladi
m
W
D
10
. Bu
yerda
W – nurlantirilgan modda tomonidan yutilgan ion nurlarining energiyasi,
D,J,m
– nurlantirilgan moddaning og‘irligi, kg. Yutilgan doza birligi sifatida rad
qabul qilingan, 1-rad 1kg og‘irlikdagi moddaning 0,01 J energiya yutishiga to‘g‘ri
keladi.
Rentgen va gamma nurlanishlarning miqdoriy tavsifi sifatida ekspozitsion
doza hisoblanadi.
m
Q
D
e
/
, bunda Q–bir xil elektr zaryadlariga ega bo‘lgan
ionlarning yig‘indisi, K
; m–havoning og‘irligi, kg.
Rentgen va
- nurlanishlarning ekspozitsion dozasi birligi sifatida K
/kg
qabul qilingan. Bu shunday birlikki, u nurlanish bilan to‘tashgan 1 kg qo‘ruq
atmosfera havosida 1 K
miqdoridagi elektr zaryadlarining (+) va (–) belgilari
bo‘lgan ionlarini vujudga keltiradi.
Rentgen va
-nurlanishlarning sistemadan tashqari birligi rentgen
hisoblanadi.
Har xil radioaktiv nurlanish tirik organizmga ta‘siri ularning ionlovchi va
kirib boruvchi xususiyatlariga bog‘liq. Har xil nurlar bir xil dozada yutilganda
biologik ta‘siri bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun radiasiya havfini aniqlash
maqsadida doza ekvivalenti birligi ber kiritilgan, 1ber har qanday ion
nurlanishlarining biologik xujayralarida rentgen va
-nurlanishlarining 1 radga teng
keladigan biologik effektidir.D
ekv
=D
ion
/K, bunda: K–sifat koeffisiyenti. Bu
koeffisiyent ishlatilayotgan nurlanuvchi modda biologik effektining birligi sifatida
qabul qilingan rentgen nurlanishlari effektining nisbati hisoblanadi.
Radioaktiv moddalar inson organizmiga ta‘sir qilishi natijasida xavfli vaziyat
vujudga kelishi mumkin. Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki,
uning ta‘siri inson organizmidagi sezish organlari tomonidan sezilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: