BIR JINSLI MUHIT-muayyan fizikaviy xossalari koordinatalarga bog’liq
bo’lmagan muhit.
BIR JINSLI TIZIM-hamma qismlarida xususiyati bir xil bo’lgan tizim.
BIRDAY QALINLIK YO’LLARI-o’zgaruvchan qalinlikli shaffof qatlam sirtida
uni monoxromatik yorug’lik dastasi bilan yoritilganda kuzatiladigan interferensiya
yo’llari tizimi.
BIRDAY QIYALIK YO’LLARI-yassi parallel plastinkani noparallel
monoxromatik yorug’lik dastasi bilan yoritilganda kuzatiladigan interferensiya
yo’llari tizimi.
BIRLAMCHI NURLANISH-qaralayotgan o’zaro ta’sir jarayonida birlamchi
bo’lgan yoki dastlabki deb olinadigan nurlanish.
BOSH NUR-aperturaviy diafragma markazi orqali o’tuvchi qiya dasta nuri
BOSHLANG’ICH FAZA-vaqtning boshlang’ich paytidagi tebranishlar fazasi.
BRYUSTER BURCHAGI-dielektrik sirtidan qaytuvchi yorug’likning to’la
qutblanadigan tushish burchagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |