uch yilda ― Asteroidlar, kometalar va meteorlar‖ mavzusida katta xalqaro anjuman
o‘tkaziladi. Anjuman tashkilotchilarini rag‘batlantirish maqsadida KSM mezbonlik
qilgan mamlakatning astronomiya jamiyatiga sayyoralarga nom berishga ma‘lum
kvotalar ajratadi. Shunday anjumanning navbatdagisi 2012 yil boshida Yaponiyada
muhandis-konstruktor va astronomlar olamshumul loyihalarni amalga oshirishga
kichik sayyorasiga Xayabusa (Lochin) kosmik apparatini uchirib, uning yuzasidan
44
Yerga ―tuproq‖ olib kelishdek o‘ta murakkab loyihani amalga oshirdi. Itakavadan
olib kelingan modda esa katta haroratga chidamli kamera ichida eson-omon yerga
tushirilgan va hozirda olimlar uni maxsus laboratoriyalarda o‘rganishmoqda.
Bundan tashqari, KSM yaponiyaliklarning Fukusheimada ro‘y bergan fojeaning
(atom elektr stansiyasining sunami natijasida vayron bo‘lishi) oqibatlarini bartaraf
etishdagi qahramonona say‘y-harakatlarini inobatga olib, ularga odatdagidan
ko‘proq kvota ajratdi. Shunga qaramasdan, nomlarini sayyoralarga qo‘ydirishga
talabgorlar juda ko‘p bo‘ldi. Albatta, buyuk loyihani amalga oshirishda o‘zining
salmoqli hissasini qo‘shgan muhandis-konstruktor va astronomlar bu sharafga
so‘zsiz loyiqdirlar.
Bunday
sharoitda
Yaponiya
milliy
astronomiya
observatoriyasining xodimlari Fumi Yoshida va Takashi Itolarning sayyoralarning
biriga O‘zbekistondagi astronomiya observatoriyasi sharafiga ―Maydanak‖ deb
nom berish taklifi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Shunga qaramay, bu
taklifni KSM ijobiy hal etdi.
KSM kataloglarida 22948 raqami bilan qayd etilgan kichik sayyora 1999 yil
2 oktyabrda AQShdagi Lovell observatoriyasining Quyosh sistemasining kichik
jismlarini izlash va ochishga ixtisoslashgan Anderson Mesa stansiyasida kashf
etilgan. Lovell observatoriyasi u yerda ishlagan Klayd Tombo 1930 yilda Pluton
katta sayyorasini ochgani bilan mashhurdir. 2006 yilgacha Pluton Quyosh
sistemasidagi to‘qqizinchi katta sayyora bo‘lib hisoblangan. 2006 yilda Xalqaro
astronomiya ittifoqining maxsus qarori bilan Pluton katta sayyoralar safidan
chiqarilgan.
45
Kichik sayyoralar orbita elementlarini o‘rganish jarayonida quyidagi
holatlarga duch kelish mumkin: bu kabi osmon jismlari orbitalarining
ekssentrisitetlari va bu orbitalardan ko‘pchiligining ekliptikaga og‘maligi – katta
sayyoralarnikiga nisbatan (birgalikda olingan) ancha katta qiymatga ega. M-n: 132
kichik sayyora perigeliyda Mars orbitasi tomon botsa, afeliyda esa ancha uzoqdagi
Gilda kichik sayyorasiga nisbatan ham Quyoshdan uzoqlashadi. Barcha kichik
sayyoralarning birgalikdagi orbitalari shunday belbog‘ni tashkil etadiki, uning
kengligi Quyosh bilan Yer orasidagi masofadan ham uch marta katta bo‘ladi.
Kichik sayyoralar orbitalarini o‘rganish maqsadida O‘z FA Astronomiya
institutiga qarashli observatoriyalarda kuzatuv ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: