TA'LIM TO’G’RISIDA QONUN
Ta'lim to’g’risida qonun 6 bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib, unda qonunning maqsadi, ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlari va sohadagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish huquqi, pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi, ta'lim muassasasining huquqiy maqomi, davlat ta'lim standartlari, ta'lim berish tili, ta'lim tizimi va turlari, ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim tizimini boshqarish, yakunlovchi xulosalar to’g’risidagi moddalar mazmuni bayon etilgan.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KADRLAR TAYYORLASH
MILLIY DASTURI
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997-yil 29-dekabr kuni qabul qilingan bo’lib, uning mazmuni kadrlar tayyorlash tizimi muammolari va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islox qilish omillari, milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning milliy modeli, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari, uzluksiz ta'limni isloh qilish yo’nalishlari, uzluksiz ta'lim tizimi va turlari, kadrlar tayyorlash tizimida fan, kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, milliy dasturni ro'yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlardan iborat.
MAGISTRATURA TO'G'RISIDAGI NIZOM
Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi Farmoniga (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 30-son, 346-modda), shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) va 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 37-38-son, 384-modda) qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish, «magistr» darajasini berish bo'yicha dissertatsiya ishi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan mezonlar va talablar hamda xalqaro ta'lim standartlari darajasida oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |