Regenerasiya chastotasi. U monitor vasvirni ekranda necha sekundda
to`liq namoyish etishini ko`rsatadi. Regenerasiya chastotasi gerslarda (Гц)
o`lchanadi. Chastota qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p ishlash mumkin va ko`z
kam charchaydi. Bu parametr videoadapter xarakteristikasiga ham bog`liqdir.
Hozirda monitorlarning quyidag turlari mavjud:
Katod nurli trubka asosidagi monitor –katod nurli turubkaning ish
tamoyili ekranning orqa qismida electron nurining oldinga va orqaga
harakatlanishga asoslangan. Nurning ekran orqali har bir siljishida bu nur shishs
trubkaning ichki tomonidagi fosforli nuqtalarni, ekranning faol maydonchalarini
yoritadi. Shunday chiziqlar to`plamini chizish evaziga nur ekranda tasvirning
umumiy suratini yaratadi.
Suyuq kristalli monitor – suyuq kristalli monitorning har bir pikseli ikkita
tiniq elektrod orasidagi molekulalar qatlamidan va ikkita qutb yassiligi o`zaro
perpendikulyar bo`lgan qutb filtrdan iborat. Suyuq kristallar yo`qligida birinchi
filtrdan o`tadigan nurlar ikkinchi filtrdan, aslini olganda o`ta olmaydi. Agarda
elektrodlardan elektr tok o`tsa, molekulalar electron maydon yo`nalishida
saflanishga harakat qilishadi. Bu vintli tuzilmani buzadi. Shu bilan birga
egiluvchan kuchlar ushbu harakatga qarshilik ko`rsatadi vat ok uzilganligida
molekulalar boshlang`ich holatiga qaytishadi. Elektr kuchlanish o`zgargan holda
tiniqlik darajasi o`zgarishi mumkin.
6
Plazma displeyi – yuzasiga o`rnatilgan parallel elektrodlar bilan ikki
mustahkamlangan shisha platalar orasiga neon/ksenon gazlari aralashmasini
zichalash yo`li bilan ishlovchi yassi panelli display turi. Platalar elektrodlar
to`g`ri burchaklarni tashkil qilib piksellarni yaratishi mumkin bo`lgan holda
mustahkamlangan. Ikkita elektrod orasida kuchlanish impulse o`tganda, gaz
bo`linib, ultrabinafshaq nurlanish rang fosforlarini faollashtiradi va har bir
pikseldan ko`zga ko`rinadigan yorug`lik chiqadi.
Proyektsion monitor – proyektorlar asosan optic-mexanik yoki optic-
raqamli uskuna bo`ladi. Ular yorug`lik manbasi orqali ob’ekt tasvirini
uskunadan alohida joylashgan tekislikda – ekranda ko`rsatadi. Lampadan
keluvchi nur tasvirni shakillantiruvchi blok orqali o`tib ob’ektiv orqali ekranga
namoyish qilinadi. Tasvir o`lchami 1 metrdan to 20 metrgacha va undan ham
kengroq bo`lishi mumkin.
OLED-monitor – monitorlarda organic birlashmalardan tayyorlangan
yorug`lik diodlari ishlatiladi. Ular o`zidan elektr tokini o`tkazganida samarali
ravishda yorug`lik yaratadi. Organic yorug`lik diodini yaratish uchun (OLDE)
bir necha polimer qavatidan iborat ingichka tasmali ko`p qavatli tuzilma
ishlatiladi. Taxmin qilishlaricha bu kabi displeylarni ishlab chiqarish uchun
suyuq kristalli displeylardan anchagina arzon tushadi.
7
Virtual retinali monitor – chiqarish uskunalari texnologiyasi, ko`z
to`rida bevosita tasvir shakillantiradi. Natijada foydalanuvchi tasvirni o`z oldida
havoda “turgan” holatda ko`radi. Shu kabi monitorlarning birinchi namunalari
Vashington
Universitetida
(foydalanuvchi
interfeysining
texnalogik
laboratoriyasi) 1991 yilda yaratilgan. Bu kabi ishlarning aksaryat qismi hayoliy
voqealik tizimi bilan bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |