O’quv-dala amaliyoti:
Talabalar botanika va zoologiya fanlari bo’yicha dala amaliyotiga ekskursiyaga chiqishadi. Shuningdek mutaxassislik bo’yicha mos O’zRFA ITI va korxonalari strukturasi, ilmiy yo’nalishlari hamda foydalanishning zamonaviy ilmiy uslubiy qurilmalari hamda o’rta maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari strukturasi, o’quv jarayonini tashkil qilinishi bilan tanishadilar.
Ishlab chiqarish amaliyoti:
Talabalar ixtisoslik bo’yicha mos O’zRFA ITI va tarmoq institutlari ilmiy laboratoriyalarida mavjud zamonaviy asbob-uskunalar yordamida olib borilayotgan ilmiy– tadqiqot ishlarida qatnashadilar, olingan natijalarni qayta ishlashda ishtirok etadilar. Shu bilan birga olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Shuningdek xalq ta’limi muassasalaridagi darslarda ishtirok etadilar. O’quv rejasi va dars jadvali tuzish jarayoni bilan tanishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |