Alisher Navoiy-komillik timsoli - Shundan so`ng Hudhud tilidan qanoatsiz pahlavonon haqidagi hikoya keltiriladi. Unda aytilishicha, kuch-qudratda tengsiz pahlavonlardan biri xaloyiq bilan vaziyat taqozosiga ko`ra olis safarga chiqar ekan, yo`lda oziqsizlikka qanoat qila olmay, halok bo`ldi. Yosh bolalar ham, hatto munkillagan qariyal ham qanoat bilan yetib olgan manzilga u yetib olmaydi. Faqrning ikkinchi manzili bo`lgan poklanish ko`ngilga aloqadordir,chunki poklangan qalb ta`ma va xudbinlikdan xalos bo`ladi."Azza man qana`, zalla man ta`ma" ya`ni qanoat qilgan aziz, ta`ma bilan yashagan xordir mazmunidagi ushbu hadisni Navoiy quyidagicha ifodalagan:"ta`ma mazallatqa dalil va g`aniy tome xoru zalil". ( Ta`ma tubanlikdan dalolatdir, ta`magir odam boy-badavlar bo`lsa ham xor va tubandir) shuning uchun ham vahdat orzusidagi oshiq dunyo molidan butunlay voz kechmog`i lozim. "Lison-ut tayr" dostonidagi Hudhud va Humoy orasidagi savol-javob va unga ilova qilingan hikoyada dunyo molining o`tkinchiligi va bevafoligi haqida hikmatli o`gitlar beriladi. Bog`lanish manziliga solik faqr ma`rifatni egallaydi.So`fiy ana shu pog`onaga ko`tarilsa, u to`laligicha ollohga bog`langan, faqrda kamolotga yetgan hisoblanadi. Faqr zohiran axloq-odobni anglatsa-da, botinan ollohga intilishni, uni bir nafas ham xayoldan faromush qilmaslikni bildiradi.Shunday qilib faqr – qanoatda shohlik va Haqqa yetish yo`li. Shu sababli u xoksorlik, oddiylik, odoblilik, sadoqat, sabr, shukur singari muhim fazilatlarni qamrab oladi. Ulardan ikkitasi vafo va sadoqat muhim sanaldi. Shuning uchun ham bu ikki xislat Alisher navoiyning nafaqat "Lison-ut tayr" dostonidagi, balki boshqa asarlarida ham ulug`lanadi va insoniylikning bosh omillaridan biri sifatida tarannum etiladi. Ikkinchisi esa tavoze va kamtarlikdir. Chin hoqoni farzandi bo`lgan farhodning kamtarligi, oddiy odamlar bilan ariq qazishdagi ishtiroki ana shu yuksak fazilat – kamtarlikning yorqin badiiy ifodasidir.
Alisher Navoiy hayoti va ijodi - Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil) — ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan.Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi. Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |