Mavzuga oid testlar
1. Alisher Navoiyning qaysi devonida devon tartib berish tamoyillari xususida tahliliy ma’lumotlar keltiriladi?
*A) “Badoye’ ul-bidoya”
B) “Navodir un-nihoya”
C) “G`aroyib us-sig`ar”
D) “Ilk devon”
2. Alsher Navoiyning “Badoye’ ul-bidoya” devonida lirik turning nechta namunalari uchraydi?
A) 10 ta
*B) 11 ta
C) 9 ta
D) 12 ta
3. Alisher Navoiyning qaysi janrdagi she’rida “rindi Sheroz”, “Sohiri hind”, “orifi Jom” deya ustozlar ulug’lanadi?
A) qasiida
B) g`azal
*C) qit’a
D) ruboiy
4. Alisher Navoiy qaysi ulug’ salafini “rindi Sheroz” deya ulug’laydi?
A) Nizomiy Ganjaviy
*B) Hofiz Sheroziy
C) Xusrav Dehlaviy
D) Abdurahmon Jomiy
5. Alisher Navoiy qaysi ulug’ salafini “sohiri hind” deya ulug’laydi?
A) Nizomiy Ganjaviy
B) Hofiz Sheroziy
*C) Xusrav Dehlaviy
D) Abdurahmon Jomiy
6. Alisher Navoiy qaysi ulug’ salafini “orifi Jom” deya ulug’laydi?
A) Nizomiy Ganjaviy
B) Hofiz Sheroziy
C) Xusrav Dehlaviy
*D) Abdurahmon Jomiy
7. Alisher Navoiyning g’azal va muxammaslaridagi ishoralariga ko’ra u qaysi turkiygo`y shoirlarning ijodidan ta’sirlangan?
A) Atoyi, Lutfiy
B) Sakkokiy, Gadoiy
*C) Sakkokiy, Lutfiy
D) Lutfiy, Nasimiy
8. Alisher Navoiy qaysi shoir g`azaliga muxammas bog`lagan?
*A) Lutfiy
B) Sakkokiy
C) Atoyi
D) Gadoiy
9. Alisher Navoiy qaysi asarida muxlislari tomonidan tuzilgan “Ilk devon”I haqida ma’lumot keltiradi?
A) “Devoni Foniy”
B) “Badoye’ ul-bidoya”
C) “Navodir un-nihoya”
D) “G`aroyib us-sig’ar”
Alisher Navoiyning “Sayyid Hasan Ardasherga yozgan maktubi” deya ataluvchi asari qaysi janrda yozilgan?
A) qasida
B) qit’a
C) g`azal
*D) masnaviy
Xulosa
Ta’im jarayonida keng qo’llanilib, o`zining samaradorligi bilan muhim ahamiyat kasb etuvchi interfaol metodlardan “Alisher Navoiy lirikasi” mavzusini o`tishda ham o`rinli foydalanish mashg`ulotlarning o’quvchilar xotirasida uzoq vaqt muhrlanib qolishiga omil bo`ladi. Bunday metodlarning puxta o`ylab o`rnida qo`llanilishi o`qituvchi va o’quvchilar hamkorligini davomli yo`lga qo`yilishini ta’minlaydi. Ayni choqda bu hamkorlik o`qituvchi va o’quvchilar o`rtasida samimiy munosabatlarni ham shakllantiradi. Shuningdek, o`qituvchining ijodkorligi bilan to`g`ri qo`llangan interfaol metodlar o’quvchilarni bir xil davom etadigan zerikarli muhitdan qutqarib, ularni mavzuga oid nazariy ma’lumotlarni o`rganishning ishtirokchisiga aylantiradi. Buning uchun o`qituvchi o’quvchilarning qanchalik Navoiy ijodiga oid ma’lumotlarga ega ekanligini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Darslarida o`qituvchi ko`proq guruh bilan birga ishlashini inobatga olsak, “BBB” grafik organayzeri yoki “Insert” grafik organayzeri bilan ma’ruzadan kelib chiqib ishlashni tavsiya etishning o`ziyoq ularni mavzuga bo`lgan iliq munosabatlarini hosil qiladi. Negaki, bu metodlar o’quvchi shaxsining hurmat qilinishini sezdirib turadi. Xuddi shunday “Navoiy lirik merosi”, “Xazoyin ul-maoniy”dagi lirik janrlar bilan bog’liq “Klaster” organayzerini hosil qilish bilan bog`liq topshiriqlar guruh bo`lib ishlash nuqtayi nazaridan ham, kichik guruh yoki juftliklarga bo’linib ishlash nuqtayi nazaridan ham ahamiyatlidir.
Mavzu bilan aloqador nazariy ma’lumotlarni o`rganishda “Nilifar guli” organayzeri, “Venn” diagrammasi ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. “Nilufar guli”ning asos qismiga bog’lanib turgan 9 “gulbarg”i shu son va undan ikki-uchta kata bo’lgan sonlar bilan aloqador nazariy ma’lumotlarni mantiqqa tayanib, eslashga sababchi bo’ladi. Shuningdek, Navoiy ijodidagi ma’rifiy timsollar tizmasini teran o`rganishga olib boruvchi muhim metod sanaladi. “Venn diagrammasi” esa lirik tur janrlarini qiyoslash imkonini hosil qiladi.
Alisher Navoiy lirikasi, xususan, ulug` shoir g`azaliyotidagi ma’no-mohiyatni teran anglash o’quvchidan chuqur bilim, timsollarning ramziy –majoziy xususiyatlaridan xabardor bo`lishni talab etadi. Shunday ko`nikmaga ega bo`lgan o’quvchi ham ayrim baytlardagi mazmunni tushunishga ikkilanishi tabiiy. Shunday hollarda “Aqliy hujum” metodi ularni faollikka chorlaydi. Ayni choqda“Blits so`rov” metodi ularni sergaklikka undab tursa, testlar bilan ishlash nazariy ma’lumotlarni eslab qolish, masalaga mantiqan yondashish malakasini shakllantiradi. Bunday metodlardan o`rinli foydalanish samaradorlikning asosi sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.SHarafjon Sariyev ,,O’zbek adabiyoti ..,’’ Toshkent 2020
2.,,TIl va adabiyot ta’limi’’ jurnali 2020 –yil 2-son
3.,,Til va adabiyot ta’limi’’ jurnali 2017-yil 11-son
4.,,Vafo qilsang ‘’ Toshkent 2017
5.Adabiyot. Dilnavoz Yusupova .Toshkent -2018. Akademnashr
6.,, Temur tuzuklari” Toshkent 2020
7. ,,Ta’limni tashkil etishda interfaol metodlar’’ O’.Muhammedov , M.Usmonboyeva , S .Rustamov
Do'stlaringiz bilan baham: |