2-bob. Adabiyot darslarida adib hayoti va ijodini o‘rganishda savol va
topshiriqlardan foydalanish…………………………………………………...34
2.1
.
Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganishda savol va topshiriqlardan
foydalanish………………………………………………………………………34
2.2. Adib hayoti va ijodini o‘rganishda pedagogik texnologiyalardan
foydalanish usullari……………………………………………………………...40
2.3.
Adib hayoti va ijodini o‘rganishda sayohat darslaridan foydalanish….48
III bob. BMI ning amaliyotga tatbiqi ………………………………………....56
3.1. Tajriba sinov ishlari va ularning natijalariga oid tahlillar
……
………….......56
3.2. Ochiq dars ishlanmasi.....................................................................................63
Xulosa
……………………………………………………………………………73
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
. …………………………………………..76
3
BMI ning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi.
Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma
zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz
yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib
bormoqda.
“Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi
donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo
bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
1
Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat,
qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda.
Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohqandlik, odam savdosi, noqonuniy
migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar
davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda.
Mana shunday va boshqa ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni
keltirib chiqarayotgani – ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi.
Sizlarga yaxshi ma’lum, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va
o‘zgarishlar, keng ko‘lamli dasturlar yagona va ulug‘ bir maqsadga qaratilgan. U
ham bo‘lsa, xalqiqmiz hayotini yanada obod va farovon qilish, farzandlarimizni
har tomonlama yetuk va burkamol etib tarbiyalashdan iborat.
O‘zbek adiblari xalqimizning nodir ma’naviy boyliklarini yaratib, ularni
ko‘paytirib kelgan va bugungi kunda yana ham ko‘paytirayotgan shaxslardir. Har
bir tarixiy davr ruhi, xalqimizning turmush tarzi, shu davrga xos ijtimoiy
munosabatlar ko‘proq adib orqali kitobxonlar qalbiga yetib boradi, u yerda puxta
o‘rnashib, muhrlanib qoladi, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib turadi. Ravshanki,
biografik ma’lumotlar o‘z mazmuni bilan yoshlarni milliy ma’naviyatimizni
anglash, his etish ruhida tarbiyalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Respublikamiz
1
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. Jismoniy va ma’naviy barkamol yoshlar – bugungi va ertangi kunimizning hal
qiluvchi kuchidir. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV quriltoyida so‘zlangan nutqi. 2017 yil 30 iyun.
4
birinchi
prezidenti
bejizga:
“
Do'stlaringiz bilan baham: |