MessageDlg
funksiyasi konstantalari:
MessageDlg konstantalari
Bosilgan tugma
mrAbort
Abort
mrYes
Yes
mrOk
Ok
19
mrRetry
Retry
mrNo
No
mrCancel
Cancel
mrIgnore
Ignore
mrAll
All
Delphi tizimida muloqot oynalarini qo’llash uchun maxsus Dialogs nomli
komponentalar palitrasi mavjud bo’lib, u o’z ichiga bir necha vizual bo’lmagan
komponentalarni oladi. Ulardan OpenDialog, SaveDialog va FontDialog
komponentalarini ko’rib chiqamiz.
OpenDialog komponentasi kompyuter fayl tizimini ko’rish va undan kerakli
fayl nomini tanlash imkonini beradi. Bu komponenta piktogrammasi
ko’rinishga ega. U vizual bo’lmagan komponenta bo’lib, uni formaga
sichqonchada bir marta bosib qo’yiladi va keyin uning xossalari o’rnatiladi.
Uning asosiy xossalarini ko’rib chiqamiz:
DefaultExt -faylning kengaytma nomini saqlaydi.
FileName -tanlangan fayl nomini saqlaydi.
Filter -fayl nomlarini muloqot darchasiga ko’rsatilgan kengaytma nom
bo’yicha filtrlab chiqaradi. Masalan, agar .pas ko’rsatilgan bo’lsa, muloqot
oynasida faqat .pas kengaytmali fayllar chiqadi.
Filter xossasiga o’tilib uch nuqtali tugmacha bosilsa Filter Editor muloqot
oynasi chiqadi. U ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda filtr matni ikkinchi
qismida esa filtrning o’zi beriladi.
Masalan:
filtr matni nomlari:
Faylы moduley Delphi (*.pas)
Tekstovыye dokumentы (*.txt,*.doc)
Vse faylы (*.*)
va boshqa
mos filtrlar:
20
*.pas
*.txt; *.doc
*.*
Fayl ochish muloqot oynasining ko’rinishi.
SaveDialog komponentasi kompyuter xotirasiga fayllarni saqlash imkonini
beradi. Bu komponenta piktogrammasi
ko’rinishga ega. U vizual bo’lmagan
komponenta bo’lib, uni formaga sichqonchada bir marta bosib qo’yiladi va keyin
uning xossalari o’rnatiladi. Agar uning DefaultExt xossasi qiymati .txt qilib
tenglashtirilsa, faylni saqlashda avtomatik ravishda uning kengaytmasi .txt qilinib
saqlanadi.
Faylni saqlash muloqot oynasining ko’rinishi.
21
FontDialog komponentasi foydalanuvchiga shriftlarni tanlaydi va uning
xarakteristikasini belgilaydi. Bu komponenta piktogrammasi
ko’rinishga ega.
U vizual bo’lmagan komponenta bo’lib, uni formaga sichqonchada bir marta bosib
qo’yiladi va keyin uning xossalari o’rnatiladi. Uning Font xossasi shrift
xarakteristikasini beradi.
Shriftni tanlash muloqot oynasining ko’rinishi.
22
Nazorat savollari:
1. Fizik fayl deb qanday fayllarga aytiladi?
2. Mantiqiy fayl deb qanday fayllarga aytiladi?
3. Fizik va mantiqiy fayllar qanday bog’laniladi?
4. Fayllar nima uchun kerak va qanday ochiladi?
5. Fayl qanday yopiladi?
6. Fayl ko’rsatkichi deb nimaga aytiladi?
7. Fayllar necha xil xolatda bo’lishi mumkin?
8. Muloqot oynalarini yaratish qanday amalga oshiriladi?
9. OpenDialog, SaveDialog va FontDialog komponentalari qanday funksiyalarni
bajaradi va ularning qanday xossalarini bilasiz?
23
2-Mavzu. Qismiy dasturlar va modullar bilan ishlash
Reja:
1. Prosedura va uning tuzilishi
2. Funksiyalar va va ular bilan ishlash
3. Rekursiya funksiyalar va ulardan foydalanish
4. Foydalanuvchi modullari va ular bilan ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |