2
Alisher Navoiy she`riyatida “ko`z” timsoli talqini
Reja:
Kirish
mavzuning dolzarbligi;
o`rganilish darajasi;
o`rganilish manbalari;
ilmiy ahamiyati;
maqsad va vazifalari;
tuzulishi va tarkibi.
I BOB. “Ko`z” timsoli va uning Navoiygacha bo`lgan turkiy she`riyatdagi
talqini
1.1
“Ko`z” timsolining badiiyati.
1.2
Xorazmiy, Atoiy, Lutfiy she`riyatida “ko`z” timsoli tasviri.
II BOB. Alisher Navoiy she`riyatida “ko`z” imsoli
2.1
Tahlil va talqin.
tasavvufiy ma`noda;
diniy ma`noda;
2.2 “Ko`z” timsolining boshqa timsollar bilan qo`llangandagi badiiyati.
2.3 Ko`z timsolining fe`l va ot so`z turkumida qo`llanilish darajasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO`YXATI
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Adabiy merosimiz sermazmun va badiiy
rang - barangligi bilan asrlar davomida o`z badiiy qadr - qimmatini
saqlab kelmoqda. Shuningdek, mana shu adabiy merosimiz namunalari
mutaxasislar tomonidan imkoniyat darajasida o`rganilmoqda. Zotan, tarix –
xalq ma`naviyatining asosidir.
1
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, har
bir sohaga shu jumladan, adabiyotga ham alohida e`tabor qaratildi. Shu
aytgan fikrlarimizning dalili sifatida yurtboshimiz I.A.Karimovning
“Ma’naviyat o`z xalqining tarixini, uning madaniyatini chuqur bilish
va tushunib yetishga suyanadigan qudratli kuchga aylanadi”, - deya
ta`kidlagan fikrlarini aytishimiz mumkin.
2
Mumtoz adabiy me`rosimizni, adabiyotshunos olimlar ta`kidlaganidek,
davrdan uzoqlashganligimiz sari uni tushunish murakkablashadi. Shu
bois tarixdan uzoqlashmagan holda insonni tarbiyalab borish haqida
yurtboshimizning quyidagi fikrlarini bayon qilmoqchimiz: Tarix millatning
haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va
jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqorolik ongini
shakllantirmoqda. Shuningdek, axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.
3
Ushbu bitiruv malakaviy ishi ham adabiyotshunoslik tarixi bilan
bog`langan holda olib borilmoqda. Jumladan, Navoiy ijodidagi timsollar
o`rganilganidan bir muncha xabarimiz bor. Shu nuqtai - nazardan yana bir
bora qayta ko`riladigan bo`lsa ular orasidagi mutanosiblik va yakdillika
xulosa yasalgan bo`lar edi. Shu bois shoir lirikasida “ko`z” timsoli orqali
turlicha fikr, g`oyalarning mushtaraklik tomonini o`rganish dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.
1
Каримов И.Адолатли жамият сари. – Т.: Ӯзбекистон.1998-й, 53бет.
“
Каримов И. Истиқлол ва маьнавият. Т.: Ӯзбекистон. 1994-й, 22-бет.
3
“
Каримов И. Ӯзбекистон XXI аср бӯсағасида. Т.: Ӯзбекистон. 1977-й, 140-бет.