FILOLOGIYA FAKULTETI
Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili)
ta`lim yo`nalishi 6-1-UZB 20-guruh talabasi
Xalilova Orzigulning
“Navoiyshunoslik” fani bo`yicha
“Navoiy muxtara g`azallarida ma`naviy san`atlarning o`rni (mubolagʻa misolida)”
(Alisher Navoiy “Mukammal asarlar to`plami”20 tomli.18-tom “Devoni foniy”asosida) mavzusidagi
Mustaqil ta`lim topshirig`i
Fan rahbari: Bekova Nazora Jo`rayevna
Filologiya fanlari doktori,dotsent
Buxoro-2022
Mavzu: Navoiy muxtara g'azallarida ma'naviy va lafziy san'atlar o'rni (mubolagʻa misolida)
Alisher Navoiy mumtoz adabiyotimizning yuksak vakillaridan hisoblanadi.Alisher Navoiy o’zbek madaniyati, adabiyoti tarixidagi ulug’ siymolardan biridir. U o’zining hayoti, talanti, ijodini haqqa va xalqqa bag’ishlagan insondir. U lirik shoir, epik shoir, adabiyotshunos olim, tarjimon sifatida madaniyatimiz tarixida alohida o’rin tutadi.
Devoni Foniy" ("Foniy devoni") — Alisher Navoiyning Foniy taxallusi bilan forsiy tilda yozgan sheʼriy asarlari majmuasi. ,,Devoni Foniy"dagi sheʼrlarning katta qismini Navoiy salaflari va zamondoshlarining gʻazallariga yozilgan tatabbular tashkil etadi. ,,Devoni Foniy"dan Navoiy (Foniy)ning oʻz original g'azallari ham oʻrin olgan. Shoir ularni "Muxtara", "Ixtiro" deb atab, shu yoʻsinda tatabbulardan ajratib koʻrsatgan. Shoirning tatabbu, muxtara sheʼrlarida ishq-muhabbat mavzui ham dunyoviy, ham tasavvufiy-majoziy uslublarda kuylangan. Sharq mumtoz adabiyotida tartib berilgan barcha devonlar singari “Devoni Foniy”da ham markaziy o‘rinni g‘azal janri egallaydi. Devondagi g‘azallar muxtara’, tatabbu’ va tavr tarzida yaratilgan. Muxtara’ arabcha so‘z bo‘lib, “kashf etilgan”, “ixtiro qilingan” ma’nolarini anglatadi. Bu o‘rinda Navoiy – Foniyning o‘zga shoirlardan ta’sirlanmasdan, bevosita o‘zi mustaqil tarzda yaratgan g‘azallari nazarda tutiladi. Devonda ular muxtara’ va ixtiro’ sarlavhasi ostida ham keltirilgan.Tatabbu’ arabcha “biror narsaning ketidan tushish”, “izidan borish” ma’nolarini bildirib, adabiy istiloh sifatida biror she’rdan ta’sirlanib, undagi vazn, qofiya va radifni saqlagan holda asar yaratishni anglatadi. Bunday she’rlar nazira, o‘xshatma, javobiya deb ham yuritiladi. Tavr arabcha “biror narsa atrofida aylanish”, “tarz”, “yo‘sin”, “uslub” ma’nolarini anglatadi. Bunday she’rlarda vazn, qofiya va radif mezon qilib olinmaydi, balki o‘zga she’rdagi uslub va mazmundagi she’riy talqinga rioya qilinadi. Devondagi aksariyat g‘azallar Alisher Navoiyning buyuk forsiy salaflari Amir Xusrav Dehlaviy (32 tatabbu’, 1 tavrida), Xoja Hofiz Sheroziy (211 tatabbu’, 20 tavrida), Shayxontohur Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (22 tatabbu’, 2 tavrida), Kotibiy (1 tatabbu’), Xoja Salmon Sovajiy ( 2 tatabbu’), Xoja Kamol Xo‘jandiy (4 tatabbu’), Xoja Hasan Dehlaviy (2 tatabbu’), xalaflari Abdurahmon Jomiy (31 tatabbu’, 8 tavrida), Amir Shayxim Suhayliy (3 tatabbu’), Ahmad Hojibek Vafoiy (2 tatabbu’), Shohiy Sabzavoriy (3 tatabbu’), Sohib Balxiy (1 tatabbu’), Sayfiy Buxoriy (1 tatabbu’), Ismat Buxoriy (1 tatabbu’), Najmiddin Muhammad Kohiy Miyonkoliy (1 tatabbu’), Husayniy (2 tatabbu’) kabi ijodkorlarning g‘azallaridan ta’sirlanib yaratilgan.
Devondagi eng ko‘p tatabbu’ Hofiz Sheroziy g‘azallariga bitilganligini kuzatish mumkin. Ushbu Sheroz Hofizining o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan
Agar on turki Sherozi ba dast orad dili moro,
Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo
deb boshlanuvchi g‘azaliga Navoiy quyidagicha tatabbu’ bog‘lagan:
Gar on turki Xitoy no‘sh sozad jomi sahboro,
Naxust orad so‘i mo turktozi qatlu yag‘moro.
Tarjimasi:
O‘shal turki xitoy juft aylasa gar jomi sahboni,
Chu bizdin boshlagay turktozini ul, qatlu yag‘moni[2].
Mazkur g‘azal aruz tizimining hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗) vaznida yozilgan.
G‘azal maqta’sida Navoiy kamtarlik bilan o‘ziga murojaat qilib, “Hofiz g‘azallariga tatabbu’ bitib, uning jahonni bezagan nazmidan sen ham tilanib, tatib ko‘r” deb yozadi:
G‘azal guftan musallam shud ba Hofiz, shoyad, ey Foniy,
Namoy choshny daryuza z-on nazmi jahonoro.
“Devoni Foniy”dagi g‘azallar bilan tanishar ekanmiz, Navoiy kashf etgan yangi bir usulga ham guvoh bo‘lamiz. Ya’ni, shoir ba’zan bir g‘azalning o‘zida ikki shoirdan ijodiy ta’sirlanadi va bunday g‘azallarga quyidagicha sarlavhalar qo‘yadi: Tatabbu’i Mir dar tavri Xoja (Xoja Hofiz Sheroziy uslubida Amir Xusrav Dehlaviyga javob), Tatabbu’i Shayx dar tavri Maxdum (Abdurahmon Jomiy uslubida Shayx Sa’diyga javob) va hokazo.
Devondagi eng ko‘p tatabbu’ Hofiz Sheroziy g‘azallariga bitilganligini kuzatish mumkin. Ushbu Sheroz Hofizining o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan
Agar on turki Sherozi ba dast orad dili moro,
Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo
deb boshlanuvchi g‘azaliga Navoiy quyidagicha tatabbu’ bog‘lagan:
Gar on turki Xitoy no‘sh sozad jomi sahboro,
Naxust orad so‘i mo turktozi qatlu yag‘moro.
Tarjimasi:
O‘shal turki xitoy juft aylasa gar jomi sahboni,
Chu bizdin boshlagay turktozini ul, qatlu yag‘moni[2].
Mazkur g‘azal aruz tizimining hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗) vaznida yozilgan.
G‘azal maqta’sida Navoiy kamtarlik bilan o‘ziga murojaat qilib, “Hofiz g‘azallariga tatabbu’ bitib, uning jahonni bezagan nazmidan sen ham tilanib, tatib ko‘r” deb yozadi:
G‘azal guftan musallam shud ba Hofiz, shoyad, ey Foniy,
Namoy choshny daryuza z-on nazmi jahonoro.
,,Devoni foniy"ni tahlil qilish davomida juda koʻp badiiy sanʼatlarni uchratish mumkin. Navoiy oʻz devonida bundan mahorat bilan foydalangan. Buni mubolagʻa misolida koʻrib oʻtamiz.
Tatabbu'i Mir Xusrav
Gar parda andozad maham on roʻy otashnokro,
So'zam va ohi otashin no'h pardasi aflokro
Tarjimasi:
Agar sevikli yorim oʻtli yuziga parda tutsa,
O'tli ohim bilan to'qqiz falak pardasini yondiraman.
,,Tatabbui Mir Xusrav" (16-b) g'azalida lirik qahramon sevikli yorining yuzini koʻrmasa ya'ni, ma'shuqa oʻz yuziga parda tutsa, oshiq toʻqqiz falak pardasini yondirishini taʼkidlayapti. Ma'shuqa shu darajada chiroyliki, uning yuzi o't, olovga qiyoslanyapti. Ma'shuqa yuziga parda tortganda, oshiqning ahvoli yomonlashadi va u oh urganda shu oʻtli ohi ila toʻqqiz falak pardasini yonishi mubogʻa misolida ochib berilgan. Bu oʻrinda mubolagʻaning g'uluv (arabcha qoʻlni imkon boricha baland koʻtarish ya'ni aql ham bovar qilmaydigan, hayotda yuz berishi mumkin boʻlmagan) turi qoʻllangan.
misollarni koʻplab keltirish mumkin.Quyida keltiriladigan baytlarni tahlil qilish davomida ham buning guvohi boʻlamiz.
Bunday Tatabbui Xoja
Zi baski, mastii ishqam zi sharh berun ast,
May ast ashki jigarguni man, magu xun ast.
Tarjimasi:
Ishqdan mastligim shu qadarki, u sharh-u bayonga sigʻmaydi,
Jigarrang koʻz yoshlarim maydir, uni qon dema.
Ushbu baytda (158-b) oshiqning ahvoli shu qadarki, ishqdan mastligi sharh-u bayonga sigʻmaydi ya'ni, uni na sharhlashni, na tasvirlab berishning iloji bor.Bu ishqdan mast boʻlgan oshiq koʻzlaridan yosh emas balki, may oqadi. Navoiy shu oʻrinda koʻz yoshlarining rangini jigarrang deb tasvirlab oʻtgan. Bu oʻxshatishni bevosita mayga berilgan taʼrif deb koʻrish mumkin. Chunki mayning rangi ham jigarrang boʻladi. Xulosa qilib aytganda, oshiqning ishqdan mastligi sharh-u bayonga sig'masligi, koʻzlaridan yosh oʻrniga mayning oqishi mubolagʻaning ajoyib badiiy soʻz vositasida ochib berilganini koʻrish mumkin.
A.Navoiyning ,, Muxtara" nomli g'azalida (286-b) shunday bayt keltiriladi:
Omad bahori dilkash-u gulhoi tar shukuft,
Dilho az on nashot zi gul beshtar shukuft.
Maʼnosi:
Dilkash bahor keldi-yu soʻlim gullar ochildi,
Bu shodlikdan koʻngillar gullardan ham koʻproq ochildi.
Bahor yasharish va yangilanish fasli hisoblanadi.Bahor kelishi bilan atrof-muhit ham, odamlarning koʻngillari ham ochilib, oʻzgacha kayfiyat bagʻishlaydi. Navoiy bu g'azalida bahor faslini dilkash deya izohlaydi. Bilamizki dilkash soʻzini dilga yaqin, ko'ngilga yaqin degan ma'nolarda tushunish mumkin. Alisher Navoiy ushbu g'azalda bahorning kelishini shunday tasvirlaydiki go'yo bahor kelishi bilan shodlikdan, xursandchilikdan gullar ochildi, gullardan ham koʻproq koʻngillar ochildi deya tasvirlaydi.
Dilkash bahor kelishi, buning natijasida bog'larda turfa xil gullarning ochilishi, gullardan ham koʻproq koʻngillar, dillar yayrashi mubolagʻaning juda go'zal namunasi deyishimiz mumkin.
Tatabbui Shayx
Mahi sipehri jafo na'li raxshi mohi man ast,
Dar u ju dog'i ruhi mah nishoni ohi man ast.
Tarjimasi:
Jafo osmonining oyi mening oy yuzli mahbubam otining taqasidir,
Uning yuzidagi, oy yuzidagi kabi dog', ohim nishonasidir.
Tatabbui Shayx g'azali (288-b).
Navoiy bu g'azalida osmonga jafo degan sifat beryapti ya'ni jafo osmonidagi oy uning oy yuzli, go'zal mahbubasi oldida go'yo bir taqaga qiyoslanyapti. Mahbubasi shu darajada suluv, go'zal buni soʻz bilan taʼriflab boʻlmasligini shu misra orqali tushunish mumkin. Mahbubaning oti taqasiga qiyoslanayotgan oy uning chiroyi oldida bir taqadir. Ikkinchi misrada oshiq mahbubaga shunchalik muhabbati kuchliki, uning ohi ham mahbubaga taʼsir qilgan ya'ni mahbubaning yuzida dogʻi borligi va bu dog' oshiq ohining nishonasidir deya ta'kidlagan. Bu tasvir vositalaridan shuni koʻrish mumkinki, bu yerda ham mubolagʻaning ajoyib namunasini koʻrish hech gap emas.
Baloxo‘roni xaroboti ishqro dar dil,
Chi fitnaho, ki daroyad ba ro‘zgori sharob
Sabo‘kashoni mayi ishqro chu ushturi mast
Ba rohi dayr kafandoz bin zi bori sharob.
(Ma’nosi: Ishq xarobotidagi ozig‘i balo bo‘lganlarning ko‘nglida sharob davronida ne fitnalar kirar. Ishq mayining tarqatuvchilarini mast tuyalar kabi sharob borida dayr yo‘lida og‘zidan ko‘pik sachrayotganiga qara).
Yuqorida belgilangan ikkala so‘z “Farhangi zaboni tojiki”da mavjud emas. Qolaversa, bu so‘zlar Foniyning g‘azalnavislikdagi ustozlari – Hofiz, Sa’diy, Amir Xusrav va Jomiyning asarlarida ham uchramaydi. Navoiyning turkiy tilda yozgan asarlarining lug‘aviy boyligi tengsiz ekanligini olimlarimiz allaqachon isbotlashgan. Ma’lum bo‘ladiki, Navoiy-Foniy turkiy asarlarida qo‘llagan muvaffaqiyatli tajribalarini forsiy g‘azallarida ham tatbiq etgan va bunda ham yuksak natijalarga erishgan.
Bundan tashqari, Foniy fors mumtoz adabiyotiga xos bo‘lgan teranlik xususiyatiga ko‘lamlilik xossasini ham qo‘shishga harakat qildi. Foniygacha bo‘lgan g‘azallarda (bu holat, ayniqsa, Hofiz Sheroziy g‘azallarida o‘zining avji a’losiga yetgan) ma’no daqiqligi va chuqur o‘ylash orqali undan estetik zavq olish mumkinligi shoirlik mahoratining yetuk namunasi bo‘lgan. Shu tariqa, har bir
bayt, misra yo iboraga turli mazmun-mohiyat “yuklanib”, g‘azallar “fikrlar assotsiatsiyasi”ga (I.Braginskiy ta’biri) aylanib qolgan. Foniy esa, taxayyul ufqlarini kengaytirib, har bir g‘azalni yaxlit ruhiy manzara va yagona kayfiyatni ifodalovchi so‘zlar va ma’nolar tizmasiga aylantirishga erishgan. G‘azal endi ichida bebaho ma’naviy xazinalar yashirin chiroyli uylar (baytning lug‘aviy ma’nosi uy demak) ko‘chasi emas, balki muhtasham ma’naviy koshonaga evrilgandek edi. Foniy g‘azallaridagi har bir ibora, har bir satr, har bir bayt ma’nolar silsilasini hosil qilib, muayyan holat va kayfiyatni to‘liq tasvirlashga xizmat qiladigan detal vazifasini o‘taydigan bo‘ldi. Foniyning g‘azalnavislikdagi bunday tajribalari keyinchalik fors-tojik adabiyotida yangi uslub – “sabki hindiy”ning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Bu esa, keyingi tadqiqotlarda Foniy devonini faqat salaflari bilan emas, balki undan keyin ijod qilgan shoirlar devoni bilan taqqoslagan holda komparavistik usulda chuqur o‘rganish lozimligini bildiradi. Bu baytlarda ham mubolagʻaning namunasini koʻra olamiz.
Tatabbui Xoja
Soqi ar aksi mahi chehra va jom andozad,
Boz dar davri qamar shayxni tamom andozad.
Ha adam hast, kim bo man shabada o' rom, valek
Kas chi son toyiri Xurshed ba dom andozad?
Tarjimasi:
Agar soqiy chehrasi konda koʻrinsa,
Koʻkdagi oyni yanada xiraroq qiladi.
Mastlik chogʻida men orom olaman, lekin kishilar
Qanday qilib quyosh qushini tuzoqqa ilintiradilar?
Soqiy olloh uchun yoʻlga chiqqan, komil inson boʻlib yetishish uchun yoʻlga chiqqan kishi hisoblanadi. Ushbu baytda soqiy, jom atamalari orqali yaratgan vasliga yetishish uchun yoʻlga chiqqan shaxs nazarda tutilmoqda. Bu baytlarni tasavvufiy jihatdan tahlil qiladigan boʻlsak soqiy may ichadigan jomda uning yuzi koʻrinadi bu esa koʻkdagi oyni xira qilish darajasida ekanligidan Ollohning tajallisi qanday yorqin, go'zalligini anglaymiz.
Ikkinchi baytda olloh vasliga yetish uchun mast boʻlgan oshiqning holatini kuzatish mumkin. Aslida mast holatdagi inson orom emas balki bezovtalik holatida boʻladi. Ammo bu oʻrinda botiniy maʼno tahlilida oshiq, soqiy may ichib orom, huzur oladi deyilgan. Olloh yoʻlida oʻzini unutgan faqat uning vasliga yetish uchun bu dunyoning oʻtkinchi havaslardan kechgan oshiqgina bu holni his etadi. Ayni mana shu baytlarda mubolagʻaning g'uluv turi qoʻllangan
Do'stlaringiz bilan baham: |