Navoiy - gʻazal mulkining sultoni nomiga sazovor boʻlgan, gʻazallari bir - biriga oʻxshamas. Navoiyning ijod yoʻli haqida gap ketganda shuni aytish joizki, temirchilikdagi taq - taq ovozidek tuyuladigan turk tilida go’zal asarlar yaratmaganda, hozirgi mavqeini yoʻqotardi. Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo’lgan.5Zahiriddin Muhammad Bobur buni juda muxtasar tarzda ifodalab bergan:’’Alisherbek naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bilato she’r aytibdurlar, hechkim oncha ko’p va xo’b aytqon emas. Oltida masnaviy kitob nazm qilibdur,beshi "Xamsa" javobida, yana biri "Mantiq ut-tayr" vaznida "Lison ut-tayr" otliq. To’rt g’azaliyot devoni tartib qilibtur "G’aroyib us-sig’ar","Navodir ush-shabob","Badoyi ul-vasat","Favoyid ul-kibar" otliq. Yana "Mezon ul-avzon" otliq aruz bitibdur…Yana musiqiyda yaxshi nimalar bog’labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur’’. Husayn Boyqaro esa: "Mir Alisher turk tilining o’lik jasadig’a Masih nafasi ila jon ato edi",- deb ta’kidlagan.6 Birinchi prezidentimiz Islom Karimov: "Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiy sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa", - deb ta'riflaganlar. Ijod – sirli jarayon. Yuksak san’at namunasi bo’la oladigan ijodiy asarlarning yaratilishi muxlislar uchun hamisha qiziq bo’lib kelgan. Mazkur xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, Alisher Navoiy muxammaslarining yaratilish xususiyatlarini tadqiq qilish shoirning ijod va ilhom hissiyotlari bilan bog’liq tasavvurlarni aniqlashtirishga yordam beradi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiy haqida juda ko’p asarlar, maqolalar chop etilgan. Va ularning hammasi bir-biriga o’xshamas. Shoir hayotini yoritish men uchun o’qib tugallanmagan bir dunyo kitob. Yozish kerak bo’lsa , mavzu ko’p.
7Daraxshon yulduzlar sari o’kirgan,
Bo’ynida zanjiru, qalbi ozod sher.
Ineoniy muhabbat mehri-la vafo,
Erk-u baxt timsoli ulug’ Alisher.
Men Navoiyni o’z davrining komil insoni derdim, negaki shoirning zamonida ham ma’nan va ham moddiy tarafdan borliqni anglab yetish mushkul. E’tibor bersangiz, shoirning har bir g’azali yoki dostonlarida, hatto, radif – u maqta’larida ham insonlarni ezgulikka, ishqga, nafsni yengishga yoki xalq dardini majoziy ma’noda o’ta go’zal qilib asoslangan va tasvirlangan. Xususan, oddiy gul so’zini olaylik. Navoiy o’z ijod namunalarida bu so’zni turli xil ma’noda qo’llaydi. Birida o’z ma’nosida, boshqasida yor bo’lib keladi. Bu Alisher Navoiyning so’z boyligi naqadar keng ekanligining bir isboti. Biz esa shunday ulug’ zotning avlodlari ekanligimizdan faxrlanibgina qolmay, ularga mos yosh avlod bo’lib yetishishimiz shart.
Foydalanilgan adabiyotlar:
B.Ahmedov.Navoiy zamondoshlari xotirasida.-T.:”Toshkent”,1985. 3-b.
Oybek. Navoiy.-T.:”Yangiyo’l polygraph servise”, 2019. 527-b.
Islom Karimov. Yuksak ma’anaviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”,2008.47-b.
https://uzbaza.uz.Alisher Navoiy haqida qiziqarli faktlar.
https://kh-davron.uz.Hazrat Mir Alisher Navoiyga bag’ishlov.
https://e-adabiyot.uz.Boburnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |