Alisher navoiy nomidagi samarand davlat universiteti mexanika matematika fakulteti



Download 137,5 Kb.
bet1/6
Sana05.03.2022
Hajmi137,5 Kb.
#483482
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-semestr Ilmiy Pedagogik Amaliyot(Bobonazarov A)


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARAND DAVLAT UNIVERSITETI


MEXANIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
5A130202 – «AMALIY MATEMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI» MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI


BOBONAZAROV AKMALNING


1-SEMESTRDA ILMIY PEDAGOGIK ISHI DAVRIDA BAJARGAN ISHLARI

Ilmiy rahbar: dots. Urunbayev E.


Samarqand – 2015
REJA:



  1. “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom” bilan tanishish, ularni o’rganib chiqish.




  1. “Magistratura to’g’risidagi Nizom” ni o’rganib chiqish.




  1. Namunaviy o’quv rejalari, ishchi o’quv rejalari va dasturlari bilan tanishish.




  1. Fakultet ustavi, Fakultet nizomi va Fakultetning boshqa me’yoriy hujjatlarini o’rganish.




  1. Dekanat faoliyati bilan meyoriy hujjatlar bilan tanishish.




  1. Tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug’ullanish.




  1. Kafedra me’yoriy hujjatlari va ish yuritish foaliyatini o’rganib chiqish.




  1. O’quv va o’quv-uslubiy ishlar, ilmiy ishlar, kafedraning viloyat akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalarini o’rganish.

Ilmiy pedagogik ishim 2014 yil 5-sentabrdan 2015 yil 15 fevralgacha davom qildi. Bu 20 hafta davrida men ilmiy pedagogik ish yuzasidan kelajakda o’z kasbimga oid fanlardan dars bera olish va Ta’lim tizimi va unga oid me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lish maqsadida Ta’lim tizimiga oid hujjatlar, fakultet hujjatlari va kafedra hujatlari bilan tanishib chiqdim.


Men ilmiy-pedagogik ishimni “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni o’rganishdan boshladim.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish 3 bosqichdan iborat bo’lib, ta’lim jarayonini to’g’ri shakillantirish, nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan bog’lash va mustahkamlashga katta e’tibor berish zarurligi ta’kidlangan.
Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom, Magistratura to’g’risidagi yangi Nizom, Universitet ustavi, Magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standarti hamda Namunaviy o’quv rejalari va fan dasturlari bilan tanishib, ularni o’rganib chiqdim.
Ilmiy pedagogik ishimni ikkinchi qismida men fakultet va dekanat faoliyatini o’rganishga bag’ishladim. Bunda menga bo’lim boshlig’i kotibi Aminov Bahrom yaqindan yordam berdi. Men fakultet va dekanat me’yoriy hujjatlari bilan to’liq tanishdim va shungdek, xonalarining tartib bilan jihozlanishini, me’yoriy xujjatlarning joylarini to’g’ri toplanganligini, dars jadvallarining chiqarish tartibini, guruh jurnallarining yuritilishini, reting daftarlarining to’ldirish jarayonini, talabalar haqida to’liq ma’lumotlar, 1-kursga qabul qilingan talabalarning bilim darajasini, bitiruvchilarning har–biriga biriktirilgan ilmiy rahbarlarining ro’yxati va me’yoriy xujjatlarning to’g’ri olib borilishini o’rgandim.
Ilmiy pedagogik ishimni keyingi kunlarini kafedra faoliyati bilan tanishishga bag’ishladim. Bunda men kafedra faoliyatini o’rganishni eng avvolo kafedraning nizomi bilan tanishib chiqishdan boshladim.
Nizom bo’yicha kafedra tashkil etilishi uchun kamida 7 kishi bo’lishi, ulardan bittasi professor unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga va ikkitasi dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lganda tashkil etilishi kerak ekan.
Kafedraning faoliyati o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ish jarayonlarini qamrab olgan istiqbolli va joriy ish rejalari asosida amalga oshirilishini, belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi, professor-o’qituvchilar ishtirokida kafedra majlisida muhokama etilib, qaror qabul qilinishini o’rgandim. Nizom bilan tanishish jarayonida yanada muhimroq quyidagi bandlar bilan tanishdim. Kafedraning asosiy maqsadi, kafedra mudirining vazifalari, kafedra mudiring huquqlari va kafedraning faoliyati kabi bandlar bilan tanishib chiqdim.
O’qituvchilarning semenar va amaliy mashg’ulotlarida qatnashib, o’qituvchilardan bilim oldim, malaka oshirdim va kasbiy malaka va pedagogic ko’nikmalarni oldim.
Kafedraning yillik va istiqbolli rejalari bilan tanshib chiqdim. Tanishish jarayonida yillik ish rejasini qachon tuzishni va unda ko’zda tutilgan ishlarni vaqti-vaqtida joyiga qo’yishni va bajarishni o’rgandim. Tashkiliy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O’quv va o’quv-uslubiy ishlar, ilmiy ishlar, kafedraning viloyat akademik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalari bo’yicha ishlaridan iborat ekanligini o’rgandim.
Ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha akademik litsey, kollej va maktablar bilan aloqalar o’rnatilgan bo’lib, “Matematek modellashtirish” kafedrasi va Jomboy va Kattaqo’rg’on tumanlari kasb-hunar kollejlari va Samarqand davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik akademik litseyi bilan hamkorlik qilinmoqda. Undan tashqari kafedra bir necha yillardan buyon akademik akademik litsey, kollej va maktablar bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi, kafedradagi o’qituvchilar akademik litsey, kollej va maktablarga borib, bilim va malakalarini berib kelmoqda. O’z navbatida akademik litsey, kollej va maktab o’qituvchilari ham malakalarini oshirish maqsadida “Matematik modellashtirish” kafedrasi o’qituvchilarining darslariga qatnashayotganlarini va men ham ishtirok etib, malakalarimni oshirish yo’llarini o’rgandim. Bu davrda men ilmiy pedagogik ish yuzasidan o’z kasbimga oid fanlardan dars berish uchun mashg’ulotlarga tayyorlandim va dars mashg’ulotlarini o’tdim va “Matematik modellashtirish”kafedrasi va dekanatini ish yuritishi bilan tanishib chiqdim.
Bu vaqt mobaynida dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish, ilmiy ma’lumotlarni o’zlashtirish, ta’lim–tarbiya jarayonlarini muvofiq xolda olib borishga alohida e’tibor qaratdim. Dars o’tish jarayoni uchun zaruriy talablarni bajarish ya’ni dars beruvchi pedagogning hujjatlarini to’ldirishni o’zlashtirishga erishdim. Pedagogning o’quv kalendar reja, ishchi reja, dars ishlanmalari, baholash mezonlari, nazoatlar o’tkazish grafiklari bilan ishlash yuzasidan ko’nikmalarga ega bo’ldim. Ayniqsa, mashg’ulotlar o’tish vaqtida yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanillishiga alohida e’tibor qaratdim.
Ilmiy rahbarim dots. E. Urunbayev rahbarligidagi “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 4-kurs talabalariga I-semestr mobaynida o’tiladigan “Kompyuter algebrasi tizimlari” tanlov fanidan amaliy mashg’ulotlarida qatnashib bordim. Bu fan yuzasidan mustaqil ta’limning tashkiliy va o’quv –uslubiy ta’minotiga e’tibor bergan holda ishlab bordim. Dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda adabiyotlardan, asosan kompyuter grafikasi va jadvallardan samarali foydalanish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ldim.
Kafedra xujjatlaridan kafedraning yillik va istiqbolli ish rejalari, kafedraning ishchi o’quv rejasi, o’quv soatlari hajmi, o’quv yuklamalari taqsimoti, Namunaviy va ishchi fan dasturlari, Reyting jurnali yuritilishi, Reyting nizomi va texnologik xaritalar hujjatlari bilan tanishib o’tdim.

Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish